Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
16.7. Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining 
ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish 
to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini 
uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar 
 
Shaxsni 
sil 
kasalligiga 
karshi 
kurash 
muassasasining 
ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  yoki  uning 
ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda 
ko‘rish tartibi FPKning 33-bobi 320-323-moddalarida o‘z ifodasini topgan. 
Unga  ko‘ra,  sil  kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil 
kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga 
g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  to‘g‘risidagi  yoki  uning  ushbu 
muassasada  yotishi  muddatini  uzaytirish  haqidagi  ariza  sudga  mazkur 
shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash 
(turgan)  joyidagi  sil  kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasi  tomonidan 
beriladi.  Sil  kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil 
kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga 
gayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada 
yotishi  muddatini  uzaytirish  haqidagi  ariza  mazkur    shaxs  dispanser 
hisobida  turgan  yoxud  davolanayotgan  sil  kasalligiga  qarshi  kurash 
muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan)  joyidagi sudda 
ko‘rib chiqiladi (FPKning 320-moddasi). 
Sil  kasalligining 
yukumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil 


 
 
202 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga 
gayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  to‘g‘risidagi  ariza  ushbu  muassasa  tibbiy 
komissiyasining  tibbiy  tekshiruvdan  va  (yoki)  davolanishdan  bo‘yin 
tovlayotgan  mazkur  shaxsni  gayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  zarurligi 
haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. 
Xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi.  
Sil  kasalligining  yukumli  shakliga  chalingan  shaxsning  sil 
kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limida 
gayriixtiyoriy  tartibda  yotishi  muddatini  uzaytirish  to‘g‘risidagi  ariza 
ushbu  muassasa  tibbiy  komissiyasining  shaxsning  davolanishda  bo‘lgan 
muassasada  yotishi  muddatini  uzaytirish  zarurligi  haqidagi  xulosasi 
asosida  beriladi.  Xulosada  davolash  o‘tkaziladigan  muddat  ko‘rsatiladi 
(FPKning 321-moddasi). 
Shaxsni 
sil 
kasalligiga 
karshi 
kurash 
muassasasining 
ixtisoslashtirilgan 
bo‘limiga 
gayriixtiyoriy 
tartibda 
yotqizish 
to‘g‘risidagi  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi  muddatini  uzaytirish 
haqidagi  ish  sil  kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  sil 
kasalligiga  karshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga 
gayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  to‘g‘risida  yoki  uning  ushbu  muassasada 
yotishi  muddatini  uzaytirish  haqida  ariza  berilgan  kundan  e’tiboran  uch 
kunlik  muddatda  sud  tomonidan  mazkur  shaxs  dispanser  hisobida  turgan 
yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili 
–  tibbiy  komissiyasi  a’zosi,  sil  kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan 
shaxsning  vakili,  shuningdek  prokuror  ishtirokida  ko‘rib  chiqiladi.  Sil 
kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan 
shaxs,  agar  uning  sog‘lig‘i  holati  imkon  bersa,  sud  majlisiga  chaqirilishi 
mumkin.  
Sil  kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasi  vakilining  –  tibbiy 
komissiyasi a’zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs 
vakilining  sud  majlisiga  uzrsiz  sababga  ko‘ra  kelmaganligi  ishni  ko‘rib 
chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb 
topishi mumkin (FPKning 322-moddasi). 
Sudning  arizani  qanoatlantirish  to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qarori  sil 
kasalligining  yuqumli  shakliga  chalingan  shaxsni  tegishincha  sil 
kasalligiga  qarshi  kurash  muassasasining  ixtisoslashtirilgan  bo‘limiga 
g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi 
muddatini uzaytirish uchun asos bo‘ladi (FPKning 323-moddasi). 
 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish