8.2.
Da’vo arizasi, uning tuzilishi va mazmuni
Da’vo arizasida da’vogarning talablari va iltimoslari ko‘rsatib o‘tilgan
bo‘ladi. Taraflar o‘rtasida kelib chiqqan moddiy-huquqiy nizoni sudda ko‘rib
hal qilish maqsadida sudga taqdim etilgan da’vogarning da’vo arizasi sudda
bir vaqtning o‘zida huquq himoyasining protsessual vositasi bo‘lish bilan
birga sudda ish qo‘zg‘atishning protsessual vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Da’vo arizasi subyektiv huquq to‘g‘risidagi nizoni hal qilish uchun
sudga murojaat qilishning qonun bilan belgilab qo‘yilgan shaklidir.
FPKning 188-moddasiga ko‘ra sudda ishlar yozma shaklda, shu
jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan
qo‘zg‘atilishi nazarda tutiladi.
FPKning 189-moddasida arizaning mazmuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unga ko‘ra:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa,
uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil
tomoni-dan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa,
94
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
4) da’vogarning talabi;
5) agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
6) da’vogar
o‘z
talabiga
asos
qilib
ko‘rsatayotgan
holatlar
va
da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
7) javobgar
bilan
nizoni
sudgacha
hal
qilish
tartibiga
rioya
etilganligi
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar,
basharti
bu
qonunda
yoki
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati bayon etilishi lozim.
Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza
vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning
vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Boshqa
shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat
boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan
beriladigan arizada ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan
tashqari ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili ko‘rsatilishi kerak.
Arizada da’vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning
telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzili ko‘rsatilganligi arizachining sud
chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv
qarorlarining hamda ajrimlarining ko‘chirma nusxalarini elektron
hujjat tarzida olishga bo‘lgan roziligidir.
Da’voning bahosi FPKning 129-moddasiga binoan aniqlanadi.
Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan
baho da’vo qilinayotgan mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi
yaqqol bo‘lsa, da’voning bahosini sudya belgilaydi. Agarda da’vo aynan
pul bilan bog‘liq bo‘lsa, undirilishi kerak bo‘lgan pul aniq qilib
ko‘rsatiladi. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida
prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar
tomonidan beriladigan arizalar FPKning 189-moddasi talablariga javob
berishi lozim.
Agar qonunda yoki shartnomada taraflarning nizolarni sudgacha hal
qilish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lsa, da’vogarning arizasida bu haqida
ma’lumot berilishi kerak. Da’vo arizasida arizaga ilova qilingan hujjatlar
haqida ham aytib o‘tilishi kerak. Da’vogar o‘zining va ishda ishtirok
etuvchi boshqa shaxslarning, javobgarning telefon raqamini, faksini,
elektron pochtasini va ishni ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Da’vo arizasi da’vogar tomonidan imzolanadi. Lekin, da’vogar nomidan
boshqa shaxs ish olib borish huquqiga ega bo‘lsa, o‘sha shaxs imzolashi
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |