4-bob. Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish 14. Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari bo‘ladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat inspeksiyasi boshlig‘i maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, o‘rinbosar esa — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son) Davlat inspeksiyasining bosh boshqarma boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlari, shu jumladan Hududiy bo‘limlar xodimlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Davlat inspeksiyasi boshlig‘i:
Davlat inspeksiyasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi va Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
Davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Davlat inspeksiyasining tarkibiy bo‘linmalari va Hududiy bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Davlat inspeksiyasi faoliyatining joriy va istiqbol rejalarini tuzilishini tashkil etadi;
Davlat inspeksiyasi xodimlarini rag‘batlantiradi hamda ularni davlat mukofotlari, faxriy unvonlar, faxriy yorliqlar berilishiga tavsiya etadi;
Davlat inspeksiyasi xodimlarini zarur hollarda intizomiy javobgarlikka tortadi.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. 16. Davlat inspeksiyasida Davlat inspeksiyasi boshlig‘i, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari, bosh boshqarma boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va yuqori malakali xodimlardan iborat tarkibda ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi. Ilmiy-metodik kengash a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat inspeksiyasi boshlig‘i buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son) 17. Ilmiy-metodik kengash mazkur Nizomga muvofiq Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga oid ilmiy, metodik va normativ-huquqiy hujjatlarga oid masalalarni ko‘rib chiqadi.
Ilmiy-metodik kengash qarorlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.