Tabiatdan foydalanish maqsadiga ko‘ra
masalan,
suv iste’moli
ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik
xo‘jaligi, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi suv iste’moliga va boshqa
turlarga bo‘linadi.
51
Tabiat obyektini tabiiy muhitdan ajratib olinishi yoki
olinmasligiga ko‘ra
foydalanish mumkin. Masalan, yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan
ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanishlari,
shuningdek, o‘simlik yoki hayvonot dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan
ajratib olgan holda foydalanishni ko‘rishimiz mumkin.
Tabiatga ta’sir etish holatiga ko‘ra
tabiatga zarar yetkazgan yoki
zarar yetkazmagan holda foydalanish.
Tabiat obyektlarining turli ko‘rsatkichlariga ta’sir etib
foydalanilishiga ko‘ra, tabiatdan foydalanish oqilona va nooqilona
bo‘lishi mumkin.
Tabiatdan oqilona foydalanish deganda, tabiiy
resurslardan ilmiy asoslangan, har bir tabiat obyektining o‘ziga xos
xususiyatlari hisobga olingan, ekologik va iqtisodiy manfaatlar
uyg‘unlashgan holda, tejamli, ularni qayta tiklash, holatini yaxshilash va
keskin o‘zgartirmaslikni ko‘zda tutadigan foydalanish tushuniladi.
Tabiatdan oqilona foydalanmaslik esa tabiiy-resurs imkoniyatlarning
saqlanishini ta’minlamaydi.
Tabiatdan foydalanish huquqining vujudga kelish, cheklash,
to‘xtatish va bekor bo‘lish asoslari
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda
tabiiy resurslarining ahamiyati va roli ushbu munosabatlar sohasiga doimiy
va maqsadli ravishda davlat ta’siri zarurligini taqazo etadi. Shu bois ham
tabiatdan oqilona va samarali foydalanish hamda uni muhofaza etishni
ta’minlash maqsadida tabiatdan foydalanish huquqining vujudga kelish,
to‘xtatish va bekor bo‘lish asoslari ekologik qonunchilikda bevosita
tartibga solib qo‘yilgan bo‘lib, bu ekologik munosabatlarini lozim darajada
tartibga solishga erishish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlash maqsadida tabiiy resurslardan maqsadli va zarar yetkazmasdan
foydalanishga qaratilgan bo‘ladi.
Tabiatdan
foydalanish
huquqining
vujudga
kelish
asoslari
quyidagilar hisoblanadi:
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan;
vakolatli davlat organlarining hujjatlaridan;
shartnoma va bitimlardan;
sudning qaroridan;
tabiatdan foydalanish huquqini beradigan litsenziya asosida;
52
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan tabiatdan foydalanish
huquqi, tegishlicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga
keladi.
Agar qonun hujjatlarida tabiatdan foydalanish huquqining vujudga
kelish asoslari bevosita ko‘rsatilgan bo‘lsa, masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi №290-son
“Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan
foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘simlik va hayvonot dunyosi
obyektlaridan foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari belgilandi.
Tabiatdan foydalanish huquqining vakolatli davlat organlarining
hujjatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi (mazkur qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 21-apreldagi PF–5024-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
etib qayta tashkil etildi) raisining 2006-yil 22-martdagi 27-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi hududida ov va baliq ovlash qoidalarini
tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i asosida vujudga keladi.
Tabiatdan foydalanish huquqining shartnoma va bitimlar asosida
vujudga kelishi tabiat obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Jumladan, yerlardan foydalanishda asosan yer ijarasi shartnomasi
keng qo‘llaniladi.
Tabiatdan foydalanish huquqining sudning qarori asosida vujudga
kelishi asosan vakolatli davlat organlarining tabiatdan foydalanish
huquqini berish, to‘xtatish, cheklab qo‘yish yoki bekor qilish haqidagi
qarorlari yuzasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tabiatdan foydalanish huquqining vujudga kelish asoslaridan biri
litsenziyaviy faoliyat hisoblanadi. Tabiatdan foydalanish huquqini
beruvchi litsenziya asosan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini
berish bilan bog‘liq.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan tabiatdan foydalanish
huquqi, tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan, xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq, yuridik va jismoniy
shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar
belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari
tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan
keyin vujudga keladi.
Ekologik qonunchilikda tabiatdan foydalanish huquqini cheklash,
to‘xtatish va bekor qilish asoslari umumiy tarzda hamda alohida qilib
53
belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 34-moddasiga ko‘ra yer qa’ri
uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish
asoslari” umumiy asoslar qilib olingan.
Har bir tabiat obyektining xususiyatlaridan kelib chiqib, tabiatdan
foydalanish huquqini cheklash va to‘xtatishni umumiy asoslarda
quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
tabiatdan foydalanish inson hayoti, sog‘lig‘i va salomatligiga yoki
yashash sharoitiga zararli ta’sir etganda yoki ta’sir etish xavfi tug‘ilgan
taqdirda yoxud boshqacha tarzda tahdid yuzaga kelganda;
atrof tabiiy muhitga qonunchilikda belgilanganidan ortiqcha zararli
ta’sir etilganda yoki ta’sir etish xavfi tug‘ilgan taqdirda, yoxud boshqacha
tarzda tahdid yuzaga kelganda;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning belgilangan talablari
bajarilmaganda;
tabiat obyektlarini muhofaza qilishning belgilangan talablari
bajarilmaganda;
belgilangan muddat davomida tabiiy resurslardan foydalanishga
kirishilmaganda;
tabiatdan foydalanishning litsenziyaviy tartibida uning asosiy
shartlarini buzgan taqdirda;
tabiatdan foydalanishning shartnomaviy tartibida uning asosiy
shartlarini buzgan taqdirda;
sudning qarori asosida;
vakolatli davlat organlari tomonidan tabiatdan foydalanish huquqini
cheklash va to‘xtatishning boshqa tartibi belgilanganida.
Tabiatdan umumiy foydalanishda qonun hujjatlarida belgilanadigan
tartibda ruxsatsiz va cheklashlarsiz amalga oshirilishi belgilanishi mumkin.
Tabiatdan foydalanish huquqi quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
tabiatdan foydalanish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
foydalanishning belgilangan muddati tugaganda;
yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda;
tabiiy
resurslardan
belgilanganidan
boshqa
maqsadlarda
foydalanilganda;
belgilangan muddatlarda tabiatdan foydalanganlik uchun haq
(to‘lovlar) muntazam to‘lanmaganda (ushbu holat obyektning o‘ziga xos
xususiyatiga qarab foydalanish huquqini cheklash va to‘xtatish asosi ham
bo‘lishi mumkin);
54
tabiat
obyektidan
oqilona
foydalanilmaganda
(ushbu
holat
obyektning o‘ziga xos xususiyatiga qarab foydalanish huquqini cheklash
va to‘xtatish asosi ham bo‘lishi mumkin);
belgilangan muddat davomida tabiiy resurslardan foydalanishga
kirishilmaganda (ushbu holat obyektning o‘ziga xos xususiyatiga qarab
foydalanish huquqini cheklash va to‘xtatish asosi ham bo‘lishi mumkin);
tabiat obyekti davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
sud qarori asosida;
vakolatli davlat organlari tomonidan tabiatdan foydalanish huquqini
bekor qilishning boshqa tartibi belgilanganida.
Tabiatdan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatish va bekor qilish
asoslarining
ekologik
qonunchilikda
belgilanishi
tabiatdan
foydalanuvchilarga real ta’sir ko‘rsatib, mavjud ekologik talablarni
bajarishga undaydi hamda tabiatdan foydalanish huquqini ta’minlashning
kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |