Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Buyruq tartibida ish yuritishni qo‘zg‘atish



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
12.3. Buyruq tartibida ish yuritishni qo‘zg‘atish  
tartibi va asoslari 
 
Sudda  buyruq  tartibida  ish  yuritish  quyidagi  to‘rt  bosqichdan  iborat 
bo‘ladi:   
 
 
 
Ish  yuritishni  qo‘zg‘atish  buyruq  tartibida  ish  yuritishning  dastlabki 
bosqichi  sifatida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur  bosqichda,  avvalo, 
sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish huquqiga 
ega bo‘lgan shaxslar doirasini belgilab olish lozim. 
Undiruvchi  ish  qo‘zg‘atish  huquqiga  ega  bo‘ladi.  Shu  o‘rinda 
undiruvchi  tomonida  bir  necha  shaxslar  ishtirok  etishi  ham  mumkin. 
Masalan, agar bir necha shaxslar qarzdor bilan bir turdagi moddiy huquqiy 
Sud 
buyrug‘ini 
chiqarish
Sud 
buyrug‘ini 
bekor qilish
Sud 
buyrug‘ini 
ijro etish
Buyruq 
tartibida ish 
yuritishni 
qo‘zg‘atish


 
 
142 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
munosabatda  bo‘lsalar,  ular  birgalikda  sud  buyrug‘ini  chiqarish 
to‘g‘risidagi  ariza  bilan  murojaat  qilish  huquqiga  ega  bo‘ladilar. 
Ta’kidlash  joizki,  qarzdorlar  tomonidan  ham  sherik  ishtirokchilikka  yo‘l 
qo‘yiladi. 
Fuqarolik  protsessual  qonunchilik  undiruvchi  nomidan  uning 
manfaatlarini  himoya  qilib  vakilning  ishtirok  etishini  istisno  etmaydi. 
Xususan,  voyaga  yetmagan  farzandlar  uchun  ularning  qonuniy  vakillari 
aliment  undirish  to‘g‘risidagi  talab  bilan  murojaat  qilishlari  mumkin 
bo‘ladi. Shuningdek, farzandning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, vasiylik 
va  homiylik  organlari  ham  aliment  undirish  bo‘yicha  sud  buyrug‘ini 
chiqarish  yuzasidan  sudga  ariza  bilan  murojaat  qilishlari  mumkin.  Sud 
buyrug‘ini  chiqarish  bo‘yicha  boshqa  talablar  bilan  tegishli  davlat 
organlari ham sudga murojaat qilishlari mumkin. 
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalar FPKning 33-moddasiga 
ko‘ra,  sudlovga  tegishlilikning  umumiy  qoidalari  bo‘yicha  beriladi.  Unga 
ko‘ra,  arizalar  javobgar  doimiy  yashab  turgan  yoki  doimiy  mashg‘ul 
bo‘lgan joydagi sudga beriladi. Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi. 
Shuningdek,  protsessual  qonunchilik  sud  buyrug‘ini  chiqarish 
to‘g‘risidagi  arizalar  uchun  da’vogarning  tanlashi  bo‘yicha  sudlovlik 
qoidalarini ham belgilaydi. Xususan, aliment undirish haqidagi talab bilan 
arz  qilinganda,  arizalar  FPKning  34-moddasiga  ko‘ra,
 
yashash  joyi 
noma’lum 
bo‘lgan 
javobgarga 
nisbatan 
da’volar 
uning 
mol-mulki  turgan  joydagi  yoki  uning  ma’lum  bo‘lgan  so‘nggi  yashagan 
joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Buyruq tartibida ish 
yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli 
qarorida  tushuntirish  berilishicha,  sud  buyrug‘i  chiqarish  haqidagi  talab  FPKda  belgilangan 
sudlovga  tegishlilikning  umumiy  qoidalariga  amal  qilingan  holda  sudga  beriladi.  Shu  bilan 
birgalikda  voyaga  yetmagan  farzandning  ta’minoti  uchun  aliment  undirish  haqidagi  talab 
undiruvchi  yashayotgan  joydagi  sudga,  ijro  qilish  joyi  ko‘rsatilgan  notarial  tasdiqlangan  bitimga 
asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin. 
Sud buyrug‘i qonunda belgilangan tartibda, shuningdek aniq ro‘yxatda 
ko‘rsatilgan  talablar  asosida  amalga  oshiriladi.  Bitimlarning  yozma, 
notarial  tartibda  tasdiqlangan  bitimlarga  asoslanganligining  ahamiyati 
shundan  iboratki,  bitimning  bunday  shakllari  undiruvchi  va  qarzdor 
o‘rtasida mavjud bo‘lgan moddiy huquqiy munosabatlarni to‘liq namoyon 
qilib, ularni ruyobga chiqarishga imkon beradi. 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan 
axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi. 
 Sud  buyrug‘ini  chiqarish  to‘g‘risidagi  arizada  talablar  bayon  qilinib, 
uni  asoslovchi  holatlar  va  tasdiqlovchi  hujjatlarni  ilova  qilish  bilan 
kifoyalanadi.  Lekin  shunday  bo‘lsa-da,  sud  buyrug‘ini  chiqarish 
to‘g‘risidagi  arizalarning  mazmuniga  alohida  e’tibor  berish  lozim.  Unda 
ariza  berilayotgan  sudning  nomi,  undiruvchi  va  qarzdor  shaxsning  aniq 
manzili,  joylashgan  joyi  va  agar  ulardan  biri  yuridik  shaxs  bo‘lsa,  uning 
rekvizitlari,  undiruvchining  talabi  va  talabga  asos  bo‘lgan  holatlar,  arz 
qilingan  talabni  tasdiqlovchi  va  ilova  etilayotgan  hujjatlar  ro‘yxati 
ko‘rsatilishi lozim. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada, shuningdek 
undiruvchi  yoki  uning  vakilining  telefonlari,  fakslari  raqamlari,  elektron 
pochta manzili ko‘rsatilishi  mumkin. Agar undiruvchi tomonidan ko‘char 
mol-mulk talab qilinayotgan bo‘lsa,  arizada ushbu  mol-mulkning qiymati 
ham ko‘rsatilishi talab etiladi.
 
 
 Sud  buyrug‘ini  chiqarish  to‘g‘risidagi  ariza  undiruvchi  yoki  uning 
vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning 
vakolatlarini  tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi lozim. Buyruq tartibida ish 
yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning 
soddalashtirilgan  usuli  ekanli-gidan  kelib  chiqib,  sudlar  arizani  qabul 
qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi 
va  manzili  ko‘rsatilishi  shart  emasligini  nazarda  tutishlari  lozim. 
Undiruvchi  tomonidan  vakilga  sud  buyrug‘ini  olish  va  ijroga  qaratish 
vakolati berilgan holatlar bundan mustasno (Plenum qarorining 3-bandi). 
Agar  ariza  FPKning  172-moddasi  talablariga  javob  bermasa  yoki 
davlat  boji  to‘lanmagan  bo‘lsa,  sudya  sud  buyrug‘ini  chiqarish  haqidagi 
arizani  qabul  qilib,  o‘z  ajrimi  bilan  undiruvchiga  kamchiliklarni  bartaraf 
etish yoxud davlat bojini to‘lash uchun ko‘pi bilan uch kun muhlat berishi 
mumkin.  Undiruvchi  belgilangan  muddatda  kamchiliklarni  bartaraf  etsa, 
davlat  bojini  to‘lasa,  ariza  sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kundan  qabul 
qilingan  hisoblanadi.  Aks  holda,  sudya  qonun  talabiga  muvofiq  arizani 
qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.  
Sudlar sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish 
asoslarini  sud  buyrug‘i  chiqarishni  rad  etish  asoslaridan  farqlay  bilish 
kerak. Chunki, FPKning 175-moddasida ko‘rsatilgan sudya sud buyrug‘ini 


 
 
144 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni FPKning 194-moddasida nazarda 
tutilgan  asoslar  bo‘yicha  rad  etadi.  Sudya  arizani  qabul  qilishni  quyidagi 
hollarda ham rad etadi, agar: 
1) 
arz  qilingan  talab  ushbu  Kodeksning  171  -moddasida  nazarda 
tutilmagan bo‘lsa; 
2) 
qarzdor  O‘zbekiston  Respublikasi  sudlari  yurisdiksiyasi 
doirasidan chetda bo‘lsa; 
3) 
huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa. 
Arizani  qabul  qilishni  rad  etish  to‘g‘risida  sudya  ariza  sudga  kelib 
tushgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi. 
Arizani  qabul  qilish  rad  etilganligi  undiruvchining  shu  talab 
bo‘yicha  da’vo  ishini  yuritish  tartibida  da’vo  takdim  etish  imkoniyatiga 
to‘sqinlik qilmaydi. 
Agar  undiruvchi  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq,  u  belgila-gan 
muddatda  kamchiliklarni  bartaraf  etsa,  davlat  bojini  to‘lasa,  ariza  sudga 
dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  sudya 
FPKning  175-moddasiga  muvofiq  arizani  qabul  qilishni  rad  etish 
to‘g‘risida ajrim chiqaradi. 
Fuqarolik  protsessual  qonun  talablariga  javob  bergan  holda  sudga 
taqdim  etilgan  buyruq  chiqarish  to‘g‘risidagi  ariza  sud  tomonidan  qabul 
qilinadi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish