Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


Hal  qiluv  qarorining  asoslantirish  qismi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Hal  qiluv  qarorining  asoslantirish  qismida  sudning  ish  bo‘yicha 
chiqargan  xulosasining  faktik  va  huquqiy  asoslari  bayon  etilishi  lozim. 
Jumladan,  hal  qiluv  qarorining  ushbu  qismida  ishning  sud  tomonidan 
aniqlangan  holatlari,  ishning  holatlari  to‘g‘risidagi  sud  xulosalariga  asos 
bo‘lgan  dalillar,  sud  u  yoki  bu  dalilni  rad  qilishda  asoslangan  xulosalar, 
shuningdek,  nizoli  munosabatni  tartibga  soluvchi  moddiy  huquq 
me’yorlari  (fuqarolik,  oila,  yer,  mehnat,  uy-joy  to‘g‘risidagi  va  boshqa 
qonunlar)  keltirilmog‘i,  qonunning  nomi,  moddasi,  bandi,  boshqa  qonun 
hujjatlarining  soni  va  qabul  qilingan  sanasi  hamda  protsessual  huquqiy 
me’yorlari ko‘rsatilmog‘i lozim.  
Hal  qiluv  qarorining  asoslantirish  qismida  sud  taraflar  topshirgan 
hujjatlarni,  sud  majlisida  aniqlangan  faktlarni  tahlil  qilib,  taraflar 
o‘rtasidagi  munosabatlar  to‘g‘risida  chiqarilgan  xulosa  va  bu 
munosabatlarga  berilgan  yuridik  bahoni  ko‘rsatadi.  Boshqacha  aytganda, 
sud  hal  qiluv  qarorining  ushbu  qismida  dalillarga  baho  beriladi,  qanday 
faktlar aniqlangan deb hisoblangani va da’vogarning qanday talablari yoki 
javobgarning  qanday  e’tirozlarini  to‘g‘ri  deb  topilgani  va  qanday 
qonunlarga binoan to‘g‘ri deb hisoblangani ko‘rsatib o‘tiladi. 
Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida ish holatlari sud tomonidan 
qanday  belgilangan  bo‘lsa,  shunday  yoziladi,  ish  bo‘yicha  dalillar  tahlil 
qilinadi,  ish  bo‘yicha  qo‘llaniladigan  moddiy  huquq  normalari  aniqlab 
olinib, ularning izohi beriladi. 
Sud  o‘z  xulosalarini  sud  muhokamasida  o‘rganilgan  ish  holatlari, 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
tasdiqlangan dalillar bilan asoslaydi. 
Agar  javobgar  da’voni  to‘liq  tan  olsa  va  bu  qonunga  zid  bo‘lmasa, 
hech  kimning  qonuniy  manfaatlarini  buzmasa,  sud  tan  olishni  tasdiqlash 
bilan  cheklanadi.  Aks  holatda  esa,  da’voni  tan  olish  sud  tomonidan 
tasdiqlanmaydi.   
Agar da’vo da’vo qilish muddati yoki sudga murojaat qilish muddatini 
uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib  yuborganligi  uchun  rad  etilsa,  hal  qiluv 
qarorining asoslantirish qismida boshqa ish holatlari ko‘rsatilmaydi. Agar 
protsessual masalalar yuzasidan arizalar berilgan bo‘lsa, sud bu masalalar 
yuzasidan qabul qilgan qarorini asoslantirib beradi.  
Zarur holatlarda sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
tegishli  qarorlarini  ham  qo‘llashi  lozim.  Hal  qiluv  qarorining  xulosa 
qismida tegishli me’yorlarning mazmuni bayon etilganda bu talabga rioya 
qilinmog‘i  lozim  (masalan,  hal  qiluv  qarorining  darhol  ijro  etilishga 
karatilgan  hollarda  FPKning  267-moddasiga  qo‘llanishi).  Agar  javobgar 
da’voni  tan  olsa,  asoslantirish  qismida  faqat  da’vo  talabining  tan 
olinganligi  va  uning  sud  tomonidan  qabul  qilinganligi  ko‘rsatilishi 
mumkin. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish