Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.10. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, 
ular bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi  
ishlar 
Alohida  tartibda  ko‘riladigan  ishlarning  bir  turi  sifatida  taqdim 
etuvchiga  deb  berilgan  hujjatlar  yo‘qolgan  taqdirda,  ular  bo‘yicha 
huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi ishlar o‘zining sudda ko‘rib chiqilishidagi 
xususiyatlari bilan boshqa ishlardan ajralib turadi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  331-moddasiga  ko‘ra,  shaxs  pul 
mablag‘lari 
qo‘yilganligi 
haqida 
yoki 
qimmatli 
narsalar 
yoxud  davlat  zayomi  obligatsiyalari  saqlash  uchun  topshirilganligi 
to‘g‘risida  bank  tomonidan  taqdim  etuvchiga  berilgan  qiymatli  hujjatni 
yo‘qotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, 
suddan  yo‘qolgan  hujjatni  haqiqiy  emas  deb  topish  va  yo‘qolgan  hujjat 
bo‘yicha huquqlarini tiklash to‘g‘risida iltimos qilishi mumkin. 
Mazkur ishlar bo‘yicha arizalar taqdim etuvchiga deb hujjat bepgan 
muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi. Ushbu ariza ham FPKning 
189-moddasida  ko‘rsatilgan  umumiy  talablarga  javob  berishi,  undan 
tashqari  FPKning  331-moddasida  belgilangan  ma’lumotlar,  ya’ni  hujjat 
qanday  vaziyatda  yo‘qolganligi,  taqdim  etuvchiga  deb  hujjat  bergan 
muassasaning,  hujjatning  nomi  ko‘rsatilgan  bo‘lishi,  hujjatning  alohida 
belgilari  va  yo‘qolgan  hujjatni  haqiqiy  emas  deb  topish  to‘g‘risidagi 
iltimos bayon qilinishi kerak. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Taqdim  etuvchiga  deb  berilgan 
hujjatlar  yo‘qolgan  taqdirda  ularga  bo‘lgan  huquqlarni  tiklash  haqidagi  arizalarning  sudlar 
tomonidan  ko‘rilishi  to‘g‘risida”gi  qarorining  5-bandida  ko‘rsatilishicha,  FPKning  331-
moddasida ko‘rsatilgan yo‘qotilgan hujjatning alohida belgilari deb – hisob soni, nazorat varaqasi 
(talon)ning  soni,  omonat  qo‘yilgan  kun,  omonat  bo‘yicha  operatsiya  amalga  oshirilgan  kuni, 
omonatning  miqdori  yoki  qolgan  qismi,  obligatsiya  raqamlari,  saqlash  uchun  topshirilgan 
qimmatliklarning tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi. 
Taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  hujjatlar  yo‘qolgan  taqdirda  ularga 
bo‘lgan  huquqlarni  tiklash  haqidagi  ariza  sud  tomonidan  qabul 
qilinganidan  keyin,  sudya  FPKning  332-moddasida  nazarda  tutilgan 
quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshirish haqida ajrim chiqaradi: 
                                                            
23
  Жамолов  Б.,  Алиқулов  Б.  Фуқаролик  ишларини  судда  кўришга  тайёрлаш.  –Тошкент,  Ўзбекистон 
Республикаси Олий суди. 2005. -140 б. 


 
 
206 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
1) ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida e’lon 
chiqarish to‘g‘risida; 
2)  taqdim  etuvchiga  deb  hujjat  bergan  muassasaning  yo‘qolgan 
hujjat  bo‘yicha  to‘lovlarni  amalga  oshirishini  va  pul  berishini  ish  sudda 
ko‘rilguniga qadar taqiqlash haqida ajrim chiqaradi. 
Sud  ajrimining  ko‘chirma  nusxasi  hujjatni  bergan  muassasaga 
yuboriladi.  Ajrim  chiqarish  rad  etilganligi  ustidan  xususiy  shikoyat 
berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. 
Shuni  ta’kidlash  joizki,  matbuotda  chiqariladigan  e’lonning  maz-
munida  FPKning  333-moddasida  nazarda  tutilgan  qoidalar  o‘z  aksini 
topishi kerak. Ular quyidagilar:  
1) 
hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza tushgan sudning nomi; 
2) 
arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 
3) 
hujjatning nomi va farqlovchi belgilari; 
4) 
yo‘qolganligi  to‘g‘risida  ariza  berilgan  hujjatni  saqlovchiga 
ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon  chiqqan  kundan  e’tiboran  uch  oy 
muddat  ichida  o‘zining  mazkur  hujjatga  bo‘lgan  huquqlari  haqida  sudga 
arz qilishi to‘g‘risidagi taklif.
 
Mazkur  e’lon  chiqqan  kundan  e’tiboran  uch  oy  muddat  o‘tguniga 
qadap hujjatni saqlovchi, ya’ni hujjatni topib olgan shaxs ajpim chiqapgan 
sudga o‘zining hujjatga bo‘lgan huquqlapi to‘g‘pisida apiza bepishi va shu 
bilan  birga  hujjatning  asl  nusxasini  taqdim  etishi  shart.  Hujjat 
yo‘qolganligi to‘g‘risida e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddat 
o‘tguniga qadar sudga hujjatni saqlov-chidan ariza tushgan taqdirda, sudya 
ajrim  chiqarib,  unda  hujjati  yo‘qolganligi  haqida  ariza  bergan  shaxsga 
hujjatni  olib  qo‘yish  to‘g‘risida  hujjatni  saqlovchiga  nisbatan  umumiy 
tartibda  da’vo  takdim  etish  uchun  muddat  beradi  va  bu  haqda  hujjatni 
saqlovchini  xabardor  qiladi.  Bu  muddat  ikki  oydan  oshmasligi  kerak 
(FPKning 335-moddasi). 
Agap e’londa ko‘psatilgan muddat ichida hujjatni saqlovchidan apiza 
tushmasa,  sud  ishni  ko‘pishga  tayinlaydi  va  ish  ko‘piladigan  kun 
to‘g‘pisida  apizachi  ham,  hujjatni  bepgan  muassasa  ham  xabapdop 
qilinadi. Biroq, ulapning kelmasligi ishni ko‘pishga to‘sqinlik qilmaydi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish