Yer qa’ridan foydalanish huquqi
O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi
Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
195
Karimovning 2007-yil 7-iyundagi PQ–649-son qarori bilan tasdiqlangan
“Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari
to‘g‘risida”gi Nizomlar yer qa’ridan foydalanish turlarini belgilaydi. Yer
qa’ri uchastkalari ulardan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
geologik jihatdan o‘rganish;
foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kovlab olish;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
foydali qazilmalarni kovlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer
osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon
matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni
yer ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish,
chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash;
alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;
nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni
va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.
Qonunga ko‘ra tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida geologik
jihatdan o‘rganish uchun foydali qazilmalarni kovlab olish, texnogen
mineral hosilalardan foydalanish va foydali qazilmalarni kovlab olish bilan
bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlar uchun yer qa’ri uchastkalaridan
foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi litsenziya hisoblanadi.
Litsenziya tegishli davlat organining, ya’ni Vazirlar Mahkamasi yoki
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer qa’ridan foydalanish bilan
bog‘liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berilishining
kafolatlovchi qarori mavjud bo‘lganda beriladi.
Litsenziya o‘z egasining muayyan chegaradagi yer qa’ri
uchastkasidan belgilangan muddat mobaynida foydalanish huquqini
tasdiqlaydi hamda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini
belgilaydi. Qonunchilik yer qa’ridan foydalanishning biryo‘la bir necha
turiga litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yadi. Shuningdek, qonunga muvofiq
yer egalari va yerdan foydalanuvchilar o‘zlariga berilgan yer uchastkalari
doirasida o‘z xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun portlatish ishlarini
qo‘llamagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zaxiralari
foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng
tarqalgan foydali qazilmalarni kovlab olishni hamda yer osti inshootlarini
qurishni litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Litsenziyalarni berish ochiq kimoshdi savdolari yoki yuridik va
jismoniy shaxslarning litsenziya berishga vakolatli organlar bilan
to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralari asosida o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi.
196
Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kovlab olish,
texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kovlab
olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan
foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish
hamda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va
boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun litsenziyalar
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi
tomonidan beriladi.
Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti
inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun litsenziyalar
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari
asosida beriladi.
Geologik jihatdan o‘rganish, tajriba-sanoat yo‘sinida kovlab olish,
noruda foydali qazilmalarni kovlab olish, texnogen mineral hosilalardan
foydalanish uchun noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri
uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Noruda foydali qazilmalarni o‘z
ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun
litsenziyalar berish bo‘yicha komissiyasi tomonidan beriladi.
Litsenziyaga muvofiq yer qa’ri foydali qazilmalarini kovlab olish,
texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kovlab
olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan
foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlar barpo etish
uchun maydon va chuqurligi cheklangan uchastkalar ko‘rinishida, ya’ni
kon ajratmasi foydalanishga beriladi. Kon ajratmasi chegaralarida xo‘jalik
faoliyati va boshqa faoliyat yer qa’ri kimga berilgan bo‘lsa, faqat o‘sha
foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Kon
ajratmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer
qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy
sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tomonidan beriladi. Kon ajratmalarini berish tartibi Vazirlar
Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan
“Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun
kon ajratmalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda aks etgan.
O‘zbekiston
Respublikasining
Birinchi
Prezidenti
Islom
Karimovning 2007-yil 7-iyundagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish
huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–649-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi
Davlat
geologiya
va
mineral
resurslar
qo‘mitasi,
197
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga korxonalar va tashkilotlar
tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan
litsenziyalarni olmasdan turib foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l
qo‘ymaslik ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanuvchilar bo‘lib,
ular yer qa’ridan haq to‘lash asosida foydalanadilar. Ya’ni yer qa’ridan
foydalanish pullik, soliq qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno hisoblanadi.
Yer qa’ri muddatli (muvaqqat) va muddatsiz foydalanishga berilishi
mumkin. Yer qa’ri uchastkalari muddatli foydalanishga:
geologik jihatdan o‘rganish uchun — besh yilgacha muddatga;
foydali qazilmalarni kovlab olish va texnogen mineral
hosilalardan foydalanish uchun — foydali qazilma konini yoki texnogen
mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan
muddatiga;
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni
va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun — ikki
yilgacha muddatga beriladi.
Yer qa’ri uchastkalari muddatsiz foydalanishga foydali qazilmalarni
kovlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va
ulardan foydalanish uchun, shuningdek alohida muhofaza etiladigan
geologik obyektlarni barpo qilish uchun berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi
Qonunining 32- va 33-moddalari yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquq
va majburiyatlarini o‘rnatadi.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda
cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar ta’siri
doirasidagi aholi hayotiga yoki sog‘lig‘iga, atrof-muhitga tahdid yuzaga
kelganda;
agar yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil mobaynida yer qa’ri
uchastkasidan foydalanishga kirishmagan bo‘lsa;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlar muntazam ravishda
to‘lanmagan taqdirda;
yer qa’ridan foydalanuvchi litsenziyaning asosiy shartlarini
buzgan taqdirda;
198
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir asosiy talablar,
foydali qazilma konlarini ishlatishga va mineral xom ashyoni qayta
ishlashga doir asosiy talablar, foydali qazilmalarni kovlab olish bilan
bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarni qurish va ulardan foydalanish
uchun yer qa’ridan foydalanishdagi asosiy talablar, yer qa’ridan
foydalanish bilan bog‘liq ishlar bexatar olib borilishini ta’minlashning
asosiy talablari bajarilmagan taqdirda.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda
tugatiladi:
yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning belgilangan muddati
tugaganda;
yer qa’ridan foydalanuvchi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish
huquqidan voz kechganda;
foydalanishiga yer qa’ri uchastkasi berilgan yuridik shaxs
tugatilgan yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib
turish va tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |