Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
12.5. Sud buyrug‘ini bekor qilish 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  170-moddasiga  muvofiq,  sud 


 
 
146 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
buyrug‘i  ijro  hujjati  kuchiga  ega  ekanligi  belgilangan.  Shuningdek, 
O‘zbekiston  Respublikasining  2001  yil  29  avgustdagi  “Sud  hujjatlari  va 
boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  to‘g‘risida”gi  Qonunining  7-
moddasiga ko‘ra, sud buyrug‘i ijro hujjati hisoblanadi.  
Sud  buyrug‘i  bo‘yicha  undiruv  buyruq  berilganidan  keyin  va  sud 
qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Fuqarolik protsessual qonunchilik sud buyrug‘i chiqarilganidan keyin 
sudyaga  uning  ko‘chirma  nusxasini  darhol  qarzdorga  yuborish 
majburiyatini  yuklaydi.  Sud  buyrug‘ining  ko‘chirma  nusxasini  olgan 
kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddat  ichida  qarzdor  arz  qilingan  talabga 
qarshi o‘z e’tirozlarini buyruqni chiqargan sudga yuborishga haqli bo‘ladi. 
FPKning  179-moddasi  talabida  sud  buyrug‘i  chiqaril-ganidan  keyin  sud 
uning  ko‘chirma  nusxasini  darhol  qarzdorga  yuborishi  lozim.    Sud 
buyrug‘i  sudyaning  elektron  raqamli  imzosi  bilan  tasdiqlangan  elektron 
hujjat tarzida yuborilishi mumkin.  
Amaldagi FPKning 181-moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘ini bekor 
qilish  asoslari  qarzdor  huquqlarining  kafolati  hisoblanadi.  Qarzdor  arz 
qilingan  talabga  qarshi  e’tirozlarini  buyruqni  bergan  sudga  sud 
buyrug‘ining  ko‘chirma  nusxasini  olgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik 
muddatda  yuborishga  haqli.  Bunday  holda  sudya  sud  buyrug‘ini  bekor 
qilib,  bu  haqda  ajrim  chiqaradi.  Sud  buyrug‘ini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 
ajrimda  sudya  undiruvchi  bildirgan  talab  da’vo  ishini  yuritish  tartibida 
takdim  etilishi  mumkinligini  tushuntiradi.  Sud  buyrug‘ini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi  ajrimning  ko‘chirma  nusxasi  ajrim  berilganidan  keyin  uch 
kundan  kechiktirmay  undiruvchiga  va  qarzdorga  imzo  qo‘ydirib 
topshiriladi  yoki  ularga  pochta  orqali  yoxud  elektron    hujjat  tarzida 
yuboriladi. 
Aliment  undirish  to‘g‘risidagi  sud  buyrug‘i  ijro  ishini  yuritish 
bo‘yicha  undiruv  tugaguniga  qadar  undiruvchining  arizasiga  ko‘ra  bekor 
qilinishi mumkin. 
Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz tushmasa, sudya 
sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ini ijro etishga taqdim qilish 
uchun undiruvchiga beradi. Undiruvchining iltimosiga ko‘ra, sud buyrug‘i 
ijro  etish  uchun  bevosita  sud  tomonidan  yuborilishi  ham  mumkin. 
Qarzdordan  davlat  bojini  undirish  maqsadida  sudning  muhri  bilan 
tasdiqlangan  sud  buyrug‘ining  alohida  nusxasi  ijro  etish  uchun  bevosita 
sud  tomonidan  yuboriladi.  Qonun  talabiga  ko‘ra,  qarzdorning  davlat  boji 
miqdori  yuzasidan  keltirgan  e’tirozlari  sud  buyrug‘ini  bekor  kilish  uchun 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
asos  bo‘la  olmaydi,  chunki  davlat  foydasiga  davlat  boji  undirish 
undiruvchi  va  qarzdor  o‘rtasidagi  munosabatlarga  daxldor  emas.  Faqat 
asosiy  talablar  yuzasidan  bildirilgan  e’tirozlargina  sud  buyrug‘ini  bekor 
qilish uchun asos bo‘ladi. 
Sud  buyrug‘iga  nisbatan  e’tiroz  bildirish  uchun  qonunda  belgilangan 
o‘n  kunlik  muddatning  qarzdor  tomonidan  o‘tkazib  yuborilganligi  sud 
tomonidan  uzrli  deb  topilgan  taqdirda,  sud  uning  arizasiga  asosan  ushbu 
muddatni  tiklashi  mumkin.  Muddatni  tiklash  haqida  ariza  bilan  murojaat 
qilinmasdan  turib,  muddat  o‘tkazilgandan  so‘ng  berilgan  shikoyatlar  sud 
tomonidan ko‘rilmaydi va muallifga qaytariladi. 
FPKning  179-moddasida  ko‘rsatilgan  qarzdor  tomonidan  e’tirozlar 
taqdim  qilinishi  mumkin bo‘lgan o‘n kunlik  muddat protsessual  muddatlar 
toifasiga  kirishi  sababli  ushbu  muddatlarga  nisbatan  FPKning  15-bobida 
ko‘rsatilgan  talablar  qo‘llanilishi,  shu  jumladan,  o‘tkazib  yuborilgan 
protsessual  muddatni  uzaytirishni  rad  etish  yoki  tiklashni  rad  etish 
haqidagi  sud  ajrimi  ustidan  FPKning  155-moddasiga  muvofiq  xususiy 
shikoyat (protest) berilishi mumkin. 
Sud  buyrug‘i  shaklida  qabul  qilinadigan  sud  qarorlari  barcha  subyektlar 
uchun majburiy hisoblanadi va respublika hududida so‘zsiz ijro etilishi lozim. 
Bunda  sud  buyruqlari  boshqa  sud  hujjatlaridan,  ularni  ijroga  qaratishda,  ijro 
varaqasini berishni talab qilishda farq qiladi, chunki sud buyrug‘ining o‘zi ijro 
hujjati bo‘lib hisoblanadi va bevosita ijro etiladi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish