150
2. Amaldagi qonunchilikda ekologik huquqbuzarliklar uchun
huquqiy javobgarlik va jazoni qanday qo‘llanilishi qiyosiy ko‘rsatilgan.
Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda ekologik huquqbuzarliklar uchun
qanday javobgarlik turlari qo‘llaniladi va ularning xususiyatlari haqida
nimalarni bilasiz? Ushbu farq va uni xususiyatlarini xorijiy davlatlari
misolida tahlil qiling.
3. Toshkent shahri, Yunusobod tumanida joylashgan, “Hayvonot
bog‘i” ma’muriyatining qo‘riqlash xizmati xodimi F.
Asomovga ishga
kech kelganligi sababli tushuntirish xati olinib, unga hayfsan elon qildi.
Mazkur holatdan keyin ham qo‘riqlash xizmati xodimi F. Asomov yana
ishga doimiy mast holatda kechikib kelayotganligi kuzatildi. “Hayvonot
bog‘i” ma’muriyatining qo‘riqlash xizmati xodimi F. Asomovga ushbu
holatni ikkinchi marta sodir etayotganligi munosabati bilan uni
ogohlantirmasdan ishdan bo‘shatilganligi to‘g‘risidagi buyruqni e’lon
qildi. Ma’muriyat o‘z buyrug‘ida O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat
kodeksining 181-moddasini 2-bandiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining
o‘ttiz foizi miqdorida jarima solinganligini ham bildirdi. Qo‘riqlash
xizmati xodimi F. Asomov ma’muriyatning ushbu buyrug‘idan norizo
bo‘lib, sudga murojat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
4. Jizzax viloyati, Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish
qo‘mitasi xodimlari tomonidan Baxmal tumanda rejali yer nazorati
tadbirlari amalga oshirilayotgan vaqtda, tumandagi ”Vorisxon”, “Farhod-
Nur” va “Toshloq-Toy” fermer xo‘jaliklarining ayrim yer maydonlari
kimyoviy moddalar bilan ifloslanganligi hamda xo‘jalik
yerlaridan
xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni
olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari
sodir etilganligi aniqlandi. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Yer
nazorati organlari tuman hokimligiga ushbu
yer maydonlarida ekologiya
va sanitariya-gigiyena qoidalariga oid belgilangan talablarga javob
beradigan mahsulot olish mumkin emasligi munosabati bilan qishloq
xo‘jaligi oborotidan chiqarilishi va konservatsiya qilish lozimligi,
aybdor
shaxslarni javobgarlikka tortish xususida asoslantirilgan taqdimnoma
kiritdi.
Tuman hokimligi yer nazorati organlarining ushbu taqdimnomasini
e’tiborsiz qoldirdi. Yuqorida ko‘rsatilgan xo‘jaliklarning yer maydonlarida
151
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish davom etdi. Natijada sifatsiz
mahsulotlar olinib, bu holat ayrim e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: