unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqarib,
bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga
muhlat beradi.
Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish uchun asos
bo‘ladigan holatlar ro‘yxati tugal hisoblanadi va uni kengaytirib sharhlash,
qonunda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.4. Arizani qabul qilish, uni rad qilish asoslari va rasmiylashtirish tartibi
Arizalar sudlarda sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya
tomonidan qabul qilinadi. Fuqarolik ishi qo‘zg‘atish masalasini sudya hal
qiladi va bu haqda sud ajrim chiqaradi.