Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Sudning hal qiluv qaroriga nisbatan



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
10.2. Sudning hal qiluv qaroriga nisbatan 
qo‘yiladigan talablar 
 
Sudning hal qiluv qaroriga nisbatan qo‘yilgan muhim talab uning 
qonuniy  bo‘lishi  hisoblandi.  Sud  ishda  talab  qilinayotgan  holatlardan 
qat’i  nazar,  moddiy  huquq  normasini  qo‘llash  yoki  qo‘llashni  rad  etish 
haqida qaror chiqaradi, lekin har qanday holatda ham huquqiy normaning 
mazmunini izohlaydi va uni ish holatlariga nisbatan tadbiq etadi. Fuqarolik 
ishlari  yuritilayotganda  jarayonning  barcha  bosqichida,  buzilganligi  yoki 
noto‘g‘ri  qo‘llanganligi  hal  qiluv  qarorining  bekor  qilinishiga  asos 
bo‘ladigan  protsessual  normalarga  qat’iy  va  aniq  rioya  qilinishi  lozim 
(FPKning 377-moddasi).  
Moddiy  yoki  protsessual  huquq  normalari  qo‘llanilayotganda  sud 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  qonunlari,  boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlariga asoslanadi.  
Shunday  qilib,  sud  ishlarni  O‘zbekistan  Respublikasining 
Konstitutsiyasi  va  qonunlari  asosida  hal  qilishi  shart.  Sud,  agar 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlariga  zid 
bo‘lmasa,  boshqa  qonun  hujjatlarini  ham  qo‘llaydi.  Chunki  nizoli 
munosabatni 
tartibga 
soladigan 
huquq 
normalari 
mavjud 
bo‘lmagan  taqdirda,  sud  shunga  o‘xshash  munosabatlarni  tartibga 
soladigan  huquq  normalarini  qo‘llaydi,  bunday  normalar  mavjud 
bo‘lmaganda  esa  nizoni  qonunlarning  umumiy  asoslari  va  mazmunidan 
kelib chiqqan holda hal etadi. Sud O‘zbekistan Respublikasining qonuniga 
yoki  halqaro  shartnomasiga  muvofiq  chet  davlatning  huquq  normalarini 
ham qo‘llaydi (FPKning 14-moddasi). 
Zero, hal qiluv qarorining qonuniyligi sudlar tomonidan umum e’tirof 
etilgan  prinsip  va  normalarga,  mamlakat  halqaro  shartnomalariga  rioya 
etilishini 
anglatadi. 
Shuning 
uchun 
ham, 
agar 
O‘zbekiston 
Respublikasining  halqaro  shartnomasida  O‘zbekiston  Respublikasining 
fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarida 
ko‘rsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, halqaro shartnoma 
sud hal qiluv qarori
qonuniy bo‘lish kerak
asoslangan bo‘lish 
kerak
adolatli bo‘lish kerak


 
 
126 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
qoidalari qo‘llaniladi (FPKning  1-moddasi uchinchi qismi). 
Bu  qoida,  birinchi  navbatda  halqaro  pakt  va  kelishuvlarda:             
1948-yil  10-dekabrda  BMT  tomonidan  qabul  qilingan  Inson  huquqlari 
umumjahon  deklaratsiyasi,  1950-yil  4-noyabrda  qabul  qilingan  “Inson 
huquqlari  va  asosiy  erkinliklari  muhofazasi  haqida”gi  Yevropa 
Konvensiyasi, BMTning Bosh Assambleyasida  1966-yil 1-dekabrda qabul 
qilingan    “Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to‘g‘risida”gi  halqaro  pakt  va 
“Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar  to‘g‘risida”gi  halqaro  pakt  va 
boshqa  shartnomalarda  mustahkamlangan  inson  huquqlariga  nisbatan 
tadbiq etiladi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish