Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
16.2. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni  
sud tartibida belgilash 
 
Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  belgilash  haqidagi  ishlar 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
bo‘yicha  qonuniy,  asosli  va  adolatli  hal  qiluv  qarorlarini  chiqarish 
fuqarolar hamda tashkilotlarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi. 
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni sud tartibida belgilashning 
o‘zi  bir  necha  turlarga  bo‘linadi.  Fuqarolik  protsessual  qonunchiligida 
fuqapolap  yoki  tashkilotlapning  shaxsiy,  mulkiy  huquqlapi  vujudga 
kelishi, o‘zgapishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan quyidagi faktlapni sud 
tartibida belgilash ko‘rsatilgan: 
1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari; 
2) shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi; 
3)  otalikni  tan  olish  (belgilash),  bolaning  u  yoki  bu  onadan 
tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti; 
4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o‘limni qayd 
etilganligi; 
5)  er-xotindan  biri  vafot  etganligi  oqibatida  fuqarolik  holati 
dalolatnomalarini  qayd  etish  organlarida  nikohni  ro‘yxatdan  o‘tkazish 
mumkin bo‘lmay  qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda 
nikoh munosabatlarida bo‘lganligi; 
6) 
shaxsning 
huquqini 
belgilovchi 
hujjatlarda 
(jamoat 
birlashmalariga  a’zolik  biletlari,  harbiy  hujjatlar,  pasportlar,  fuqarolik 
holati  dalolatnomalarini  qayd  etish  organlari  beradigan  guvohnomalar 
bundan  mustasno)  ko‘rsatilgan  familiyasi,  ismi  yoki  otasining  ismi  uning 
pasportidagi  yoki  tug‘ilganlik  to‘g‘risidagi  guvohnomasidagi  familiyasi, 
ismi  yoki  otasining  ismi  bilan  mos  kelmagan  taqdirda,  mazkur 
hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi; 
7) baxtsiz hodisa; 
8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish; 
9)  merosni  qabul  qilish  va  merosning  ochilish  joyi  faktlarini 
aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi (FPKning 462-moddasi). 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlar 
ro‘yxati  qat’iy  emasligiga  sudlar  alohida  e’tibor  berishi  lozim.  Chunki, 
boshqa  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlar  ham  sudga  taalluqli 
ekanligi  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining 
“Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  belgilash  haqidagi  ishlar 
bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarorida  tushuntirishlar  berib 
o‘tilgan. Unga ko‘ra, quyidagi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar ham 
sud tartibida belgilanadi:  
-  otalik  faktlarini,  otalikni  qayd  qilish  faktlarini,  1968-yil  
1-oktabrgacha  tug‘ilgan  bolalarga  nisbatan  otalikni  tan  olganlik 


 
 
186 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
(belgilaganlik) faktlarini;  
-  ixtironi  joriy  etish  faktlarini,  taklifni  ratsionalizatorlik  sifatida 
tavsiflanganlik faktlarini; 
-  binoga,  payga,  avtomobilga  va  boshqa  maxsus  ro‘yxatdan 
o‘tkaziladigan mulkka egalik qilish faktlarini; 
- nikohdan ajralishmasdan, lekin oilaviy munosabatlar tugatilganidan 
so‘ng  imoratni  er-xotindan  birining  mablag‘lariga  qurilganlik  faktlarini, 
sug‘urta guvohnomasining qarashliligi faktlarini; 
-  fuqaroni  yoki  uning  ota-onasini  Ikkinchi  Jahon  urushi  davrida 
evakuatsiya qilinganlik faktlarini ham belgilashga haqlidirlar. 
Shu  o‘rinda  aytish  joizki,  amaldagi  qonunlarda  belgilashning 
boshqacha (sudsiz) tartibi nazarda tutilgan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi 
arizalar  sud  tartibida  ko‘rilishi  mumkin  emas.  Jumladan,  mehnat  stajini 
(pensiya tayinlash uchun, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik 
va bola tug‘ilishi munosabati bilan nafaqa tayinlash uchun, ish haqiga foiz 
qo‘shimchalarni qo‘shib hisoblash uchun, uzoq yillar qilgan xizmati uchun 
bir  yo‘la  mukofot  puli  to‘lash  uchun  va  h.k.),  fuqarolarning  yoshini 
belgilash  to‘g‘risidagi,  haqiqiy  harbiy  xizmatni  o‘taganlik,  partizan 
otryadida  bo‘lganlik,  janglarda  yaralanganlik,  oliy  o‘quv  yurtini,  kollej, 
o‘rta  maktabni  va  boshqa  o‘quv  yurtlarini  bitirganlik  faktlarini  belgilash 
to‘g‘risidagi, partiya, kasaba uyushmalari hujjatlarini, pasport va fuqarolik 
holati  dalolatnomalarini  yozish  organlari  tomonidan  beriladigan 
guvohnomalarni tegishliligi faktlarini belgilash to‘g‘risidagi arizalar sudda 
ko‘rilmaydi. 
Darhaqiqat,  mazkur  turkumdagi  ishlar  bo‘yicha  arizalar  arizachi 
yashab turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi. Arizaning 
mazmuni va protsessual rasmiylashtirilish tartibi FPKning 189-moddasiga 
rioya qilingan holda tuziladi. Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga 
qanday  maqsadlar  uchun  zarur  ekanligi  ko‘rsatilishi,  shuningdek 
arizachining  tegishli  hujjatlarni  olish  imkoniyatiga  ega  emasligini  yoxud 
yo‘qolgan  hujjatlarni  tiklab  bo‘lmasligini  tasdiqlovchi  dalillar  keltirilishi 
kerak (FPKning 296-moddasi). Ushbu turkumdagi arizalar uchun eng kam 
ish haqining 10 foizi miqdorda davlat boji to‘lanadi.  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish