Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari va



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

17.2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari va 
uning o‘ziga xos jihatlari 
 
 Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar jumlasiga: 
1)  hakamlik  sudlarining  hal  qiluv  qarorlarini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi; 
2)  hakamlik  sudlarining  hal  kiluv  qarorlarini  majburiy  ijro  etish 
uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar kiradi.  
Sudlar FPKning 346-moddasida sanab o‘tilgan ishlarni FPKning 38-
40-boblarida  ko‘rsatilgan  istisno  va  qo‘shimchalar  bilan  birga  fuqarolik 
sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi. 
Hakamlik  muhokamasi  tarafi  hakamlik  sudining  fuqarolik  ishlari 
bo‘yicha  sudga  taalluqli  nizoga  doir  hal  qiluv  qarori  yuzasidan  ushbu 
qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha 
sudga  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risida  ariza 
berish  yo‘li  bilan  nizolashishi  mumkin.  Hakamlik  sudining  fuqarolik 
ishlari  bo‘yicha  sudga  taalluqli  nizoga  doir  hal  qiluv  qarori  yuzasidan 
huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul 
qilgan,  ishda  ishtirok  etishga  jalb  qilinmagan  shaxslar  ham  nizolashishi 
mumkin.  Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 
ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik 
ishlari bo‘yicha sudga beriladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor 
qilish to‘g‘risida ariza berilganligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi 
yuzasidan  ish  yuritishni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  tomonidan  nizo 
bo‘yicha  ish  yuritish  tugallanguniga  qadar  to‘xtatib  turadi  (FPKning          
349-moddasi). 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ariza 
yozma  shaklda,  shu  jumladan  elektron  hujjat  tarzida  beriladi  va  hal  qiluv 
qarori  yuzasidan  nizolashayotgan  hakamlik  muhokamasi  tarafi  yoki  uning 
vakili tomonidan imzolanadi.  
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizada  quyidagilar  ko‘rsatilgan 
bo‘lishi kerak: 
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi; 
                                                            
24
 Мамасиддиқов М.М., Рўзиназаров Ш.Н., Масадиков Ш. Ҳакамлик муҳокамаси ҳақида нималар билиш керак? 
Амалий қўлланма. -Тошкент: infoCOM.UZ МЧЖ нашриёти. 2010. - 146 б. 


 
 
212 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
2)  nizolashilayotgan  hal  qiluv  qarorini  qabul  qilgan  hakamlik  sudining  nomi  va  tarkibi,  uning 
joylashgan yeri; 
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki 
turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning 
familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; 
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 
5)  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  murojaat  etgan 
hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana; 
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini  bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror  qanday 
asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi. 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizada  telefonlar,  fakslar 
raqamlari,  elektron  pochta  manzillari  va  boshqa  ma’lumotlar  ko‘rsatilishi  mumkin  (FPKning  350-
moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish