Тошкент давлат юридик университети


Atmosfera havosi va kosmik fazoni xalqaro ekologik-huquqiy



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet281/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
Atmosfera havosi va kosmik fazoni xalqaro ekologik-huquqiy 
muhofaza qilish 
 
Xalqaro huquqda atmosfera havosi va kosmik fazoni xalqaro 
ekologik huquqiy muhofaza qilish katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular 
xalqaro havo huquqi va xalqaro kosmik huquqlar bilan ko‘proq tartibga 
solinadi.
Tabiat boyliklari ichida atmosfera havosi inson hayotini saqlash, 
yashash turmush tarzini rivojlantirishda ko‘proq ahamiyatga ega.
Shuningdek, atmosfera havosini doim barqaror, ekologik sof bo‘lishi 
kosmik 
fazoni 
xavfsizligini, 
ekologik 
muvozanatda 
saqlanishini 
ta’minlaydi. Umuman olganda, atmosfera havosi chegara bilmaydigan 
atrof-muhitning serharakat elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
atmosfera havosi va kosmik fazoni xalqaro ekologik huquqiy muhofaza 
qilishda barcha davlatlarning o‘zaro hamkorligi hamda faol ishtiroki kerak 
bo‘ladi.
Binobarin, ana Shunday talablarni amalga oshirish uchun 1920-
1930– yillarda ko‘pgina davlatlar o‘z hududlarida atmosfera havosini va 
osmondagi havo kengligining huquqiy tartibini belgilovchi maxsus qonun 
hamda huquqiy hujjatlar qabul qildilar.


341 
1929 yilda davlatlar xalqaro havo qatnoviga taalluqli ayrim 
qoidalarni bir me’yorga solish uchun konvensiya (1929 yil Varshava 
konvensiyasi) ishlab chiqish va tuzish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
Havo kemalarining, fazodagi uchish qoidalari va boshqa barcha 
muammolar 1944 yildagi Chikago konvensiyasida aniq ko‘rsatib berilgan 
edi.
Kosmik fazoni o‘zlashtirishning tezlashuvi, oy va boshqa samoviy 
jismlarning tatbiq etilishi Shunga olib keldiki, kosmik muhitni zararli 
oqibatlardan muhofaza qilish zarurati tug‘ildi.
Kosmosning radiaktiv zaharlanishidagi to‘siq, ya’ni uni yadroviy 
sinov maydoniga aylantirishga to‘siq bo‘lib xizmat qilayotgan hujjat 1963 
yildagi Moskva shartnomasidir. Bu shartnoma kosmik fazoda yadroviy 
qurollarni sinashni taqiqladi. 1967 yildagi Kosmos to‘g‘risidagi 
shartnoma, 1979 yilgi Oy va boshqa samoviy jismlardagi davlatlarning 
faoliyati to‘g‘risidagi bitim muhim muhofaza qoidalarini ifodalaydi. 
Jumladan, 1967 yildagi shartnomaning IX moddasida, Oy to‘g‘risidagi 
bitimning VI moddasida davlatlarga kosmik fazoni, oy va boshqa samoviy 
jismlarni ifloslantirish, Shuningdek, yerdan tashqaridagi moddalarni 
yetkazib kelish oqibatida yerdagi muhitni nomaqbul tarzda o‘zgartirishdan 
saqlanish va buning uchun tegishli choralar ko‘rish majburiyatini 
yuklovchi qoidalar keltirildi. Kosmos to‘g‘risidagi shartnoma oy va 
boshqa samoviy jismlarga yadro qurolini joylashtirish yoki bu qurolni yer 
atrofi orbitasiga chiqarishni taqiqlash ham kosmik muhitni ifloslanish va 
zaharlanishdan saqlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Zero, 1971 yilgi Monreal konvensiyasida ( Gaaga konvensiyasiga 
nisbatan) fuqaro havo kemasi xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoiy aktlar 
aniq va keng qamrovli uchish chog‘ida havo kemasi ichida bo‘lgan 
shaxsga nisbatan zo‘ravonlik; ishlab turgan havo kemasini buzish va unga 
zarar yetkazish mumkin bo‘lgan qurilmalar va moddalar, yerdagi 
aeronavigatsiya uskunalarini buzish, zararlantirish; havo kemasi uchish 
xavfsizligiga tahdid soluvchi mutlaqo yolg‘on ma’lumotlar berish kabilar 
ko‘rsatib o‘tilgan.
Keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti natijasida keng yo‘l ochilgan 
tabiat va iqlimga sun’iy ta’sir ustidan nazorat o‘rnatish g‘oyat qiyin bo‘lib, 
bu yer atmosferasi uchun katta xavf solmoqda. Xususan, hozir 
yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir yoki do‘l)ni hosil qilish yoki uning oldini olish 
imkoniyati mavjud. Xuddi Shuningdek, bo‘ron va tayfunlarning yo‘nalishi 
hamda kuchini o‘zgartirish mumkin. Tabiat va iqlimga ta’sir ko‘rsatish 
insonga buyuk farovonlik yoki juda katta zarar ham keltirishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi 1985 yil Ozon qatlamini himoya qilish (Vena) 


342 
konvensiyasi, 1987 yili Ozon qatlamini yemiruvchi birikmalar bo‘yicha 
protokoli (Monreal), 1989 yili (Bazel) Xavfli chiqindilarni chegaralararo 
tashishni nazorat qilish konvensiyasi, 1992 yil (Nyu-York) Iqlim 
o‘zgarishi to‘g‘risidagi bir qator konvensiyalarga qo‘shildi hamda ushbu 
yo‘nalishda bir qator faol harakatlar amalga oshirilmoqda.
Bizning mamlakatimiz ham Vena konvensiyasi va Monreal 
protokoliga qo‘shilib, tegishli majburiyatlarni zimmasiga oldi. Ozon 
qatlami holatini muntazam kuzatib borish, yemiruvchi moddalardan 
foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirish shular jumlasidandir.
1996 yil 26-29 avgustda Shveysariyaning Jeneva shahrida Monreal 
protokoliga qo‘shilgan davlatlar ishchi guruhining kengashi bo‘lib o‘tdi. 
O‘n uchinchi marta o‘tkazilayotgan bu kengashda 147 mamlakatdan 400 
delegat ishtirok etdi.
Mustaqil 
davlatlar 
hamdo‘stligidan 
O‘zbekiston, 
Rossiya, 
Belorussiya, Ukraina va Gruziya ham katnashgan.
Hozirgi paytda olimlarimiz tomonidan O‘zbekistonda ozon qatlamini 
muhofaza qilish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqishga katta e’tibor 
berilmoqda.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish