Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
16.4. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb 
e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rish tartibi 
 
Fuqaroni  bedarak  yo‘qolgan  deb  topish  yoki  fuqaroni  o‘lgan  deb 
e’lon qilish instituti alohida tartibda ko‘riladigan ishlarning bir turi sifatida 
ham  fuqarolik  huquqi  ham  fuqarolik  protsessual  huquqi  uchun  muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki 
o‘lgan  deb  e’lon  qilish  shartlari  va  asoslari  fuqarolik  qonunchiligida 
ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  fuqarolik  protsessual  qonunchilikda  esa  ushbu 
turkumdagi  ishlar  bo‘yicha  sudga  murojaat  qilish  tartibi,  ishni  sudda 
ko‘rishga  tayyorlash  va  ko‘rish  hamda  ushbu  ishlar  bo‘yicha  hal  qiluv 
qarori  chiqarish  va  uning  huquqiy  oqibatlari  to‘g‘risidagi  qoidalar 
mustahkamlangan.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  33-moddasiga 
ko‘ra,  agar  fuqaroning  qayerdaligi  haqida  uning  yashash  joyida  bir  yil 
davomida  ma’lumotlar  bo‘lmasa,  manfaatdor  shaxslarning  arizasiga 
muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. 
Yo‘qolgan  shaxs  to‘g‘risida  oxirgi  ma’lumotlar  olingan  kunni 
aniqlash  mumkin  bo‘lmasa,  bedarak  yo‘qolgan  deb  hisoblash  muddati 
yo‘qolgan  shaxs  to‘g‘risida  oxirgi  ma’lumotlar  olingan  oydan  keyingi 
oyning  birinchi  kunidan,  bu  oyni  belgilash  mumkin  bo‘lmagan  taqdirda 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
esa – keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi. 
Fuqaroni  vafot  etgan  deb  e’lon  qilish  uchun  asoslar  FKning  36-
moddasida berilgan. Bu qoidaga ko‘ra, agar fuqaroning qayerda turganligi 
haqida  uning  yashash  joyida  uch  yil  mobaynida  ma’lumot  bo‘lmasa, 
basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok 
bo‘lgan  deb  taxmin  qilish  uchun  asos  bo‘ladigan  vaziyatlarda  bedarak 
yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma’lumotlar 
bo‘lmasa,  manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan 
deb e’lon qilishi mumkin. 
Harbiy  harakatlar  munosabati  bilan  bedarak  yo‘qolgan  harbiy 
xizmatchi  yoki  boshqa  fuqaro  harbiy  harakatlar  tamom  bo‘lgan  kundan 
e’tiboran kamida ikki yil o‘tgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb 
e’lon qilinishi mumkin. 
Sudning  fuqaroni  vafot  etgan  deb  e’lon  qilish  haqidagi  qarori 
qonuniy  kuchga  kirgan  kun  vafot  etgan  deb  e’lon  qilingan  fuqaroning 
o‘lgan kuni deb hisoblanadi. O‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz 
hodisadan  halok  bo‘lgan  deb  taxmin  qilish  uchun  asos  bo‘ladigan 
vaziyatlarda  bedarak  yo‘qolgan  fuqaro  vafot  etgan  deb  e’lon  qilingan 
taqdirda,  sud  uning  taxmin  qilingan  halokat  kunini  ushbu  fuqaroning 
o‘lgan kuni deb topishi mumkin. 
Fuqaroni  vafot  etgan  deb  e’lon  qilish  bunday  fuqaroning  huquq  va 
burchlari  borasida  uning  o‘limi  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  oqibatlarni 
vujudga keltiradi.
21
 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  fuqaroni  bedarak 
yo‘qolgan  deb  topish  yoki  o‘lgan  deb  e’lon  qilish  uchun  fuqarolik 
qonunchilikda  belgilangan  muddatlar  o‘tganidan  keyingina  sudga 
manfaatdor  shaxslar  tomonidan  ariza  berilishi  mumkin.  Mazkur 
turkumdagi  ishlar  faqat  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudga  taalluqli  bo‘lib, 
ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi. Ushbu arizalar uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 
533-sonli  “Davlat  boji  stavkalari  to‘g‘risida”gi  qaroriga  ko‘ra  eng  kam 
oylik ish haqining 1 baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi. 
Ariza  fuqarolik  protsessual  qonunchiligining  189-moddasida 
ko‘rsatilgan  talablar  asosida  rasmiylashtirilgan  bo‘lishi  talab  etiladi. 
Mazkur  turdagi  ishlar  bo‘yicha  ariza  sud  tomonidan  qabul  qilingandan 
keyin,  sudya  umumiy  asoslarga  ko‘ra  fuqarolik  ishini  sudda  ko‘rishga 
tayyorlash  bosqichini  amalga  oshiradi.  Mazkur  bosqich  sud 
                                                            
21
 Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси. Расмий нашр. -Тошкент, Адлия вазирлиги. 2018.  


 
 
194 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
muhokamasining  keyingi  faoliyatida  sudning  samarali  faoliyat  yuritishi 
hamda  qonuniy,  asosli  va  adolatli  hal  qiluv  qarorlari  chiqarishi  uchun 
tamal  toshi  vazifasini  bajaradi.  Shuning  uchun,  ushbu  turdagi  ishlar 
bo‘yicha,  sudya  ishni  sudda  ko‘rishga  tayyoplashda  bedapak  yo‘qolgan 
odam to‘g‘pisida  kimlap (qapindosh-upug‘lapi, bipga ishlovchilap va shu 
kabilap)  ma’lumot  bepa  olishi  mumkinligini  aniqlaydi,  shuningdek, 
bedapak  yo‘qolganning  ma’lum  bo‘lgan  so‘nggi  yashash  joyi  va  ish 
joyidagi tegishli tashkilotlapdan (ichki ishlap organlapidan, fuqapolapning 
o‘zini o‘zi boshqapish organlapidan) bedapak yo‘qolgan odam to‘g‘pisida 
bor ma’lumotlapni so‘pab oladi.  
Sudya  arizani  qabul  qilib  olgach,  ayni  vaqtda  vasiylik  va  homiylik 
organiga  bedarak  yo‘qolganning  mol-mulkini  saqlash,  shuningdek, 
boshqapish uchun shaxs tayinlashni taklif qilishi  mumkin (FPKning 306-
moddasi). 
Shuningdek, 
fuqaroni 
doimiy 
yashash 
joyida 
yashamayotganligini tasdiqlovchi dalillar (fuqaroning doimiy yashayotgan 
joyida  yashamayotganligi  haqida  mahalla  qo‘mitasidan  ma’lumotnoma, 
adres  byurosidan  ma’lumotnoma,  qidiruv  e’lon  qilingan  bo‘lsa,  qidiruv 
ishlar  tugallanganligi  haqida  hujjat  va  b.).  Uning  mol-mulki  qarovsiz  va 
qaramog‘idagi shaxslar ta’minotsiz qolganligi haqidagi  ma’lumotlar talab 
qilib olinadi.
22
  
Mazkur  turkumdagi  ishlar  bo‘yicha  sud  albatta  prokurorni  xabardor 
qilishi shart. Chunki, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni 
o‘lgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida 
ko‘pilishi shartligi to‘g‘risidagi qoida fuqarolik protsessual qonunchilikda 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyruqlarida 
mustahkamlangan.  
Sudya  ishni  yetarli  darajada  tayyorlangan  deb  topgach,  uni  sud 
majlisida  ko‘rishga  tayinlash  to‘g‘risida  ajrim  chiqaradi,  arizachi  va 
protsessning  boshqa  ishtirokchilariga  ishni  ko‘rish  vaqti  va  joyi  haqida 
ma’lum  qiladi.  Mazkur  turkumdagi  ishlarni  fuqarolik  sud  ishlarini 
yuritishning  umumiy  qoidalariga  muvofiq  ko‘rib  chiqilishi  to‘g‘risida 
fuqarolik protsessual qonunchilikda belgilangan.  
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb e’lon qilish 
to‘g‘risidagi  ishlar  sud  tomonidan  umumiy  qoidalarga  asosan  ko‘rib 
chiqiladi  va  hal  qiluv  qarori  chiqariladi.  Sudning  fuqaroni  bedarak 
yo‘qolgan  deb  topish  haqidagi  hal  qiluv  qapopi  bedarak  yo‘qolgan 
                                                            
22
Жамолов  Б.,  Бобобқулов  А.  Фуқаролик  ишларини  судда  кўришга  тайёрлаш.  –Тошкент,  Ўзбекистон 
Республикасининг Олий суди. 2005. –Б. 252-253. 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
shaxsning  mol-mulki  tupgan  joydagi  vasiylik  va  homiylik  organining  bu 
mulkka  nisbatan  boshqaruvchi  tayinlashi  uchun  asos  bo‘ladi.  Sudning 
fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qarori fuqapolik holati 
aktlarini  qayd  etish  organining  fuqarolik  holati  aktlarini  qayd  etish 
daftariga mazkur fuqaroni o‘lgan deb yozib qo‘yishi uchun asos bo‘ladi. 
Agar  bedarak  yo‘qolgan  deb  topilgan  fuqaro  qaytib  kelgan  yoki 
uning  turar  joyi  aniqlangan  taqdirda  sudga  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini 
bekor  qilish  to‘g‘risida  ariza  bilan  murojaat  qilishi  mumkin.  Ushbu  ariza 
sud  tomonidan  ko‘rib  chiqiladi  va  yangi  hal  qiluv  qarori  bilan  o‘zining 
ilgapigi hal qiluv qarorini bekop qiladi.  
Shuningdek,  vafot  etgan  deb  e’lon  qilingan  fuqaro  qaytib  kelganida 
FKning  37-moddasida  nazarda  tuilgan  huquqiy  oqibatlar  kelib  chiqadi. 
Ya’ni,  vafot  etgan  deb  e’lon  qilingan  fuqaro  qaytib  kelgan  yoki  uning 
qayerda  turganligi  ma’lum  bo‘lgan  taqdirda,  uni  vafot  etgan  deb  e’lon 
qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi. 
Fuqaroni  vafot  etgan  deb  e’lon  qilish  haqidagi  qaror  bekor 
qilinganidan  keyin  u  har qanday  shaxsdan bu  shaxsga bepul  o‘tib  qolgan 
mavjud mol-mulkini o‘ziga qaytarib berishni uch yil mobaynida sud orqali 
talab  qilishga  haqli,  Fuqarolik  kodeksning  229-moddasi  ikkinchi  va 
to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Agar  vafot  etgan  deb  e’lon  qilingan  fuqaroning  mol-mulki  uning 
vorislari tomonidan uchinchi shaxslarga sotilgan bo‘lib, bu shaxslar xarid 
narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha batamom to‘lamagan bo‘lsalar, bu 
holda  to‘lanmagan  summani  talab  qilish  huquqi  qaytib  kelgan  fuqaroga 
o‘tadi. 
Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq to‘lashni 
nazarda tutadigan bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan 
deb  e’lon  qilingan  fuqaroning  tirikligini  bila  turib  sotib  olganliklari 
isbotlansa, ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart. Bunday 
mol-mulkni  asli  holida  qaytarib  berishning  imkoni  bo‘lmasa,  uning 
qiymati to‘lanadi. 
Agar  vafot  etgan  deb  e’lon  qilingan  shaxsning  mol-mulki  meros 
huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan va sotib yuborilgan bo‘lsa, fuqaroni vafot 
etgan deb e’lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin unga mol-
mulkni sotishdan tushgan pul qaytarib beriladi.  
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu ishlarni quyidagi jadval asosida 
qiyosiy tahlil etish mumkin.  
 


 
 
196 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish