tomonidan
alohida
xonada
(maslahatxonada)
chiqariladigan ajrimlar;
• sud tomonidan murakkab bo‘lmagan masalalar hal etilganida
o‘z joyida chiqariladigan ajrimlar.
Sud majlisi bayonnomasiga qayd qilib qo‘yiladigan ajrimlar sudning
alohida xonasi (maslahatxonasi)ga kirmasdan, o‘z joyida chiqariladi.
Boshqa
barcha
holatlarda
ajrimlar
sudning
alohida
xonasi
(maslahatxona)da alohida protsessual hujjat shaklida chiqariladi.
Alohida protsessual hujjat shaklida chiqariladigan ajrimlar sud hal
qiluv qarorlari kabi to‘rt qismdan:
Sud ajrimlarining kirish qismida ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi,
sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi,
ishda ishtirok etuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bayon
qismida nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning
mohiyati, ishda ishtirok etayotgan shaxslarning fikrlari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |