birinchi guruh:
ba'zida tashkilotning “ichki huquqi” deb ataluvchi
“tashkilot qoidalari”, xususan ta'sis hujjatlari, shunga muvofiq qabul
qilingan qaror va tavsiyalar hamda tashkilotda shakllangan amaliyot;
16
Кривчикова Э.С. Основы теории права международных организаций. – М., 1979. – С. 33.
17
Тункин Г.И. Теория международного права. – М., 2000. – С. 192.
18
Bindschedler R.L. La delimitation des competences des Nations Unies / Academie de droit international. Recueil
des Cours. 1963. Vol. 108. – P. 316.
19
Шибаева Е.А., Поточный М. Правовые вопросы структуры и деятельности международных организаций.
– М., 1988. – С. 27.
40
ikkinchi guruh:
bu guruhga kiruvchi normalar ayrim hollarda
“tashqi huquq” deb atalib, unga ikki turdagi normalar: tashkilot
faoliyatidan tashqarida yaratilgan normalar, ya'ni xalqaro huquq
normalari (asosan shartnoma va odatlar) va milliy huquq normalari
kiritiladi”
20
.
D.Bouettning nuqtai nazari boshqa mualliflarningshu masalada
bildirgan fikriga nisbatan ancha asoslantirilgandir. Masalan, I.L.Dekker,
R.A.Vessel fikricha, xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyekti
sifatida potentsial vakolatlari uning o'z huquqiy tizimiga asoslanadi,
ya'ni xalqaro huquq yoki o'z ustavi bilan to'g'ridan to'g'ri
ta'qiqlanganlaridan tashqari o'z maqsadlariga erishish uchun zarur
barcha vakolatlarga ega. Bunda, vakolatning amalda bo'lish me'zoni
bo'lib, tashkilotning ustavi va maqsadini hisobga olgan holda, tashkilot
huquqiy tizimida vakolatlarning mavjud bo'lishi hisoblanadi
21
.
Bizningcha, bunday yondoshuv juda kengqamrovli bo'lib, xalqaro huquq
nazariyasidagi ko'pgina olimlar tomonidan tan olinmagan “immanent
kompetentsiya” kontseptsiyasiga
22
yaqin turadi.
Bugungi
kunda
xalqaro-huquqiy
adabiyotlarda,
xalqaro
tashkilotlarning ichki faoliyatida “nazarda tutiladigan kompetentsiya”
(pouvoirs implicites) kontseptsiyasi
23
keng tan olinmoqda
24
. Xususan,
bu haqida I.Detter shunday deydi: “har qanday tuzilma o'zini tashkil
etish prinspidan kelib chiqqan holda, samarali faoliyat ko'rsatishini
ta'minlovchi o'z tartib qoidalarini qabul qilishi mumkin, hatto u mana
shunga to'g'ridan to'g'ri vakolatli qilib belgilanmagan bo'lsa ham”
25
.
Mazkur qarashning yana bir tarafdori R.Bindshedler “nazarda
20
Bowett’s Law of International Institutions / Ed. By Ph. Sands, P. Klein. L., 2001. – P. 441.
21
Dekker I.L., Wessel R.A.Governance by international organizations: rethinking the normative force of
international decisions / Governance and international legal theory / Ed. by I.L. Dekker, W.G. Werner. L., 2004.
– P. 224.
22
“Имманент компетенция(implied competence)” концепцияси ҳақида Г.И.Тункин қуйидагича маълумот
беради: “мазкур концепция тарафдорларининг фикрига кўра, БМТ ва бошқа халқаро ташкилотлар амалиёти
кўрсатишича, уларнинг фаолияти ўз уставлари билан белгиланган доирадан ташқарига чиқиб кетмоқда. Бу
ерда шундай хулосага келинмоқдаки, исталган халқаро ташкилот мазкур ташкилот уставининг аниқ
қоидаларидан қатъий назар ўз мақсадларига эришиш учун зарур ҳаракатларни амалга ошириши
мумкинлигини англатувчи “имманент компетенция”га эгалиги ҳақида халқаро ҳуқуқнинг умумэътироф
этилган нормаси мавжуд”. Тункин Г.И. Теория международного права. – М.: Зерцало, 2000. – С. 288.
23
“Назарда тутиладиган компетенция” (pouvoirs implicites) концепцияси ҳақида БМТ Халқаро суди
консультатив хулосасида шундай тушунча берилади, яъни “халқаро ҳуқуққа мувофиқ Ташкилот Уставида
тўғридан тўғри кўрсатилмаган бўлсада, ўз мақсадларига эришиш учун ўта зарур бўлган ваколатга эга
бўлиши назарда тутилиши лозим”. International Court of Justice / Reports of Judgments. Advisory opinions and
Orders. 1949. – P. 182.
24
Vignes D. The impact of international organizations on the development and application of public international
law // The Structure and Process of International Law: Essays in legal philosophy doctrine and theory / Ed. by
R.St.J. Macdonald, D.M. Johnston. – L., 1983. – P. 833-834.
25
Detter I. Law-making by international organizations. – Stockholm, 1965. – P. 47.
41
tutiladigan kompetentsiya tan olinishi lozim, madomiki usiz ustav
qoidalari ahamiyatsiz bo'ladi yoki ishlamaydi”, deb hisoblaydi
26
.
“Nazarda tutiladigan kompetentsiya”ga
27
tushuncha bergan holda
YE.A.Shibaeva, shunday deydi: “xalqaro tashkilotlar tashkil etilishida
davlatlar tashkilotlarning kompetentsiyasini belgilash bilan bir qatorda,
uning organlari kompetentsiyasini ham belgilaydi. Albatta, xalqaro
tashkilotlar tashkil etilishida, tashkilot faoliyat mexanizmi bilan bog'liq
ayrim holatlar ustavga kiritilmasligi ham mumkin va mana shuning
natijasida nazarda tutiladigan kompetentsiya xalqaro
tashkilot
amaliyotida uchrashi mumkin”
28
.
Shunday bo'lsada, mazkur kontseptsiya haqidagi qarashlarga
G.I.Tunkinning quyidagi fikrlarini ta'kidlagan holdagina qo'shilish
mumkin:
“xalqaro
tashkilotlarning
“nazarda
tutiladigan
kompetentsiya”si qachonki, tashkilotga yoki uning organiga berilgan
kompetentsiyani amalga oshirish uchun (tashkilotning funksiya va
maqsadlarini amalga oshirish uchun emas), nafaqat tashkilot ustaviga
zid bo'lmagan, balki xalqaro amaliyotda odatiy bo'lgan xatti-harakatlar
amalga oshirish zarur bo'lsagina, mavjud bo'lishi mumkin”
29
.
Xalqaro tashkilotga ustav bilan berilgan vakolatlar uning huquq
subyektliligiga
bir
vaqtning
o'zida
qo'shimcha
dalil
hamdir.
Tashkilotning kompetentsiyasi
qo'shimcha ravishda kelishuvlar,
shuningdek tashkilot organlari faoliyatining reglamenti bilan belgilanishi
mumkin
30
.
Biroq,
ustav
qoidalari
xalqaro
tashkilotlar
kompetentsiyalarini xaddan tashqari keng tushunish va talqin qilishdan
chegaralovchi
bo'lishi
lozim. Boshqacha aytganda, “xalqaro
tashkilotlarning kompetentsiyasini kengaytirish ular ko'rib chiqadigan
masalalar doirasini kengaytirish kabi, mazkur masalalarni hal etishda
xalqaro organlarning huquqlarini kengaytirish bo’yicha ham amalga
oshirilishi mumkin, ammo mazkur jarayon faqatgina tashkilot ustavi
doirasida bo'lishi lozim”
31
.
26
Bindschedler R.L. La delimitation des competences des Nations Unies / Academie de droit international.
RecueildesCours. 1963. Vol. 108. – P. 329.
27
Халқаро ташкилот ўз уставида тўғридан-тўғри кўрсатилмаган, аммо уни шарҳлаш асосида назарда
тутилиши мумкин бўлган компетенцияга эга бўлиши мумкин. Шибаева Е.А., Поточный М. Правовые
вопросы структуры и деятельности международных организаций. – М., 1988. – С. 47.
28
Шибаева Е.А., Поточный М. Правовые вопросы структуры и деятельности международных организаций. –
М., 1988. – С. 48.
29
Тункин Г.И. Теория международного права. – М.: Зерцало, 2000. – С. 297.
30
Специализированные учреждения ООН в современном мире. / Под ред. Г.И.Морозова, – М., 1967. – С. 8
31
Тункин Г.И. Теория международного права. – М.: Зерцало, 2000. – С. 273.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |