Тошкент давлат юридик университети


Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra tuproqning qimmatbaho



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet138/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra tuproqning qimmatbaho 
sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni 
esa juda og‘ir va uzoq muddatni talab etadi. Masalan, 10 santimetr 
qalinlikdagi tuproqning unumdorlik qatlamini tiklash uchun 
100 yilcha vaqt kerak.
 
Shundan kelib chiqib, qonunlarimiz tuproqning 
unumdorlik qatlamini muhofaza qilishga qaratilgan qat’iy talab va 
choralarni belgilaydi. 
Yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar yerga 
nisbatan xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishdan muhofaza etadi. Yerdan 
xo‘jasizlarcha foydalanish deganda, yuridik va jismoniy shaxslarning yerni 
yaxshilash, tuproqni shamol, suv ta’sirida yemirilishdan va tuproq holatini 
yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qilish majburiyatlarini 
bajarmaslik, hamda yer uchastkalari qanday maqsadlar uchun berilgan 
bo‘lsa 
o‘sha 
maqsadlarda 
foylanmaslik 
tushuniladi. 
Qonunda 
belgilanishicha, yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish 
yuzasidan samarali choralarni ko‘rishlari, tuproqni shamol va suv ta’sirida 
yemirilishdan saqlash yuzasidan tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnika, o‘rmon-
melioratsiya va gidrotexnika tadbirlarini amalga oshirishlari, yerlarning 
sho‘rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo‘l qo‘ymasliklari, begona 
o‘tlar bosishini oldini olishlari lozim. Yer qonunchiligini ushbu talablarini 
bajarmaslik yerdan xo‘jasizlarcha foydalanish hisoblanib, uni muhofaza 
rejimini buzish deb qaraladi.
Yerni huquqiy muhofaza qilish o‘z oldiga uni ishdan chiqarmaslik 
maqsadini qo‘yadi. Yerni buzishda, uni ishdan chiqarishda eroziyaning 
ta’siri kuchlidir. Eroziya deganda, unumdor tuproq qatlamining suv yoki 
shamol ta’sirida buzilishi tushuniladi. Tegishli davlat idoralari, yerdan 
foydalanuvchilar yerlarni melioratsiyalash va muhofaza qilishga, ihota 
daraxtlari o‘tkazishga, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlarni 
bajarmaslik yer muhofazasi talablarini buzish hisoblanadi.
Aytilganlardan tashqari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni sanoat 
chiqindilari, oqova suvlar bilan ifloslantirish, yerlarni talon-toroj 
qilinishidan himoya qilishlari lozimligi yer qonunchiligida ko‘rsatilgan.


154 
Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish deganda, yerdan oqilona 
foydalanish, uni qishloq xo‘jaligi oborotidan asossiz ravishda tortib 
olinishni oldini olish, zararli antropogen ta’sirdan himoya qilish, 
shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o‘rmon fondi 
yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy normalar 
yig‘indisi tushuniladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish