Тошкент давлат юридик университети


ma’muriy-huquqiy javobgarlik qo‘llanilib



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

ma’muriy-huquqiy javobgarlik qo‘llanilib, 
O‘zbekiston 
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida aniq 
ko‘rsatilgan
47

Suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 
ma’muriy jazo 
choralarini qo‘llash
tuman, shahar hokimliklari huzuridagi ma’muriy 
komissiya, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tuman, shahar 
sudlari, ichki ishlar organlari, davlat inspeksiyasi organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksining 72-,74-,75-,76-moddalarida fuqarolarga eng kam ish haqining 
uchdan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinishi ushbu inshoot va 
qurilmalardan foydalanish qoidalarini buzgan mansabdor shaxslarga 
nisbatan bir baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinishi 
belgilab qo‘yilgan. 
Bundan 
tashqari, 
O‘zbekiston
 
Respublikasining 
Jinoyat 
kodeksida
48
atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (196-modda), suv yoki suv 
havzalaridan foydalanish shartlarini buzish (203-modda) uchun jinoiy 
javobgarlik belgilangan.
Suv havzalari ifloslanishining ijtimoiy xavfi yuqoriligi sabab 
O‘zbekiston Respublikasi JKning 196-moddasida ushbu qilmish uchun 
jinoiy javobgarlik belgilangan. JKning 196-moddasi 1-qismida Suvni 
ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, 
parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og‘ir 
oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam ish haqining yuz baravaridan ikki yuz 
baravarigacha miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan 
mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi, 
deb belgilangan.
 
Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning
xalqaro ekologik ahamiyati 
 
Alohida ta’kidlash joizki, BMT Bosh Assambleyasining qarori bilan 
2005–2015-yillar “Suv – hayot uchun” Xalqaro harakati o‘n yilligi deb 
e’lon qilingan. Orol dengizi muammolarini hal etish bo‘yicha “Markaziy 
46
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Rasmiy nashr. –Toshkent,”Adolat”, 2014. 
47
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi. –Toshkent: Adolat, 2014. 
48
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Rasmiy nashr.–Toshkent: Adolat, 2014. 


183 
Osiyo davlatlarining o‘zaro sa’y-harakatlari to‘g‘risida”gi birinchi bitimi 
imzolanganining o‘n besh yillik davrida, balki 22-mart-Butunjahon suv 
resurslari kuniga yaqin qolganda, BMT e’lon qilgan Xalqaro Yer sayyorasi 
yilida mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni ekologik 
muhofaza qilish dolzarb muammo bo‘lib, dunyoviy ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
BMTning 48-, 50-sessiyalarida, Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari 
Almati deklaratsiyasida (1997-yil) qayd etib o‘tilganidek, Orol dengizi 
havzasidagi ekologik muammolar global xarakterga ega. “Orol inqirozi 
insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar halokatlardan biri 
bo‘lib, dengiz havzasida yashovchi 35 mln. kishi uning ta’siri ostida 
qolmoqda”
49
.
Mintaqa aholisi xavfsizligiga ko‘plab to‘g‘onlarning texnik holati, 
shuningdek, hozirga kelib 16,6 km
3
hajmda suv to‘planib qolgan Sarez 
ko‘li tabiiy to‘g‘onining holati ham tahdid soladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
2014-yil oktabrda bo‘lib o‘tgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat 
oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi 
xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida takidlaganidek, 
Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi keyingi ellik 
yil ichida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi 14 barobardan ko‘proq 
kamaydi, uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25 marta ortdi. Bu Orol 
dengizida ilgari bo‘lgan baliq va boshqa dengiz mavjudotlarining deyarli 
butkul yo‘q bolishiga olib keldi.
Yаqin-yaqinlargacha o‘zining ulkan bioxilmaxilligi bilan mashhur 
bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar turi 
keskin kamayib bormoqda, jumladan, sut emizuvchilarning 12, 
qushlarning 26 va o‘simliklarning 11 turi butkul yo‘q bo‘lish xavfi ostida 
turibdi. Orolning qurigan qismi o‘rnida hosil bo‘lgan 5,5 million gektardan 
ortiq maydondagi yangi Orolqum sahrosi tobora Orolbo‘yi mintaqasiga 
yoyilmoqda. Bu yerdan har yili atmosferaga qariyb 100 million tonna 
chang va zaharli tuzlar ko‘tarilib, qum bo‘ronlari va kuchli shamollar bilan 
mazkur hududdan ancha olis bo‘lgan mintaqalarga ham tarqalmoqda.
Ammo Orolbo‘yida ro‘y berayotgan fojia ko‘lamini, bu yerda 
yashayotgan millionlab odamlarning dardi va orzu-armonlarini quruq 
raqamlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va 
Turkmanistonning Orol fojiasining kuchli ta’siri ostida qolgan mintaqalari 
49
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari. –Toshkent: O’zbekiston, 1997. –B.118. 


184 
aholisi har kuni suv resurslari yetishmasligi, ichimlik suvi sifatining 
pasayishi va tuproq tarkibining buzilishi, iqlim o‘zgarishi, aholi, birinchi 
navbatda, bolalarning turli kasalliklarga chalinishi ko‘payib borayotgani 
bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarni boshdan 
kechirmoqda.”
50
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2015-yil 29-avgustdagi –№255-sonli “2015–2018-yillarda Orolbo’yi 
mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining 
oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar kompleks dasturi 
to’g’risida”gi
51
qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–
2021-yillarda yerosti suvlari zahiralaridan oqilona foydalanishni nazorat 
qilish va hisobga olish tartibga solish chora-tadbirlar to’g’risida”gi
52
qarorining qabul qilinganligi ham olamshumul ahamiyatga ega bo’lib, bu 
masalada tarixiy hujjat bo’ldi. 
Demak, Orol inqirozining atrof-muhit va u yerda yashayotgan 
millionlab aholi hayotiga halokatli ta’sirini, xususan, puxta o‘ylangan, aniq 
manzilli va tegishli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlangan 
loyihalarni amalga oshirish orqali kamaytirish bugungi kunning eng 
muhim vazifalaridan biridir.
Shuningdek, transchegara daryolaridan foydalanishning asosiy 
tamoyillarini belgilaydigan xalqaro huquqning eng muhim hujjatlariga, shu 
jumladan, “Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza 
qilish va foydalanish” (1992) hamda “Xalqaro suv oqimlaridan kema 
qatnovidan boshqacha turda foydalanish huquqi to‘g‘risida”gi (1997) 
konvensiyalarga muvofiq, hamda 2016-yilning 19-iyulida Tojikiston 
Tashqi ishlar vazirligiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
yo’llangan ochiq xatida ham suv oqimlaridagi barcha davlatlar “o‘zining 
tegishli hududlari chegarasida xalqaro suv oqimlaridan adolatli va oqilona 
tarzda foydalanishlari” nazarda tutiladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish