83
davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini
geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda
ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
tasdiqlaydi.
Bularga: suvda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l
qo’yiladigan darajada to‘planishi; atmosfera havosida ifloslantiruvchi
moddalar va biologik organizmlarning yo‘l qo‘yiladigan darajada
to‘planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit,
ionlashtiruvchi va boshqa zararli ta’sir ko‘rsatishning yo‘l qo’yiladigan
darajalari kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi
14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab
chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bu boradagi
munosabatlarni tartibga solishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi.
Ekologik
standartlash
orqali
asosan
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarning ekologik talablarga javob berishi belgilanadi. O‘zbekiston
Respublikasining “Standartlash to‘g‘risida”gi Qonunining (1993-yil
28-dekabr, 1002–XII son)
2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z
vakolatlari doirasida “tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish
hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan
muhofaza qilish sohasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr
etadi.
Tabiiy obyektlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish maqsadida davlat
organlari ularning davlat hisobi (davlat kadastri) ni yuritadi. Ushbu vakolat
orqali tabiiy obyektlarning son va sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni ularning
miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflari aniqlanadi.
Tabiiy obyektlarni davlat hisobi tabiiy obyektlarning monitoringi (ularni
kuzatish), inventarizatsiya yoki foydalanishni ro‘yxatga olish yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad
tabiiy obyektlar haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlar olish, ularning
holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy obyektlarning miqdori va sifati,
ularning huquqiy, tabiiy, xo‘jalik holati, foydalanish darajasi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar tizimi tabiiy obyektlar kadastrlari deb nomlanadi. Tabiiy
obyektlar kadastrlari har bir tabiiy obyekt yuzasidan alohida yuritiladi va
ularni yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Tabiiy obyektning
kadastri shu tabiiy resursni idora etuvchi maxsus davlat organlari
tomonidan yuritiladi va davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: