Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet180/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

25-moddasiga
asosan atmosfera havosiga zararli 
ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar korxona, muassasa va tashkilotlardan 
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartib va miqdorda undirib olinadi.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik 
organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir 
ko‘rsatganligi hamda atmosfera havosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar 
to‘lash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish 
chora-tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararni qoplash majburiyati-
dan ozod etmaydi.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini 
yuritish tartibini aniq belgilash ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, qonunda 
o‘z aksini topgan.
Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi zarur: 

atmosfera havosining holatiga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan yoki 
zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan obyektlar; 

foydalanilayotgan atmosfera havosining hajmlari; 

atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, 
biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi 
moddalarning turlari va miqdori; 

atmosfera havosiga fizikaviy omillar ko‘rsatadigan zararli 
ta’sirning turlari va hajmlari.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan 
tartibda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va 
nazorat etish tartibi mamlakatimizdagi atmosfera havosiga oqilona 
munosabatda bo‘lish hamda uni huquqiy muhofaza qilishga qaratilgandir.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va 
nazorat etish tartibi, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda 
qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
64
Qonunining 5-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, atmosfera 
havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 4-moddasiga va 
“Samoviy hududdan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq samoviy 
hududdan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib 
64
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997, №2, 52-modda. 


207 
borish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi zimmasiga yuklatiladi. 
Fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasidagi boshqaruv va 
nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati amalga 
oshiradi.
Davlat aviatsiyasi faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni o‘z 
vakolatlari doirasida Mudofaa Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki 
ishlar 
vazirligi, 
shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga muvofiq davlat boshqaruvining boshqa organlari 
amalga oshiradilar”
65
.
Shuningdek, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonunga binoan atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat 
nazoratini olib borish masalasiga ham alohida e’tibor berilgan. Mazkur 
qonunning 28-moddasiga asosan atmosfera havosini muhofaza qilish 
ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, 
shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera 
havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolat 
berilgan davlat organlaridir.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab 
chiqarish va jamoat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Atmosfera 
havosining holatini kuzatish, axborot to‘plash, 
umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolini belgilash atrof tabiiy muhitning 
davlat monitoringi yagona tizimi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Ana shunday qonun va huquqiy normalar mavjud bo‘la turib ham 
atmosfera havosini muhofaza qilishda ayrim muammolar ham yo‘q emas. 
Masalan, Butun mamlakatimiz va Surxondaryo aholisini bezovta 
qilayotgan Tojikiston Alyuminiy zavodining havoni zaharlash bilan 
bog‘liq ekologik ta’sirini ko‘raylik. U yerdagi ftorli birikmalar ta’siriga bir 
e’tibor bering. Umumdavlat kuzatuv mahkamasining ma’lumotlariga 
ko‘ra, Tursunzoda rayonida ana shu birikmalarning o‘rtacha yig‘ilib 
qolishi iyul oyida normadagidan 2, 4 baravar ortiq bo‘lgan. Bu birikmalar 
asosan O‘zbekistonning Sariosiyo rayoniga yoyilmoqda. Bu rayonda 
havoning bulg‘anishi normadagiga nisbatan 4, 8 baravar ko‘p. Aholi 
tahlikaga tushib qoldi. Zavodda elektroliz vannalarning bir qanchasi 
65
O‘zbekiston Respublikasining Havo Kodeksi. Toshkent: “Adolat”, 2014. 


208 
to‘xtatib qo‘yildi, aybdorlarga jarima solindi. Sariosiyo rayonida 
bolalarning kasalga chalinishi 2, 8 baravar ko‘paydi. Kattalar orasida 
kasalga chalinish esa 2, 2 baravar ko‘proq bo‘ldi. Odam organizmining 
kasalliklarga bardosh berishi susaydi, go‘daklarning sut tishi chirishi 
kasalligi ikki marta va yengil flyuoroza kasaliga chalinish 8, 8 baravar 
ko‘paydi. 
Tursunzoda rayonida bolalarning kasalga chalinishi 12 foiz, nafas 
yo‘llarining kasallanishi 1, 4 baravar ko‘paydi, tug‘ma majruhlik 9 baravar 
ortdi. Bu juda xavfli ko‘rsatkichdir.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish