Oldingi tahrirga qarang. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son) 11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda Davlat inspeksiyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang. 12. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang. a) Pedagog xodimlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son) b) nodavlat ta’lim tashkilotlari hamda o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan davlat ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun quyidagi miqdorlarda yig‘im undiriladi:
Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari;
(12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) Oldingi tahrirga qarang. o‘rta maxsus va professional ta’lim bo‘yicha tegishliligiga ko‘ra attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ta’lim yo‘nalishi va kasb uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. oliy ta’lim bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravari;
(12-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) Oldingi tahrirga qarang. oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ixtisoslik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari miqdorida;
(12-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son) Oldingi tahrirga qarang. malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladigan har bir kurs uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari.
(12-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi:
tugatilayotgan Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasining moddiy-texnika resurslarini va taalluqliligi bo‘yicha shakllangan hujjatlarini belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasiga o‘tkazsin;
2017-yilda Davlat inspeksiyasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Davlat test markazining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Davlat inspeksiyasiga zarur mablag‘lar ajratsin;
Davlat inspeksiyasiga tizimli ravishda o‘zida mavjud nazorat materiallari bankidan foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Oldingi tahrirga qarang. 14. Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga asosan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 3 nafar (oylik ish haqi dekan lavozimiga tenglashtirilgan bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar bosh mutaxassis) xodimdan iborat ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etilsin. Bo‘limga oliy ta’lim muassasasi talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish hamda oliy ta’lim muassasasini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oliy ta’lim muassasasi rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish vazifasi yuklansin
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son) 15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ushbu qarorda nazarda tutilgan xarajatlar uchun zarur budjet mablag‘larini 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratsin, 2018-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ushbu sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida nazarda tutsin;
ushbu qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang. Davlat inspeksiyasiga 6 ta, shu jumladan, 4 ta biriktirilgan va 2 ta navbatchi avtotransport vositasiga limit ajratsin;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son) Davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun ikki oy muddatda mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.