Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Parlament Assambleyasining vakolatlari



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Parlament Assambleyasining vakolatlari.: 
1. Yevropa Kengashiga a'zo davlatlarning o'z majburiyatlarini 
bjarishini 
monitoring 
qiladi. 
Ushbu 
monitoring 
Parlament 
Assambleyasining Monitoring bo’yicha maxsus komissiyasi tomonidan 
amalga oshiriladi. Monitoring komissiyasi bir Yillda bir marta 
Assambleyaga o'z faoliyatining asosiy yakunlari haqida hisobot beradi. 


127 
Assambleyaning yalpi majlislari bir Yillda to'rt marta o'tkaziladi va har 
biri bir hafta davom etadi.
Monitoring 
qo'mitasi 
1998 
yildan 
buyon 
Parlament 
assambleyasiga 15 yillik hisobot taqdim etgan. Monitoring protsedurasi 
ilk bor Parlament Assambleyasi tomonidan 1997yil1115-rezolyutsiyaga 
(1997) muvofiq joriy etilgan va 1936-rezolyutsiya bilan (2013) qat'iy 
takomillashtirilgan
66
. 1115-rezolyutsiyaga binoan protsedura Yevropa 
Kengashining nafaqat yangi a'zolari, balki unga a'zo barcha davlatlarga 
nisbatan o'tkazilishi mumkin. Monitoring protsedurasi Parlament 
Assabmleyasi Byurosi, Assambleya a'zolari, Monitoring qo'mitasi
tashabbusi bilan o'tkazilishi mumkin. Qo'mitaning Monitoring 
protsedurasi doirasidagi ishlari bu borada o'tkazilgan tadqiqot haqida 
ma'ruza va manfaatdor davlatga tavsiyalar tayyorlash bilan 
yakunlanadi. 
2. Parlament Assambleyasi sessiyalari doirasida har qanday 
dolzarb Yevropa va xalqaro voqealarni muhokama etish.
Assambleya 1989 yildan buyon Yevropada inqirozli vaziyatlarni 
bartaraf etishga ko'maklashib kelmoqda. Assambleya Vazirlar qo'mitasi, 
milliy hukumatlar, siyosiy partiyalar va jamiyatning boshqa muhim 
institutlari uchun haraqat qilishda dasturilamal bo'ladigan hujjatlarni 
qabul qiladi.
Masalan, YEKPA Huquqiy masalalar va inson huquqlari bo`yicha 
qo'mitasi 2005 yilning sentyabrida zo'ravonlik oqibatida yo'qolishlar 
to'g'risidagi ma'ruzani tayyorlab, YEKPAga muhokama uchun taqdim 
etdi. Ushbu hujjatni ko'rib chiqish yakunlari bo’yicha Vazirlar 
qo'mitasini BMTning Inson huquqlari bo’yicha komissiyasini barcha 
shaxslarni zo'ravonlik oqibatida yo'qolishlardan himoya qilishga doir 
Konvensiyani qabul qilishini qo'llab-quvvatlashga chaqiradigan
1719-tavsiyani (2005) tayyorladi.
Shuningdek, 1999 yilgi Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar milliy 
xavfsizlik xizmatlari tomonidan insonning asosiy huquqlari buzilishi 
to'g'risidagi ma'ruzani tayyorladi. Parlament Assambleyasining 9-
majlisi yakunlari bo’yicha 1999yil26 aprelda Milliy xavfsizlik 
xizmatlarining faoliyati va vazifalarini tashkil qilish, ijro hokimiyati 
tomonidan samarali nazorat, sud nazoratini amalga oshirish, Inson 
huquqlari bo’yicha Yevropa konvensiyasiga (1950) ko'zda tutilganidek,
mutanosiblik va qonuniylik prinsplaridan foydalangan holda, milliy 
66
AS/Mon/Inf(2013) 06rev4.


128 
xavfsizlikni ta'minlash manfaatlari va inson huquqlari o'rtasida 
muvozanatga erishish maqsadida xavfsizlik xizmatlari faoliyatining 
asoslarini demokratik standartlar asosida rivojlantirish bo’yicha 1402-
Tavsiya qabul qilindi (1999). 
YEKPA o'lim jazosini bekor qilish masalasi yuzasidan prinspial 
pozitsiyasi tufayli Yevropaning «o'lim jazosi yo'q zona» sifatida tan 
olinishiga erishdi. YEKPA 1989 yildan o'lim jazosini mutlaqo bekor 
qilishni talab etgan holda, ushbu talabni Yevropa Kengashi a'zoligiga 
kirishning asosiy shartiga aylantirdi.
3. O'z tashabbusi bo’yicha Yevropa konvensiyalari kabi mashhur 
xalqaro shartnomalar, shuningdek, haqiqiy Yevropa qonunchilik 
tizimiga asos soladigan boshqa huquqiy vositalarni ishlab chiqadi.
1950 yilda imzolangan Inson huquqlari bo’yicha Yevropa 
konvensiyasi ular orasida eng tanilgan hujjatdir.
Assambleya Vazirlar qo'mitasi bilan konvensiyalar qabul 
qilinguniga qadar, ularning loyihalari yuzasidan maslahatlar o'tkazadi.
4. Zamonaviylikning muhim muammolari, chunonchi, zo'ravonlik, 
murosasizlik, atrof-muhit, immigratsiya, narkotiklar, bioetika va 
ommaviy axborot vositalari muammolari bo’yichakonferensiyalar, 
kollokvium va ochiq parlament eshituvlarini o'tkazadi. Ushbu eshituvlar 
parlament a'zolari va mutaxassislar o'rtasida muloqot shaklida o'tadi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish