Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Xalqaro tashkilotga kirish shartlari va tartibi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Xalqaro tashkilotga kirish shartlari va tartibi. 
 
Xalqaro tashkilotga qo'shilish shartlari va tartibi uning ta'sis 
hujjatlari bilan belgilanadi va qoida tariqasida barcha davlatlar –
tashkilotning doimiy a'zolari uchun bir xil bo'lishi kerak. Tashkilotga 


52 
qabul qilish jarayonida har qanday kamsitish xalqaro huquq 
tamoyilllariga ziddir. Shu bilan birga, har qanday tashkilotning a'zosi 
bo'lish uchun umumiy va maxsus bo'lgan bir qator shartlarni bajarish 
lozim. Umumiy shartlar barcha xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lish uchun 
majburiydir, garchi ta'sis hujjatlarida rasmiy talablar mavjud bo'lmasada. 
Xalqaro tashkilotga a'zo bo'lish uchun murojaat qilgan davlat: 
 
1) tan olingan xalqaro huquq subyekti bo'lishi; 
2) nizomiy maqsad va prinsplarni tan olishi; 
3) a'zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarni rasman qabul qilishi 
lozim. 
Masalan,Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
Nizomining
4-moddasiga binoan nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajara 
oladigan va bajarishni istagan barcha tinchliksevar davlatlar tashkilotga
a'zo bo'la oladilar. 
Maxsus shartlar (mezonlar) tashkilotning o'ziga xos maqsadlari va 
faoliyatidan kelib chiqadi. Bunday mezon geografik (mintaqaviy 
tashkilotlar uchun), iqtisodiy (moliyaviy tashkilotlar uchun) yoki 
boshqa har qanday shaklda bo'lishi mumkin. Misol uchun, neft eksport 
qiluvchi davlatlar (OPEK) tashkilotiga faqat xom neft eksport qiluvchi 
davlatgina qo'shilishi, faqat musulmon davlati Islom konferensiyasi 
tashkilotiga (IKT) a'zo bo'lishi, faqatgina meteorologiya xizmati mavjud 
bo'lgan davlat Jahon meteorologiya tashkilotiga (WMO) qo'shilishi 
mumkin. Ba'zan davlatning tashkilotga a'zo bo'lishining asosiy sharti bu 
davlatning boshqa xalqaro tashkilotga a'zoligidir. Tashkilotga a'zo 
bo'lish uchun bunday maxsus mezon kamsitish emas, balki qonuniydir.
Alohida hollarda, agar xalqaro tashkilot mavjud bo'lgan xalqaro 
bitim asosida paydo bo'lsa, unga a'zolik bunday shartnomada majburiy 
shart sifatida qo'llaniladi. Yaqqol misol sifatida quyidagi tashkilotlar, 
ya'niShimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO), Kollektiv 
xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va boshqalarni keltirishmiz mumkin.
Xalqaro tashkilotlarga qabul qilish tartibi turlicha bo'lishi mumkin.
Xususan, kirish uchun soddalashtirilgan tartibni ta'kidlab o'tish 
mumkin, qachonki tashkilotga a'zolikni rasmiylashtirish uchun davlat 
faqat tegishli majburiyatlarni o'z zimmasiga olishni tasdiqlashi kerak 
bo'lganda. Bunga qo'shilish haqidagi hujjatni depozitariyga topshirish 
yoki hatto buni tashkilotning eng oliy mansabdor shaxsiga yetkazib 
berish bilan ifodalash mumkin. Ushbu tartib Birlashgan Millatlar 


53 
Tashkilotining maxsus agentliklariga a'zo bo'lganda BMT a'zolari uchun 
belgilanadi.
Xalqaro tashkilotga qo'shilishning odatiy tartibi, qoida tariqasida,
tashkilotning oliy darajadagi umumiy kengashi - konferensiya,
Yig’ilish, boshqaruv kengashi va boshqalarning ijobiy qarorini nazarda 
tutadi. Ushbu qaror oddiy va malakali (masalan, 2/3) ko'pchilik ovoz 
bilan qabul qilinishi mumkin. Ba'zan ovoz berishdan oldin,
tashkilotning bo'lajak a'zosi qo'shimcha shartlarni bajarishi kerak. Misol 
uchun, BMTga a'zolik Xavfsizlik Kengashining oldindan roziligini 
talab qiladi. Yopiq xalqaro tashkilotlarga kelsak, ularga yangi a'zolarni 
qabul qilish barcha ishtirokchilarning yakdil qarorini talab qiladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish