e) respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish sohasida: respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib olish;
respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
pedagog kadrlar ta’minoti, moddiy-texnik baza, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa texnik vositalarni ta’lim dasturini amalga oshirish uchun yetarliligi yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang. j) ta’lim sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish sohasida: (9-band “j” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) apostil qo‘yish uchun murojaatlar va tegishli hujjatlarni qabul qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish;
apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish;
apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqida ariza beruvchiga ma’lumot berish.
Oldingi tahrirga qarang. z) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e’lon qilish sohasida: ta’lim muassasalari reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish;
tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni to‘plash maqsadida ishchi guruhlar va komissiyalar tuzish;
ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari asosida ta’lim muassasalarining reytingini hisoblab chiqish;
ta’lim muassasalari reytingiga oid ma’lumotlar asosida ta’lim muassasalari faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida keng jamoatchilikni doimiy xabardor qilib borish;
ta’lim muassasalarining reytingi natijalarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va Davlat inspeksiyasining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirish;
ta’lim muassasalari reytingi natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash va chop etish.