Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


Hal  qiluv  qarorining  xulosa  qismi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Hal  qiluv  qarorining  xulosa  qismida  taraflarning  familiyasi,  ismi, 
otasining  ismi  va  yuridik  shaxsning  nomi  to‘liq  keltirilishi,  da’vo 
talablarining  qanoatlantirilganligi  (to‘liq  yoki  qisman)  yoki  butunlay 
yoxud  qisman  rad  etish  haqidagi  sudning  xulosasi  aniq  aks  ettirilgan 
bo‘lishi  lozim.  Shuningdek,  sud  xarajatlarining  taqsimlanishi,  hal  qiluv 
qarori  ustidan  shikoyat  berish  muddati  va  tartibi  ko‘rsatilishi  shart.  Hal 
qiluv 
qarorining 
xulosa 
qismi 
qarorni 
ijro 
etish 
chog‘ida 
tushunmovchiliklar va nizolar vujudga kelmasligi uchun tushunarli va aniq 
tarzda ifoda etilmog‘i kerak. 
Moddiy  huquqiy  munosabatlarning  xususiyatiga  qarab  hal  qiluv 
qarorlarining  xulosa  qismlari  bir-biridan  sezilarli  farq  qiladi.  Sud  pul 
mablag‘larini  undirish  to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qarorida  undirilishi  lozim 
bo‘lgan  pul  summalarini  undirish  davrini,  asosiy  qarzning,  zararlarning, 
neustoykaning  hamda  foizlarning  umumiy  mikdorini  alohida-alohida 
aniqlagan holda ko‘rsatadi (FPKning 257-moddasi).
 
 
Sud javobgar zimmasiga mol-mulkni yoki pul summalarini olib berish 
bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  muayyan  harakatlarni  bajarish  majburiyatini 
yuklatishni  nazarda  tutuvchi  hal  qiluv  qarorini  qabul  qilish  chog‘ida, 
qarorning  o‘zida,  agar  javobgar  hal  qiluv  qarorini  belgilangan  muddat 
ichida  bajarmasa,  da’vogar  shu  harakatlarni  javobgarning  hisobidan 


 
 
130 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
amalga  oshirishga  va  zarur  xarajatlarni  keyinchalik  javobgardan  undirib 
olishga haqli ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat 
javobgar  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin  bo‘lsa,  sud  hal  qiluv 
qarorida uni ijro etish kerak bo‘lgan muddatni belgilab qo‘yadi (FPKning 
259-moddasi). 
Sud hal qiluv qarorining xulosa qismida, shuningdek qarorni ijro qilish 
uchun qabul qilingan choralar ko‘rsatiladi. Masalan, qonunda belgilangan 
alohida  hollarda  ish  holatlariga  qarab,  hal  qiluv  qarorining  ijrosini 
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uni ijro etish muddati va qarorni 
darhol ijro etish shartlari ko‘rsatilishi mumkin. 
FPKning 246-moddasiga ko‘ra sudya yoki sud ishni mazmunan ko‘rib 
bo‘lganidan  so‘ng  shu  sud  majlisining  o‘zidayoq  darhol  uzil-kesil  qaror 
shaklida hal qiluv qarori chiqaradi.  
Asoslantirilgan  hal  qiluv  qarorining  kirish  va  xulosa  qismi  ishni 
ko‘rish  tugallangan  kuni  e’lon  qilingan  hal  qiluv  qarorining  kirish  va 
xulosa  qismiga  so‘zma-so‘z  to‘g‘ri  kelmog‘i  lozim.  Ishni  ko‘rish 
tugatilgan  kuni  hal  qiluv  qarorining  e’lon  qilingan  kunidagi  kabi 
asoslantirilgan hal qiluv qarori chiqarilgan kun deb ko‘rsatiladi. Hal qiluv 
qarorining  e’lon  qilingan  xulosa  qismi  hamda  asoslantirilgan  hal  qiluv 
qarori  sudya  (sud  tarkibi)  tomonidan  imzolanib,  ishga  qo‘shiladi. 
Asoslantirilgan  hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  apellatsiya  shikoyati  yoki 
protest keltirish muddati hal qiluv qarori bilan tanishish uchun belgilangan 
kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish