Sud buyrug‘ining kirish qismida quyidagilar ko‘rsatiladi:
• ish yuritish tartib raqami va buyruq chiqarilgan sana;
• sudning nomi, buyruq chiqargan sudyaning familiyasi hamda ismi,
otasining ismi bosh harflari;
• undiruvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi
va joylashgan yeri;
• qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi va
joylashgan yeri.
Sudya o‘z buyrug‘ida undiruvchining talabini qondirish uchun asos
bo‘lgan qonunni ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. Bir qarashda bu sud
buyrug‘ining asoslantiruvchi qismiga o‘xshasada, lekin ushbu qismda
hujjatlar, boshqa faktik holatlar tekshirilmaydi va huquqiy tahlil etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |