Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy-huquqiy
mexanizmi quyidagi usullardan (mexanizm)
foydalanishni nazarda
tutadi: tabiiy resurslarni ijtimoiy-iqtisodiy baholash va hisobga olishni
huquqiy tartibga solish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
ekologik dastur va tadbirlarni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash,
rejalashtirish; tabiiy resurslardan kompleks foydalanish bo‘yicha
shartnoma tuzish va litsenziya berish; tabiiy resurslardan foydalanish
limitlarini belgilash; tabiiy resusrlardan haq evaziga foydalanish, bu esa
tabiiy resurslar uchun to‘lovni, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik hamda
ta’sir etishning boshqa ko‘rinishlari uchun haq to‘lashni o‘z ichiga oladi;
davlat va jamoat ekologik jamg‘armalarini tuzish; ekologik sug‘urtalash va
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Tabiatni
muhofaza
qilish
to‘g‘risida”gi
Qonuniga
muvofiq
tabiatni
muhofaza
qilishni
ta’minlashning iqtisodiy tartiboti quyidagilardan iborat:
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy
muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan, chiqindilarni joylashtirganlik) va
atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun
to‘lov undirish;
kamchiqimli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy
etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda
samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va
o‘zga imtiyozlar berish;
ekologiya nuqtayi nazaridan xavfli texnologiyalarni qo‘llaganlik
va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etish;
122
atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish,
oqizish yoxud ekologiya nuqtayi nazaridan zararli faoliyatni amalga
oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish;
tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklash;
tabiat obyektlarini buzish yoki yo‘q qilib yuborish oqibatida
yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirish;
tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-tadbirlar
bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarning normativ-
texnik va boshqa talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar yoki
boshqa xodimlarni asosiy ishlab chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar
bo‘yicha beriladigan pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlardan to‘liq
yoki qisman mahrum etish;
ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun rag‘batlantiruvchi
narxlar va ustama haqlar belgilash;
tabiiy
resurslardan
oqilona
foydalanmaslik,
me’yorda
belgilanganidan
ortiqcha
foydalanganlik
uchun
tabiatdan
foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda tabiiy
resurslardan oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy rag‘batlantirishni
qo‘llash;
tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot ishlab
chiqarishda hammadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan davlat,
kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, boshqa
korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning jamoalarini va ayrim
xodimlarini, shuningdek ayrim shaxslarni moddiy rag‘batlantirish.
Mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan
foydalanishda iqtisodiy usullarni bosqichma-bosqich tadbiq etish
tamoyilidan kelib chiqib, tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslangan
iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini tadbiq etishni uch bosqichda amalga
oshirish va 2010-yilda yakunlash ko‘zda tutilgan edi. Birinchi bosqichda,
O‘zbekistonda birinchi bor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1992-yil 29-iyundagi “Ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy
muhitga normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va chiqindilarni
joylashtirganlik uchun to‘lovlarni joriy qilish to‘g‘risida”gi 303-sonli
qarori (mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-noyabrdagi
140-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan) bilan 1992-yil 1-iyuldan
boshlab tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha
chiqarganlik (tashlaganlik) va chiqindilarni joylashtirganlik uchun
to‘lovlar joriy qilish belgilandi. Mazkur qarorga muvofiq, to‘lovlarni
123
undirib olish tartibi o‘rnatildi va tabiatni muhofaza qilishning byudjetdan
tashqari mahalliy va respublika jamg‘armalari tashkil etildi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi
246-sonli qarori bilan “Tabiatni muhafaza qilish jamg‘armalari
to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi, ularni shakllantirish manbalari va
foydalanish tartibi belgilandi.
Ikkinchi bosqichda atrof tabiiy muhitni to‘la ifloslantirilganlik uchun
to‘lovlar kiritish ko‘zda tutilgan edi. Tabiatdan foydalanishda iqtisodiy
mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi “O‘zbekiston
Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar
joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
199-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy
muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun 2003-yil
1-maydan boshlab kompensatsiya to‘lovlari joriy etildi.
Uchinchi bosqichda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks
foydalanilmaganlik uchun to‘lovlar tizimini joriy etish va tabiatdan
maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar olish mexanizmini yanada
takomillashtirish ko‘zda tutilgan
9
. Ushbu bosqichlar Tabiatni muhofaza
qilish, Davlat statistika qo‘mitalari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan
va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan “O‘zbekiston
Respublikasida tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslangan iqtisodiy va
huquqiy mexanizmlarini joriy qilish” konsepsiyasi orqali amalga oshirish
belgilangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
ma’qullangan tabiatdan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish Dasturi
va “O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan foydalanishning ilmiy
asoslangan
iqtisodiy
va
huquqiy
mexanizmlarini
joriy
qilish”
konsepsiyasiga binoan atrof tabiiy muhit to‘la ifloslanganligi, ya’ni
umumiy
chiqindilar,
ifloslantiruvchi
moddalarni
tabiat
muhitiga
chiqarilgani va chiqindilarni joylashtirilgani uchun to‘lovlarni bosqichma-
bosqich kiritish amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu bosqichda
O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni
bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash, tabiatdan foydalanishni
boshqarishning iqtisodiy usullarini yanada takomillashtirish, shuningdek,
ekologiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha kompleks yondashuvni
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan
2006-yil
6-fevralda
№15 sonli “Tabiatdan maxsus
9
O’zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishning holati to’g’risida
Milliy ma’ruza (2002-2004 yillar). – T.: Chinor ENK, 2006. –103 b.
124
foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror
qabul qilindi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmi maqsad va
yo‘nalishlari turli-tuman bo‘lib, ular muayyan vaziyatda va aniq sharoitda
(masalan, rivojlanayotgan davlatning ma’lum muddatdan so‘ng
rivojlangan davlatlar safiga kirishi va h. k. ) o‘zgarishi hamda boyishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |