Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

ta'sis etuvchi 
a'zolar
va 
a'zolar
kategoriyalariga bo'linadilar. 
Ta'sis etuvchi a'zolar –
bu tashkilot ta'sis hujjatini ishlab chiqish 
va qabul qilishda ishtirok etgan davlatlardir. Ular uchun tashkilotga 
a'zolikka qabul qilishning imtiyozliroq shartlari belgilanadi. Xususan, 
har qanday ta'sischi, tashkilot bosh mansabdor shaxsga tashkilot ta'sis 
hujjatida nazarda tutilgan majburiyatlarni rasman qabul qilganligi 
bildirganidan so'ng a'zo bo'lishi mumkin. Huquqiy hujjatlarda dastlabki 
a'zolar degan tushunchalarni ham uchratish mumkin. Xususan, BMT 
Ustavi mana shunday toifadagi a'zolarni farqlaydi. 
BMT Ustavi 3-moddasiga ko'ra, “Xalqaro tashkilot tuzish yuzasidan San-
Frantsiskoda bo'lgan Konferensiyada qatnashib yoki ilgariroq Birlashgan 
Millatlarning 1942yil yanvardagi Deklaratsiyasini imzolab, 110-moddaga muvofiq 
ushbu Ustavni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining dastlabki A'zolari hisoblanadi”. 
Xalqaro huquqning umum tan olingan tamoyilli – davlatlarning 
suveren tengligi tamoyilliga ko'ra har qanday davlat xalqaro tashkilotga 
a'zo bo'lishi yoki a'zo bo'lmaslikka haqlidir. 
32
Халқаро ташкилотларнинг органлари ҳақида батафсил қаранг: Лукашук И.И., Саидов А.Х. Ҳозирги замон 
халқаро ҳуқуқи назарияси асослари: Дарслик. – Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2007. – Б. 
213-214; Мўминов А.Р. Халқаро ташкилотлар ҳуқуқи: ўқув қўлланма. – Т.: ЖИДУ, 2014. – 49-52; 
Одилқориев Х., Очилов Б. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқи: дарслик. – Т.: ЖИДУ, 2002. – Б. 164-166. Право 
международных организаций: учебник /Под ред. И.П.Блищенко, А.Х.Абашидзе. – М.: РУДН, 2013. – С. 51-
63.


45 
Xalqaro tashkilotgaboshqa xalqaro tashkilotlar ham a'zo bo'lishi 
mumkin. Masalan, Yevropa Ittifoqi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
Tashkilotining hamda Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi Tashkiloti (FAO) 
va boshqa tashkilotlarga a'zo.
Tashkilotlarga a'zolik masalasini o'rganishda a'zolarning huquq va 
mujburiyatlarini ham ko'rib chiqish lozim. A'zo-davlatlarning huquq va 
majburiyatlarini uch guruhga birlashtirishimiz mumkin:
a) xalqaro huquq me'yorlari va umum tan olingan prinsplaridan 
kelib chiquvchi huquq va majburiyatlar;
b) davlatlarning tashkilot ichki faoliyatiga bevosita tegishli bo'lgan 
huquq va majburiyatlar;
v) tashkilotning ta'sis hujjati asosiy qoidalariga rioya etish bilan 
bog'liq huquq va majburiyatlar
33

Masalan, 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
Nizomining
4-moddasiga binoan nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajara 
oladigan va bajarishni istagan barcha tinchliksevar davlatlar tashkilotga 
a'zo bo'la oladilar. 
Maxsus shartlar (mezonlar) tashkilotning o'ziga xos maqsadlari va 
faoliyatidan kelib chiqadi. Bunday mezon geografik (mintaqaviy 
tashkilotlar uchun), iqtisodiy (moliyaviy tashkilotlar uchun) yoki 
boshqa har qanday shaklda bo'lishi mumkin. Misol uchun, neft eksport 
qiluvchi davlatlar (OPEK) tashkilotiga faqat xom neft eksport qiluvchi 
davlatgina qo'shilishi, faqat musulmon davlati Islom konferensiyasi 
tashkilotiga (IKT) a'zo bo'lishi, faqatgina meteorologiya xizmati mavjud 
bo'lgan davlat Jahon meteorologiya tashkilotiga (WMO) qo'shilishi 
mumkin. Ba'zan davlatning tashkilotga a'zo bo'lishining asosiy sharti bu 
davlatning boshqa xalqaro tashkilotga a'zoligidir. Tashkilotga a'zo 
bo'lish uchun bunday maxsus mezon kamsitish emas, balki qonuniydir.
Alohida hollarda, agar xalqaro tashkilot mavjud bo'lgan xalqaro 
bitim asosida paydo bo'lsa, unga a'zolik bunday shartnomada majburiy 
shart sifatida qo'llaniladi. Yaqqol misol sifatida quyidagi tashkilotlar, 
ya'niShimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO), Kollektiv 
xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va boshqalarni keltirishmiz mumkin.
33
Халқаро ташкилотларнинг аъзолари ҳақида батафсил қаранг: Мўминов А.Р. Халқаро ташкилотлар ҳуқуқи 
шаклланишининг назарий масалалари. Монография. –Т.: ЖИДУ, 2013. – 151 б. –Б 55-61; Право 
международных организаций: учебник /Под ред. И.П.Блищенко, А.Х.Абашидзе. – М.: РУДН, 2013. – С. 63-
73; Лукашук И.И., Саидов А.Х. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқи назарияси асослари: Дарслик. – Т.: 
Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2007. – Б. 211-213; Одилқориев Х., Очилов Б. Ҳозирги замон 
халқаро ҳуқуқи: дарслик. – Т.: ЖИДУ, 2002. – Б. 163-164.


46 
Xalqaro tashkilotlarga qabul qilish tartibi turlicha bo'lishi mumkin.
Xususan, kirish uchun soddalashtirilgan tartibni ta'kidlab o'tish 
mumkin, qachonki tashkilotga a'zolikni rasmiylashtirish uchun davlat 
faqat tegishli majburiyatlarni o'z zimmasiga olishni tasdiqlashi 
kerakbo'lganda. Bunga qo'shilish haqidagi hujjatni depozitariyga 
topshirish yoki hatto buni tashkilotning eng oliy mansabdor shaxsiga 
yetkazib berish bilan ifodalash mumkin. Ushbu tartib Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining maxsus agentliklariga a'zo bo'lganda BMT 
a'zolari uchun belgilanadi. 
Xalqaro tashkilotga qo'shilishning odatiy tartibi, qoida tariqasida,
tashkilotning oliy darajadagi umumiy kengashi - konferensiya,
Yig’ilish, boshqaruv kengashi va boshqalarning ijobiy qarorini nazarda 
tutadi. Ushbu qaror oddiy va malakali (masalan, 2/3) ko'pchilik ovoz 
bilan qabul qilinishi mumkin. Ba'zan ovoz berishdan oldin,
tashkilotning bo'lajak a'zosi qo'shimcha shartlarni bajarishi kerak. Misol 
uchun, BMTga a'zolik Xavfsizlik Kengashining oldindan roziligini 
talab qiladi. Yopiq xalqaro tashkilotlarga kelsak, ularga yangi a'zolarni 
qabul qilish barcha ishtirokchilarning yakdil qarorini talab qiladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish