Тошкент давлат юридик университети


Xorijiy mamlakatlarda ekologiya huquqining manbai sifatida qonun



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet290/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Xorijiy mamlakatlarda ekologiya huquqining manbai sifatida qonun 
hujjatlarining o‘rni 


353 
Rivojlangan Yevropa 
mamlakatlarining zamonaviy ekologik 
qonunchiligining shakllanishi kompleks qonunlarning qabul qilinishi bilan 
bog‘liq. Ular sirasiga “Atrof muhitning ifloslanishiga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi Qonun (Yaponiya, 1967 y.); 1993 yilda “Atrof muhit 
to‘g‘risida”gi Asosiy qonun); “Atrof muhitni muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi Qonun (Shvetsiya, 1969 y.); “Atrof muhit sohasidagi milliy 
siyosat to‘g‘risida”gi Qonun (AQSH 1970 y.); “Tabiatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi Qonun (Fransiya, 1976 y. 2000 yilda Ekologiya kodeksi); 
“Tabiatni muhofaza qilish va landshaft rejalashtirish to‘g‘risida”gi (GFR, 
1976 y.) va b.q. larni kiritishimiz mumkin.
Ushbu qonunlarda ko‘zda tutilgan atrof muhitni muhofaza qilish 
bo‘yicha choralar hajmi va xususiyati turlicha. Xususan, 
AQSHning
“Atrof muhit sohasidagi milliy siyosat to‘g‘risida”gi Qonuni atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organlarining javobgarligini 
belgilab bergan, Atrof tabiiy muhit sifati bo‘yicha Kengash tuzishni ko‘zda 
tutgan, AQSH Prezidenti zimmasiga atrof tabiiy muhit sifati va undagi 
o‘zgarishlar tendensiyasi bo‘yicha har yili ma’ruza tayyorlash va taqdim 
etish majburiyatini yuklagan. Unda Shuningdek, rejalashtirilayotgan 
faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha umumiy talablar 
hamda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish ham belgilangan. 
Ushbu qonun AQSHda ekologiya huquqi va atrof tabiiy muhitni muhofaza 
qilishni huquqiy tartibga solishning rivojlanishiga juda katta ta’sir 
ko‘rsatdi.
Xavfli sanoat chiqindilarini ishlab chiqarish, Shuningdek, ular bilan 
noto‘g‘ri muomala qilish natijasida atrof tabiiy muhitga real xavf 
tug‘dirish ko‘lami ko‘pgina davlatlarda chiqindilarni saqlash, foydalanish 
va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus qonunlar qabul qilinishiga sabab bo‘ldi. 
Ular sirasiga – “Chiqindilarni yo‘q qilish to‘g‘risida”gi Qonun (Yaponiya, 
1971 y.), “Zaharli chiqindilarni saqlash to‘g‘risida”gi Qonun (Buyuk 
Britaniya, 1972 y.), “Chiqindilardan saqlanish va yo‘q qilish to‘g‘risida”gi 
Qonun (GFR, 1972 y.), “Xom-ashyo resurslarini saqlash va qayta ishlash 
to‘g‘risida”gi Qonun (AQSH, 1976 y.), “Okeanga chiqindilarni chiqarish 
to‘g‘risida”gi Qonun (AQSH, 1972 y.) kabilar kiradi. Shunga yaqin 
qonunlar boshqa davlatlarda ham qabul qilingan.
AQSHda “Favqulodda vaziyatlarda ishlarni rejalashtirish va 
jamoatchilikning to‘liq axborot olishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida”gi 
Qonunning qabul qilinishiga (1986 y.) sabab bo‘lib, Bxopale kimyoviy 
zavodidagi avariya (Hindiston, 1984 yil, ko‘pincha hind Xirosimasi 
deyiladi) sabab bo‘ldi. Avariya 4, 5 mingdan ortiq kishini hayotdan olib 
ketdi, yana 50 ming kishi mayib, nogiron, ko‘r, falaj, asab tizimi buzilishi 


354 
bilan bog‘liq kasallarga duchor bo‘ldi. AQSH Mudofaa vazirligining 
pudrati bo‘yicha kimyoviy qurolning yangi turini ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanuvchi “Yunion Karbayd” Amerika transmilliy tashkilotida 
sho‘‘ba korporatsiyasi yuqori darajali zaharli moddalarni tadqiq etish bilan 
shug‘ullangan bo‘lib, texnologiyaning buzilishi bilan ushbu moddalar 
tarqalib ketgan. Hindistondagi avariyadan keyin AQSH hokimiyati o‘z 
davlatida kimyoviy tashkilotlarda avariyalarga tayyorgarlik va ular bilan 
bog‘liq xavfda aholini xabardor qilish bilan bog‘liq munosabatlarni 
tartibga soluvchi qonun yo‘qligiga e’tibor qaratgan.
Ta’kidlash lozimki, ayrim davlatlarda milliy darajada qonunlar XIX 
asrning so‘ngi va XX asrning boshlarida qabul qilina boshlangan. Bunga 
misol sifatida Buyuk Britaniyada 1863 yilda qabul qilingan “Ishqorli va 
boshqa ishlab chiqarish turlari to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rsatishimiz 
mumkin bo‘lib, unda atmosfera havosini kimyoviy tashkilotlar tomonidan 
ifloslantirishdan muhofaza qilish masalalari tartibga solingan. Yoki 
bo‘lmasa, Fransiyaning 1917 yildagi sanoat tashkilotlarini ularning 
ekologik xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishni ko‘zda tutuvchi 
Qonuni ham bunga misol bo‘la oladi. Unda xususan, ekologik xavfli 
tashkilotlarni aholi turar joylaridan tashqarida joylashtirish tartibi 
belgilangan. Niderlandiyaning birinchi atrof tabiiy muhitni muhofaza 
qilish sohasidagi qonunchilik hujjati sifatida 1987 yilgi “Yomon zararlilik 
to‘g‘risida”gi Qonunini (Nuisance Act) ko‘rsatish mumkin bo‘lib, ushbu 
hujjat hozirga qadar mintaqada tabiatni muhofaza qilish siyosatining 
asosini tashkil qilib kelmoqda.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ekologiya huquqini shakllanishining 
umumiy qonuniyatlarini tavsiflashda Shuni hisobga olish lozimki, ular 
tarixan shakllangan huquq tizimlari – romano-german (kontinental) va 
anglo-sakson (umumiy) huquqqa bog‘liq holda rivojlanadi. Shunga 
muvofiq, romano-german huquq tizimiga mansub davlatlarda huquqning 
bosh manbai qonun bo‘lsa, anglo-sakson huquq tizimiga oid davlatlarda 
qonun bilan bir qatorda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni huquqiy 
tartibga solish sohasida manba bo‘lib, pretsedent, ya’ni aniq ish bo‘yicha 
sudning qarori ham namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, ayrim xorijiy mamlakatlarda ekologik qonunchilikning 
kodifikatsiyalashuvini kuzatishimiz mumkin. Ekologik qonunchilikni 
kodifikatsiyalashning pirovard natijasi sifatida Ekologiya kodeksini qabul 
qilgan davlatlar sirasiga Fransiya (2000), Shvetsiya (1999), Kot d’Ivuar 
(1996) va Estoniya (2011) kabi mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin. MDH 
mamlakatlari ichida esa, Qozog‘iston
 
Respublikasi birinchilardan bo‘lib, 
Ekologiya kodeksini qabul qildi (2007 yil 9 yanvar); Rossiya 


355 
Federatsiyasida Ekologiya kodeksining konsepsiyasi ommaviy e’lon 
qilindi (2007 yil 8 oktyabr); Belarus Respublikasida Ekologiya kodeksi 
konsepsiyasi rasman Vazirlar Kengashi qarori bilan tasdiqlandi (2005 yil 
16 dekabr); Ukrainada Ekologiya kodeksi loyihasi Radada muhokama 
qilingan (2004 yil 14 may). Ayni damda RF subyekti bo‘lgan Tatariston 
Respublikasida ham 2008 yil 15 dekabrda Ekologiya kodeksi qabul qilinib, 
2009 yil 15 yanvardan amalga kiritilgan.
Xorijiy mamlakatlarning qonun ijodkorligi jarayonini tahlil etadigan 
bo‘lsak, 
bir 
qator 
mamlakatlarda 
ekologik 
qonunchilik 
kodifikatsiyalanganligi va ayrimlarida bu borada faol ishlar amalga 
oshirilayotganligining 
guvohi 
bo‘lishimiz 
mumkin. 
Jumladan, 
Fransiyaning 2000 yildagi, Shvetsiyaning 1999 yildagi kodekslari, 
Gollandiyaning 1997 yilgi “Atrof muhitni muhofaza qilish (boshqarish) 
to‘g‘risida”gi qonunini bunga misol bo‘la oladi. Germaniyada ham 
ekologiya huquqining yirik milliy qonunchilik bazasini tizimlashtirishga 
qaratilgan Ekologiya kodeksi loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda
127

Ushbu mamlakatlarda kodifikatsiya bir qator qonunlarni ulardagi 
takrorlangan normalarni bartaraf etish yo‘li bilan birlashtirish hamda 
umumiy qoidalarni bir bo‘limga joylashtirish orqali amalga oshirilgan.
Bunda Ekologiya kodeksi qabul qilinishi bilan tegishli qonunlar 
bekor qilingan.
Yevropa 
davlatlaridan 
avvalambor, 
Fransiyaning 
ekologik 
qonunchilikni kodifikatsiyalash borasidagi tajribasi katta qiziqish 
uyg‘otadi. Fransiyada Ekologiya kodeksini ishlab chiqish borasida tub 
asoslar yaratilgan.
Fransiyaning Ekologiya kodeksi MDH davlatlarida ekologik 
qonunchilikni kodifikatsiyalash borasida qabul qilingan kodeks va 
127
Кремер Л., Винтер Г. Экологическое право Европейского Союза / Отв. ред. проф. О.Л.Дубовик. – М.: 
Городец, 2007. – С. 93-94. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish