2-bob. Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari 8. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang. idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son) Oldingi tahrirga qarang. o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar berish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son) Oldingi tahrirga qarang. xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishni tashkil etish;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/620/3482-son) respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang. ta’lim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e’lon qilish;
o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini ta’minlash;
dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta’lim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son) 9. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: Oldingi tahrirga qarang. o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va malaka talablariga muvofiqligini tizimli ravishda tahlil qilish;
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish jadvallarini tuzish va tasdiqlash;
ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining pedagog kadrlarga mos ravishda lavozim va malaka toifalarini berishni tashkil qilish va o‘tkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalari berishni tashkil etish;
lavozim va malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi malaka toifalariga oid sertifikatlar berish;
pedagog kadrlarning nazorat sinovlari natijasi bo‘yicha lavozim va malaka toifalariga oid sertifikatlar berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish;
Oldingi tahrirga qarang. kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda ish beruvchilarning ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash sifati bo‘yicha takliflari asosida mutaxassislik malaka talablarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(9-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son) Oldingi tahrirga qarang. davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va malaka talablarini, shuningdek ular asosida ta’limning barcha turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish;
(9-band “a” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiya hamda kadrlar tayyorlash sifati monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;
(9-bandning “a” kichik bandi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son) uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan fan olimpiadalari, bellashuvlar va turli ko‘rik-tanlovlarni xolis va adolatli o‘tkazilishini nazorat qilish, natijalarini tahlil etish;
ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.