Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet217/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
 
16
-
BOB. MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNING 
HUQUQIY MAQOMI 
 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining tushunchasi 
va xususiyatlari. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning asosiy turlari. 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik 
uchun javobgarlik.
 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining 
tushunchasi va xususiyatlari
Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sir muammolari 
tobora katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda va hozirgi, shuningdek, kelgusi 
avlodlarning farovonligi, umuman jahon sivilizatsiyasining taqdiri 
ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga ko‘proq bog‘liq bo‘lib 
qolmoqda.
Ilmiy-texnika rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin 
o‘zgarib borayotgan atrof-muhit ekologik muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. Bu esa hozir yer yuzida yashab turganlarnigina emas, balki 
kelgusi avlodlar salomatligiga, ayniqsa yer, suv, atmosfera havosi, yer osti 
boyliklari, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, tabiat va tarixiy 
yodgorliklarning tabiiy holatiga ham salbiy ta’sir qilmoqda.
Mazkur masalaga, O‘zbekiston Respublikasi dastlab 
mustaqillikka erishgan paytidan boshlab e’tibor 
berdi va birinchilar qatorida 1993-yil 7-mayda O‘zbekiston 
Respublikasining “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to‘g‘risida”gi Qonunini qabul qildi. Shuningdek, 2004-yil 3-dekabrda 
esa yangi tahrirda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 
Qonun qabul qilindi.
Yodda tuting! 
Mazkur Qonun hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab noyob 
hamda ekologik, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, sanitariya-sog‘lomlashtirish, 


253 
Hozirgi paytda respublikamizda 
qo‘riqlanadigan yerlarning umumiy 
maydoni 2 million gektardan ortiq 
bo’lib 
alohida 
qo‘riqlanadigan 
11 tabiiy hududiy obyyekt, jumladan
8 ta qo‘riqxona, 1 ta biosfera 
rezervati, 
400 
dan 
ortiq 
tabiat 
yodgorliklari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni 
tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
sohasidagi munosabatlar ushbu Qonundan, shuningdek yer, suv, 
o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar, yer osti boyliklaridan foydalanish 
to‘g‘risidagi, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi hamda 
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlardan iborat 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa 
qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
estetik nuqtayi nazardan milliy boylik va umumxalq mulki bo‘lmish 
qimmatli tabiiy majmualarni muhofaza etishning umumiy, huquqiy, 
ekologik, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar va hayvonot dunyosini 
hamda davlat milliy tabiat bog‘lari, davlat tabiat va tarixiy yodgorliklarini 
saqlab qolish ularning sonini ko‘paytirish inson hayotini ekologik normal 
saqlashga, 
tabiat 
bilan jamiyat va inson o‘rtasidagi 
ma’lum 
mutanosiblikni saqlashga 
katta 
yordam beradi.
Demak, 
ana shuncha 
o‘xshash 
alohida 
muhofaza 
etiladigan 
va 
boshqa 
tabiiy 
hududlar 
huquqiy 
muhofaza 
qilinmog‘i lozim.
Shuni ta’kidlash joizki, respublikamizdagi barcha muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar qonun bilan muhofaza qilinmog‘i va huquqiy 
tartibga solinishi maqsadga muvofiqdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan 
ham tartibga solib turiladi.


254 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlarining vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy 
obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini 
saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishining 
oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit 
monitoringini 
olib 
borishdan, 
ekologik ma’rifat va tarbiyani 
takomillashtirishdan iborat.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”ning ta’rifi va ularning 
huquqiy maqomi yuqorida nomi tilga olingan Qonunning 4-moddasida 
quyidagicha ko‘rsatilgan.
Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor 
ekologik, 
ilmiy, 
madaniy, 
estetik, 
rekreatsiya 
va 
sanitariya-
sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy 
yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va 
tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish 
va foydalanish rejimi o‘rnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-
barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun 
mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.
Tabiat rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanatni va 
biosfera monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy 
majmualarni tiklashga mo‘ljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi 
O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni 
xo‘jalik maqsadida foydalanishdan to‘liq yoki qisman, bir umrga yoki 
vaqtincha tortib olinishi mumkin.
Tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir 
rejalar va dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda 
boshqa rejalarni ishlab chiqishda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
hisobga olinadi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish