Тошкент давлат юридик университети


Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining tizimi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining tizimi 
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmi tizimida 
rejalashtirish va moliyalashtirish
o‘ziga xos muhim o‘rin egallaydi. 
Xususan rejalashtirish, mazkur mexanizmning tarkibiy qismlaridan biri 
bo‘lib, u atrof tabiiy muhitning maqbul holatini ta’minlash, tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror 
rivojlanishning ekologik asoslarini joriy etish maqsadini ko‘zlaydi. 
Rejalashtirish atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni kompleks qamrab 
oluvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi faoliyatdir.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy-huquqiy 
mexanizmida rejalashtirish –
bu
 
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash 
chora-tadbirlarining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davlat 
dasturlari, konsepsiyalari, reja va loyihalari orqali amalga oshiriladigan 
faoliyat turi hisoblanib, iqtisodiy-huquqiy mexanizmning tarkibiy 
bo‘g‘inini tashkil etadi.
Rejalashtirishning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) 
uzoq muddatli (10 yillik muddatda har 5 yilda bir marotaba); 2) o‘rtacha 
muddatli (uch yildan besh yilgacha muddatda har yili bir marotaba); 3) 
qisqa muddatli (har yilda bir marotaba)
10
.
Rejalashtirish quyidagicha hujjatlarning iyerarxiyaviyligi tamoyili 
asosida amalga oshirilishi lozim: konsepsiya – prognoz – dasturlar. 
Konsepsiyalar dasturlarga nisbatan kengroq mazmunga ega bo‘lib, 
ularning amal qilish muddati aniq vaqt mezonlari bilan chegeralanmagan 
bo‘ladi
11
.
Bugungi kunga qadar mamlakatimizda quyidagi dasturlar amalga 
oshirilgan: 
10
Экологическое право: Учебник для вузов / Н.Д. Эриашвили, Ю.В. Трунцевский, В.В. Гучков и др.; Под ред. 
В.В. Гучкова. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, Закон и право, 2000. –150 с. 
11
Новикова Е.В. Об экологических платежах по контракту на проведение операций по недропользованию и 
стабильности положения инвестора // Экологическое право. №1. 2002. –39 с. 


125 
1.
1999-yil 20-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 469-son qarori bilan tasdiqlangan “1999–2005 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari 
Dasturi”.
2.
2003-yil 
1-yanvardagi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 16-son qarori bilan tasdiqlangan “2003–2005-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi” Dasturi.
3.
2006 yil 16 martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan “2006–
2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi” 
Dasturi.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-
sentabrdagi “2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-
muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi 212-son qarori bilan 
tasdiqlangan “2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-
muhitni muhofaza qilish ishlari” Dasturi. 
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-
oktyabrdagi “2011–-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy 
muhit davlat monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 292-son qarori 
bilan tasdiqlangan “2011–2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof 
tabiiy muhit davlat monitoringi” Dasturi.
Bugungi kunda esa, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, 
shu jumladan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish 
sohasida bir qator konsepsiya va davlat dasturlari amal qilmoqda. Ular 
sirasiga quyidagilar kiradi:
1.
1996-yil 
26-iyundagi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining №11/27-23-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 
Respublikasida tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslangan iqtisodiy va 
huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish” Konsepsiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-
maydagi 2013–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit 
muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida 142-son qarori bilan 
tasdiqlangan “2013–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit 
muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi”.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 
avgustdagi “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy 
muhit monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 273-son qarori bilan 
tasdiqlangan “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy 
muhit monitoringi dasturi”.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning rejalashtirish ishlarini 
samarali amalga oshirish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy 


126 
resurslardan 
oqilona 
foydalanishni 
moliyalashtirish 
ishlari 
bilan 
chambarchas bog‘liq, shu sababli 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish