Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.6. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga 
yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini 
uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar 
 
Shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  psixiatriya  statsionariga  yotqizish 
bilan  bog‘liq  huquqiy  munosabatlar  tibbiy  yordam  ko‘rsatishning  bir  turi 
hisoblanadi.  Bu  huquqiy  munosabatlar  subyektlar  o‘rtasida  ixtiyoriy  va 
majburan  davolanish  jarayonida  vujudga  kelib,  inson  sog‘lig‘ini 
yaxshilashga  qaratilgan  va  ko‘rsatilayotgan  tibbiy  xizmat  bir  xil  usul  va 
vositalar  asosida  amalga  oshiriladi.  Shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda 
psixiatriya  statsionariga  yotqizish  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi 
muddatini  uzaytirish  to‘g‘risidagi  ishlarni  sud  tartibida  ko‘rilishi  turli  xil 
huquqbuzarliklarni oldini oladi.  
Shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  psixiatriya  statsionariga  yotqizish 
yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi  muddatini  uzaytirish  to‘g‘risidagi 
ishlarni 
sudda 
ko‘rish 
tartibi 
va 
xususiyatlari 
O‘zbekiston 
Respublikasining FPKning 32-bobida belgilangan. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy 
tartibda  psixiatriya  statsionariga  yotqizish  to‘g‘risidagi  ishlarni  sudda 
ko‘rishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlari mavjud.  
Shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  psixiatriya  statsionariga  yotqizish 
to‘g‘risidagi  yoki  uning  statsionarda  yotishi  muddatini  uzaytirish 
to‘g‘risidagi  ariza  sudga  shaxs  yotgan  psixiatriya  muassasasi  tomonidan 
beriladi.  Mazkur  ariza  fuqarolik  ishlarining  sudlovlilik  qoidalaridan  kelib 
chiqib,  psixiatriya  muassasasi  joylashgan  yerdagi  sudga  beriladi.  Ariza 
FPKning 189-moddasi talablaridan kelib chiqib, rasmiylashtiriladi va unda 
g‘ayriixtiyoriy  tartibda  psixiatriya  statsionariga  yotqizish  uchun  qonunda 
nazarda  tutilgan  asoslar  hamda  shifokor  psixiatrlardan  iborat 
komissiyaning  shaxsning  psixiatriya  statsionarida  bundan  keyin  bo‘lishi 
zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi arizaga ilova qilinadi.  
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish 
uchun  zarur  bo‘lgan  muddatda  shaxsning  psixiatriya  statsionarida  bo‘lib 
turishi masalasini hal etadi. 
Mazkur  ishlarni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  vaqtida  sud  FPKning 
201,  204-moddalarida  ko‘rsatilgan  protsessual  harakatlarni  amalga 
oshirishi  lozim.  Xususan,  huquqiy  munosabatni  tartibga  solib  turuvchi 
qonunni, ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashi kerak. Mazkur 
ishlar  sudda  FPKning  318-moddasiga  muvofiq  shaxsni  psixiatriya 
statsionariga  yotqizish  to‘g‘risidagi  yoki  uning  statsionarda  yotishi 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
muddatini  uzaytirish  haqidagi  ish  sud  tomonidan  statsionarga 
yotqizilayotgan  shaxsning  qonuniy  vakili  va  statsionarga  yotqizishning 
asosliligi to‘g‘risida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, 
prokuror,  shuningdek  shaxs  yotgan  psixiatriya  muassasasi  vakili 
ishtirokida  o‘n  kunlik  muddat  ichida  ko‘rib  chiqiladi.  Sud  majlisiga 
psixiatriya  muassasasi  vakilining  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmaganligi 
arizani ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart 
deb topishi mumkin. 
Mazkur toifadagi ishlarda prokuror ishtiroki majburiydir. 
Ushbu  ishlar  sudda  ko‘rib  chiqilganidan  so‘ng  hal  qiluv  qarori 
chiqaradi.  Sudning  arizani  qanoatlantirish  to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qarori 
shaxsni  psixiatriya  statsionariga  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  yotqizish  yoki 
uning  statsionarda  yotishi  muddatini  uzaytirish  uchun  asos  bo‘lib 
hisoblanadi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish