Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet279/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Bazel konvensiyasi
(1996 yil 7 may).


336 
muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida 
Turkiya Respublikasi (1996 yil 8 may) va Xitoy Halq Respublikasi (1997 
yil 11 dekabr) bilan ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolangan. 
Bunday bitimlarni boshqa davlatlar bilan tuzish uchun ham tayyorgarlik 
mavjud.
2. Ikkinchi kategoriya manbalarga BMT Bosh Assambleyasining 
bir qator rezolyusiya, deklaratsiya va xartiyalari kiradi.
a) ushbu kategoriyadagi manbalar ichida BMT Bosh Assambleyasi 
tomonidan tashkil etilgan va chaqirilgan Stokgolm deklaratsiyasi (1972 
yil) katta ahamiyatga ega.
b) BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1980 yil sentyabr oyida 
qabul qilingan “Barcha davlatlarning hozirgi va kelajak avlod uchun yer 
(kurrasini) zamininini saqlash uchun tarixiy javobgarligi” to‘g‘risidagi 
rezolyusiyasi ahamiyatlidir. Mazkur rezolyusiya dunyo halqlari va barcha 
davlatlarning harbiy qurollanishni qisqartirishga va tabiatni muhofaza 
qilishga oid aniq tadbirlarini belgilaydi.
v) BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1982 yil tasdiqlangan 
“Butun jahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi”.
Ushbu, hujjat 28 oktyabr 1982 yil BMT Bosh Assambleyasi 37-
sessiyasining rezolyusiyasi bilan tasdiqlangan.
Xartiyada tabiatni muhofaza qilishning 24 asosiy prinsiplari ko‘rsatib 
berilgan. Mazkur hujjatda ekologik ta’lim va tarbiya masalasiga alohida 
e’tibor berilgan.
Jahon ummoni daryolar, dengiz va suv boyliklarini xalqaro 
huquqiy ekologik muhofaza qilish 
Xalqaro huquqda jahon ummoni – daryo, dengiz, okean va boshqa 
suv resurslarini xalqaro ekologik muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
Chunki inson va boshqa tirik mavjudotlarni normal yashashi, 
ko‘payishi hamda saqlanishi uchun suv boyliklari ma’lum mutanosiblikda 
saqlanishi zarur.
Dengiz muhitini himoya qilish bo‘yicha davlatlarning birgalikdagi 
harakati qoida tariqasida universal (amalda barcha manfaatdor davlatlar 
ishtiroki bilan) yoki mintaqaviy (aniq dengizlar - Boltiq, O‘rta yer va 
boshqa dengizlar bo‘yi davlatlarning ishtiroki bilan) darajalarda amalga 
oshirildi. Bunday xalqaro hamkorlik rivojlanishi asosan dengizlarning 
kema qatnovi oqibatida, kemalar va quruqlikdagi manbalardan 
chiqindilarni chiqarib tashlash tufayli, dengiz tubi imkoniyatlarini tadqiq 
qilish va foydalanish natijasida ifloslanishini oldini olish ko‘zda tutiladi.


337 
Dengiz muhitini muhofaza qilishga qaratilgan ko‘plab xalqaro 
hujjatlar orasida, 1954 yildagi dengizlarni neft bilan ifloslanishining oldini 
olish to‘g‘risidagi London konvensiyasi (1962, 1969 va 1971 yillardagi 
tuzatishlar bilan), 1973 yildagi kemalardan dengizlar ifloslanishining 
oldini olish bo‘yicha xalqaro konvensiya, 1972 yildagi Chiqitlar va boshqa 
materiallar bilan dengizlar ifloslanishining oldini olish bo‘yicha 
konvensiya singari ko‘p tomonlama xalqaro bitimlar markaziy o‘rinni 
egallaydi.
1954 yilgi London konvensiyasi (1958 yili kuchga kirgan) 
davlatlarning zimmasiga dengiz muhitining ifloslanishi oldini olish 
bo‘yicha muayyan majburiyatlar yuklovchi dastlabki xalqaro bitim bo‘lgan 
edi. Konvensiya kemalardan neft va neft-suv aralashmasini to‘kishni 
taqiqlaydi. Dastlab to‘kish uchun taqiqlanmagan maxsus zonalar 
belgilangandi, lekin keyinchalik (1969 yilgi tuzatishga muvofiq) juda oz 
darajadagi istisnoni hisobga olmaganda, jahon ummonining butun 
akvatoriyasida bunday to‘kish taqiqlab quyildi. Konvensiya ishtirokchi 
davlatlar zimmasiga portlarda kemalar va tankyerlardan neft qoldiqlari va 
aralashmalarini qabul qilib oluvchi qurilmalar qurish majburiyatini 
yuklaydi.
Jahon ummoni suvlarini ifloslanishdan saqlash bilan birga jonli 
dengiz boyliklarini kamayishdan saqlash va ulardan oqilona foydalanish 
ham g‘oyat muhim vazifa hisoblanadi. London konvensiyasi dengiz 
baliqchiligini xalqaro huquqiy tartibga solishning asosiy g‘oyasini tashkil 
etadi. 1958 yilgi ochiq dengizda baliq ovlash va tirik jonivorlarni 
muhofaza qilish to‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasi (1966 yili kuchga 
kirgan) ochiq dengizda baliq ovlash erkinligi tamoyilini e’lon qildi. Shu 
bilan birga davlatlarga jonli resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar 
ko‘rish va bu yo‘nalishdagi jamoaviy tadbirlarda ishtirok etish 
majburiyatini yuklaydi. Xalqaro huquqning keng tan olingan qoidalari 
bunday masalalar bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlarda aniqlashtiriladi va 
rivojlantiriladi. Bular: 
- davlatlarning jonli dengiz boyliklarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanishda mintaqaviy hamkorlikni tashkil etish (1949 yildagi 
Atlantika ummonining shimoliy-g‘arbiy qismida baliq ovlash to‘g‘risidagi 
konvensiya, 1959 yildagi Atlantika ummonining shimoliy-sharqiy qismida 
baliq ovlash to‘g‘risidagi konvensiya, 1959 yildagi Qora dengizda baliq 
ovlash to‘g‘risidagi bitim, Boltiq dengizida baliq ovlash va jonli 
resurslarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1973 yilgi konvensiya va 
boshqalar); 


338 
- ovni tartibga solish va dengizdagi jonivorlarning ayrim turlarini 
muhofaza qilish (1962 yilgi Boltiq dengizidagi jonivorlarni muhofaza 
qilish to‘g‘risidagi bitim, 1946 yildagi Kit ovlashni tartibga solish bo‘yicha 
xalqaro konvensiya, 1972 yildagi Antarktida tyulenlarni saqlash bo‘yicha 
konvensiya) va boshqalar.
Chiqitlar va boshqa materiallar bilan dengizlarni ifloslantirishning 
oldini olish ifodalagan 1972 yilgi konvensiya (1975 yili kuchga kirgan) 
barcha xavfli moddalar va materiallarni jahon ummoniga cho‘ktirib 
yuborishni tartibga soladi. Konvensiyada ko‘zda tutilganidek, eng xavfli 
moddalar bunday tartibda cho‘ktirib yoki ko‘mib yuborilmaydi. Bunday 
moddalarni ko‘mib yoki cho‘ktirib yuborish uchun maxsus ruxsatnoma 
zarur. Unchalik xavfli bo‘lmagan moddalarni ko‘mish yoki cho‘ktirish 
uchun esa umumiy ruxsat beriladi. Bunday modda va materiallarning 
ro‘yxati konvensiyada ilovalarda ko‘rsatib berilgan. Xususan, ishlanmagan 
yoki yoqilg‘i nefti, og‘ir dizel yoqilg‘isi va moyi, yuqori radiaktiv 
Chiqitlar, simob va simob birikmalari, mu’tadil plastmassalar, 
Shuningdek, biologik va urushda foydalanish uchun tayyorlagan kimyoviy 
materiallarni dengiz va ummonga tashlash butunlay taqiqlanadi.
Kemalardan dengizlarni ifloslanishi oldini olishga qaratilgan 1973 
yilgi konvensiya (hali kuchga kirmagan) dengiz muhitini kemalardan 
dengizga chiqarilib tashlanuvchi har qanday moddalar: neft, zaharli suyuq 
moddalar, oqava suvlar va axlat bilan ifloslanishining barcha turlariga 
chek qo’yish zaruriyatidan kelib chiqadi. Uning qoidalari amalda barcha 
turdagi dengiz kemalariga, Shu jumladan havo “yostig‘i” bo‘lgan kemalar, 
suvosti kemalari, doim bir joyda turuvchi va suzib yuruvchi kichik 
stansiyalarga taalluqli bo‘ladi. Faqat harbiy, harbiy-yordam kemalari va 
hukumat savdo kemalari bundan mustasnodirlar. Konvensiyaga muvofiq 
neft va suyuq zaharli moddalar tashish uchun xizmat qiluvchi barcha 
tankyer va boshqa kemalar vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi va tegishli 
xalqaro guvohnoma olishi kerak bo‘ladi.
Xalqaro tarzdagi choralar davlatlarning mintaqaviy hamkorligi bilan 
to‘ldirilmas, u yoki bu dengiz mintaqalarining o‘ziga xosligi va 
xususiyatlari hisobga olinmas ekan, jahon ummoni muhitini muhofaza 
qilish etarli darajada bo‘lmaydi. Keyingi yillarda bir qator mintaqaviy 
xalqaro bitimlar xuddi mana shu maqsadlarni ko‘zlab tuzildi. Bular: 1974 
yildagi Boltiq dengizi mintaqasi muhitini muhofaza qilish bo‘yicha 
konvensiya, 1976 yildagi O‘rta yer dengizini ifloslanishdan muhofaza 
qilish to‘g‘risidagi konvensiya, shimoliy dengizni ifloslanishdan saqlashga 
qaratilgan bir qator bitimlar, dengiz muhitini ifloslanishdan muhofaza 


339 
qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi 1978 yilda qabul qilingan 
Quvayt mintaqaviy konvensiyasi shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish