Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
16.3. Bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar 
 
Mamlakatimizda  ota-ona  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalarga 
ko‘maklashish,  ularni  joylashtirish  va  turmushini  yo‘lga  qo‘yishda, 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
shuningdek  farzandsiz  oilalar  uchun  farzandlikka  olish  instituti  muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki farzandlikka olish natijasida bolaning hamda 
uni farzandlikka oluvchilarning manfaatlarini uyg‘unligi va hamohangligi 
yuz beradi. O‘z navbatida, ushbu jarayonda ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish,  ushbu  jarayonlarda  qonuniylikni  ta’minlashga  ham  alohida  e’tibor 
berish  talab  etiladi.  Bu  esa  farzandlikka  olishning  ma’muriy  tartib-
taomillari o‘rniga qonunchilikda belgilangan protsessual tartib asosida sud 
tomonidan  amalga  oshirilishining  belgilanishiga  olib  keldi.  Darhaqiqat, 
bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarning sud tomonidan ko‘rilishi 
va hal etilishi, ushbu jarayonlarda sud nazoratining ta’minlanishi ijtimoiy 
himoyaga  muhtoj,  ota-ona  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalarning 
huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilishdagi  muhim  qadamlardan 
biri bo‘ldi.  
Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ariza  bolani  farzandlikka  olishni 
istagan  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  tomonidan  farzandlikka 
olinayotgan  bolaning  yashash  (turgan)  joyidagi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
tumanlararo,  tuman  (shahar)  sudiga  beriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarosi  bo‘lgan  bolani  farzandlikka  olishni  istovchi  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududidan  tashqarida  doimiy  yashayotgan  O‘zbekiston 
Respublikasi  fuqarolari,  chet  el  fuqarolari  yoki  fuqaroligi  bo‘lmagan 
shaxslar  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizani  farzandlikka  olinayotgan 
bolaning  yashash  (turgan)  joyidagi  tegishincha  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudiga,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi (FPKning 298-moddasi). 
Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizada  quyidagilar  ko‘rsatilgan 
bo‘lishi kerak: 
 farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  familiyasi,  ismi, 
otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi; 
 farzandlikka  olinayotgan  bolaning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi 
va  tugilgan  sanasi,  uning  yashash  (turgan)  joyi,  farzandlikka  olinayotgan 
bolaning  ota-onasi  to‘g‘risidagi,  aka-uka  va  opa-singillari  borligi  yoki 
yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar; 
 farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  farzandlikka  olish 
to‘g‘risidagi  iltimosini  asoslovchi  holatlar  va  mazkur  holatlarni 
tasdiqlovchi dalillar; 
 farzandlikka 
oluvchilar 
(oluvchi) 
bolaning 
tug‘ilganlik 
to‘g‘risidagi  dalolatnoma  yozuviga  tegishli  o‘zgartirishlar  kiri-tishni 


 
 
188 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
istagan  taqdirda  –  farzandlikka  olinayotgan  bolaning familiyasini,  ismini, 
otasining  ismini,  tug‘ilgan  sanasini  (ko‘pi  bilan  bir  yilga),  farzandlikka 
olinayotgan  bolaning  tug‘ilgan  joyini  (agar  bola  o‘n  yoshdan  oshmagan 
bo‘lsa)  o‘zgartirish  haqidagi,  bolaning  tug‘ilganlik  to‘g‘risidagi 
dalolatnoma  yozuviga  farzand-likka  oluvchilarni  (oluvchini)  ota-ona  (ota 
yoki ona)sifatida qayd etish haqidagi iltimos. 
Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ariza  farzandlikka  oluvchilar 
(oluvchi) tomonidan imzolanadi (FPKning 299-moddasi). 
Bu  jarayonda  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizaga  ilova 
qilinadigan hujjatlar ham muhim ahamiyatga ega. Bularga:  
  nikohda  turgan  shaxslar  (shaxs)  tomonidan  farzandlikka 
olinganda  –  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  nikoh  tuzilganligi 
to‘g‘risidagi guvohnomasining ko‘chirma nusxasi; 
  er-xotindan 
biri  tomonidan  farzandlikka  olinganda  – 
boshqasining  roziligi.  Agar  er-xotin  oilaviy  munosabatlarni  tugatgan,  bir 
yildan  ortiq  birga  yashamayotgan  bo‘lsa  va  erning  (xotinning)  yashash 
(turgan)  joyi  noma’lum  bo‘lsa,  shuningdek  bu  holatlarni  tasdiqlovchi 
hujjatlar  mavjud  bo‘lsa,  farzandlikka  olishda  uning  roziligi  talab 
qilinmaydi; 
  nikohda  turmagan  shaxs  tomonidan  farzandlikka  olinganda  – 
farzandlikka oluvchi pasportining ko‘chirma nusxasi va nikohda turmasligi 
haqidagi ma’lumotnoma; 
  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  sog‘lig‘i  holati 
to‘g‘risidagi  tibbiy  xulosa  (psixiatriya,  sil  kasalligiga  karshi  kurash  va 
narkologiya  muassasalaridan,  shuningdek  OITSga  karshi  kurash 
markazidan ma’lumotnomalar); 
  fuqaro 
farzandlikka  olishga  nomzod  sifatida  hisobga 
qo‘yilganligi  to‘g‘risidagi  hujjat,  bundan  Oila  kodeksi  154-modda-sining 
ikkinchi – beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno; 
  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  ish  joyidan  egallab 
turgan  lavozimi  va  ish  haqi  to‘g‘risidagi  ma’lumotnoma  yoki  boshqa 
daromad manbalari haqidagi ma’lumotnoma; 
  turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish 
huquqini tasdiqlovchi hujjat. 
Sudda  ushbu  toifadagi  ishlarning  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida  ko‘rilishi 
hamda hal etilishini ta’minlash hamda bu haqdagi ariza-lar bilan murojaat 
qiluvchi  shaxslarga  qulaylik  yaratish  maqsadida  protsessual  qonun 
farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizalarga  ilova  qilinadigan  hujjatlar 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
ro‘yxatini  belgilaganligini  ham  alohida  qayd  etish  lozim.  Unga  ko‘ra, 
O‘zbekistan  Respublikasi  fuqarolarining  boshqa  davlat  fuqarosi  bo‘lgan 
bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi 
qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: 
  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  doimiy  yashashi  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  vakolatli 
organining roziligi; 
  farzandlikka  olinayotgan  bola  qonuniy  vakilining  va  bola  qaysi 
davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlat vakolatli organining roziligi; 
  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  tug‘ilganlik  to‘g‘risidagi 
dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma; 
  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  sog‘lig‘i  holati,  jismoniy  va 
aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa; 
  o‘n  yoshga  to‘lgan  farzandlikka  olinayotgan  bolaning 
farzandlikka  olinishiga,  shuningdek  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi 
o‘zgartirilishi  mumkinligiga  va  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining) 
uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan 
Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
Oila  kodeksining  156-moddasi  ikkinchi  qismining  uchinchi, 
to‘rtinchi  va  beshinchi  xatboshilarida  ko‘rsatilgan  hujjatlar  belgilangan 
tartibda  legalizatsiya  qilinishi  yoxud  ularga  belgilangan  tartibda  apostil 
qo‘yilgan  bo‘lishi  kerak.  Bunda  taqdim  etiladigan  hujjatlar  O‘zbekiston 
Respublikasining  davlat  tiliga  tarjima  qilingan  va  notarial  tasdiqlangan 
bo‘lishi  kerak.  Agar  ushbu  modda  ikkinchi  qismining  beshinchi 
xatboshisida  ko‘rsatilgan  hujjat  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida 
berilgan bo‘lsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qo‘yilishi hamda tarjima 
qilingan  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  talablar  ushbu  hujjatga  nisbatan  tatbiq 
etilmaydi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqarida  doimiy  yashovchi 
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  el  fuqarolari  yoki  fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani 
farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  arizasiga  ushbu  moddaning  birinchi 
qismida  ko‘rsatilgan  hujjatlar,  shuningdek  farzandlikka  oluvchilar  qaysi 
davlat  fuqarosi  bo‘lsa,  o‘sha  davlat  (bola  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududidan  tashqarida  doimiy  yashovchi  O‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarolari,  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  tomonidan  farzandlikka 
olinayotganda – ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega 
bo‘lsa,  o‘sha  davlat)  vakolatli  organining  ularning  yashash  sharoitlari 


 
 
190 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
haqidagi  va  farzandlikka  oluvchi  bo‘la  olish  imkoniyatlari  to‘g‘risidagi 
xulosasi,  tegishli  davlat  vakolatli  organining  farzandlikka  olinayotgan 
bolaning  ushbu  davlatga  kirishi  va  mazkur  davlat  hududida  doimiy 
yashashi  uchun  ruxsatnomasi,  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining) 
O‘zbekiston  Respublikasining  xorijdagi  diplomatik  vakolatxonasi 
vakillariga  farzandlikka  olingan  bola  haqida  axborot  berish  va  bola  bilan 
muloqot  qilish  imkoniyatini  berish  to‘g‘risidagi  notarial  tasdiqlangan 
majburiyati ilova kilinadi. 
Chet  el  fuqarolari  bo‘lgan  yoki  fuqaroligi  bo‘lmagan  farzandlikka 
oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda 
legalizatsiya  qilinishi  yoxud  ularga  belgilangan  tartibda  apostil  qo‘yilgan 
bo‘lishi  kerak.  Bunda  taqdim  etiladigan  hujjatlar  O‘zbekiston 
Respublikasining  davlat  tiliga  tarjima  qilingan  va  notarial  tasdiqlangan 
bo‘lishi kerak. 
Ushbu  moddaning  birinchi,  ikkinchi  va  to‘rtinchi  qismlarida 
ko‘rsatilgan  hujjatlar  sudga  ikki  nusxada  takdim  etiladi  (FPKning  300-
moddasi). 
Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ishni  sud  muhokamasiga 
tayyorlashda  ajrim  chiqaradi,  unga  ko‘ra  farzandlikka  olinayotg‘an 
bolaning  yashash  (turgan)  joyidagi  vasiylik  va  homiylik  organlari 
zimmasiga  farzandlikka  olishning  asosli  ekanligi  va  farzandlikka 
olinayotgan  bolaning  manfaatlariga  muvofiqligi  to‘g‘risida  sudga  xulosa 
taqdim etish majburiyati yuklanadi. 
Vasiylik  va  homiylik  organining  farzandlikka  olishning  asosli 
ekanligi 
to‘g‘risidagi 
va 
farzandlikka 
olinayotgan 
bolaning 
manfaatlariga  muvofiqligi  haqidagi  xulosasiga  quyidagilar  ilova 
qilingan bo‘lishi kerak: 
  farzandlikka 
olinayotgan 
bolaning 
yashash 
(turgan) 
joyi 
yoki 
farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  yashash  joyi  bo‘yicha  vasiylik  va  homiylik  organi 
tomonidan  tuzilgan  farzandlikka  oluvchilarning  (oluvchining)  yashash  sharoitlarini  tekshirish 
dalolatnomasi; 
  Farzandlikka 
oluvchilarning  (oluvchining) 
yashash  sharoit-larini  tekshirish 
dalolatnomasida boshqa ma’lumotlar bilan birga Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan 
farzandlikka olish uchun to‘siqlar borligi yoki yo‘qligi ko‘rsatilishi shart; 
  farzandlikka 
olinayotgan 
bolaning 
tug‘ilganlik 
to‘g‘risidagi 
dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma; 
  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  sog‘lig‘i  holati,  jismoniy  va  aqliy  rivojlanishi 
haqidagi tibbiy xulosa; 
  o‘n yoshga to‘lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzand-likka olishga, shuningdek 
familiyasi,  ismi,  otasining  ismi  o‘zgartirilishi  mumkinligiga  va  farzandlikka  oluvchilarning 
(oluvchining)  uning  ota-onasi  (otasi  yoki  onasi)  sifatida  qayd  etilishiga  roziligi,  bundan  Oila 
kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
  bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, o‘n 
olti  yoshga  to‘lmagan  ota-onaning  bolasi  farzandlikka  olinayotganda  esa  ota-ona  qonuniy 
vakillarining  ham  roziligi,  qonuniy  vakillar  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda  esa  vasiylik  va  homiylik 
organining roziligi, bundan Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; 
  bolaning  qarindoshlari  bo‘lmagan,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqarida 
doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar  tomonidan  farzandlikka  olinganda  ota-ona  qaramog‘idan  mahrum  bo‘lgan  bolalarni  va 
farzandlikka  olishga  nomzodlarni  hisobga  olish  bo‘yicha  ma’lumotlar  bazasida  farzandlikka 
olinayotgan  bola  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  mavjudligini  tasdiqlovchi  hujjat,  shuningdek  bolani 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan, 
ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va  yashash joyidan qat’i nazar, farzandlikka olinishi imkoniyati 
mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar. 
  Boshqa davlat fuqarosi  bo‘lgan bolani  yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bolani 
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  tomonidan  farzandlikka  olishda  vasiylik  va  homiylik 
organining  farzandlikka  olish  asosli  ekanligi  to‘g‘risidagi  va  farzandlikka  olinayotgan  bolaning 
manfaatlariga  muvofiqligi  haqidagi  xulosasiga  ushbu  modda  ikkinchi  qismining  ikkinchi 
xatboshisida ko‘rsatilgan hujjat ilova qilinishi kerak. 
  Zarur  bo‘lgan  hollarda,  sud  boshka  hujjatlarni  (ma’lumotlarni)  ham  talab  qilib  olishi 
mumkin (FPK 301-moddasi). 
Sud  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ishlarni  farzandlikka 
oluvchilar  (oluvchi),  vasiylik  va  homiylik  organlarining  vakillari, 
shuningdek  prokuror  albatta  ishtirok  etgan  holda  ko‘rib  chiqadi.  Zarur 
hollarda,  sud  farzandlikka  olinayotgan  bolaning  ota-onasini  (otasini  yoki 
onasini), 
uning 
qarindoshlarini 
va 
boshqa 
manfaatdor 
shaxslarni,  shuningdek  o‘n  yoshga  to‘lgan  bolaning  o‘zini  ishda  ishtirok 
etishga jalb qilishi mumkin.  
Sud  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ishlarni  sudning  yopiq 
majlisida ko‘rib chiqadi (FPKning 302-moddasi). 
Sud  farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ishni  mazmunan  ko‘rib  chiqib, 
farzandlikka  olish  haqidagi  arizani  qanoatlantirish  to‘g‘risida  yoxud  uni 
qanoatlantirishni  butunlay  yoki  qisman  rad  etish  haqida  hal  qiluv  qarori 
chiqaradi. 
Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ariza  qanoatlantirilgan  taqdirda, 
sudning  hal  qiluv  qarorida  farzandlikka  olingan  bolaning  tug‘ilganligini 
qayd  etish  daftariga  o‘zgartirishlar  kiritish  uchun  zarur  bo‘lgan 
farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha 
ma’lumotlar  ko‘rsatiladi.  Bola  bitta  shaxs  tomonidan  farzandlikka 
olinayotganda  uning  manfaatlarini  ko‘zlab,  agar  farzandlikka  oluvchi 
erkak  bo‘lsa,  onasining  xohishiga  ko‘ra  yoki  agar  farzandlikka  oluvchi 
ayol  bo‘lsa,  otasining  xohishiga  ko‘ra,  shuningdek  agar  farzandlikka 
olinayotgan  bolaning  otasi  yoki  onasi  vafot  etgan  bo‘lsa,  vafot  etgan  ota 
yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga ko‘ra sudning 
farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  qarorida  farzandlikka  olingan  bolaning 


 
 
192 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
otasi  yoki  onasi  bilan  yoxud  vafot  etgan  otasining  yoki  onasining 
qarindoshlari  bilan  huquqiy  munosabatlari  saqlanib  qolishi  ko‘rsatib 
o‘tiladi. 
Farzandlikka  olish  to‘g‘risidagi  ariza  qanoatlantirilgan  taqdirda, 
farzandlikka  oluvchilar  (oluvchi)  va  farzandlikka  olinayotgan  bolaning 
o‘zaro  huquq  va  majburiyatlari  farzandlikka  olingan  bolaning 
tug‘ilganligini  qayd  etish  daftariga  zarur  o‘zgartishlar  kiritilgan  kundan 
e’tiboran belgilanadi. Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori 
qonuniy  kuchga  kirgan  kundan  e’tiboran  uch  kun  ichida  ushbu  hal  qiluv 
qaroridan  ko‘chirma  nusxasini  farzandlikka  olinayotgan  bolaning 
tug‘ilganligi  ro‘yxatga  olingan  joydagi  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini 
qayd etish organiga yuborishi shart (FPKning 303-moddasi). 
Farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish 
va hal etish da’vo ishlarini yuritish tartibida hamda oila to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi (FPKning 304-
moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish