Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet99/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Dalillar maqbulligi deganda, dalilni qonunda belgilangan manbadan, faqat vakolatli shaxslar tomonidan olish usullari hamda qayd etish nuqtayi nazaridan tavsiflovchi sifat tushuniladi.

Jinoyat ishlari yurituvida qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Dalillarni maqbul deb e’tirof etish shartlari quyidagilardir:

  1. dalil tegishli subyekt tomonidan, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi;

  2. faktga oid ma’lumotlar faqat Jinoyat-protsessual kodeksi 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan bo‘lishi;

  3. dalil uni olish bilan bog‘liq protsessual harakatni o‘tkazishga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan bo‘lishi;

  4. dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi shart.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonunni aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga ko‘ra yuz berganligidan qat’iy nazar, shu yo‘l bilan olingan dalillarning nomaqbul (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi.
Nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan Jinoyat-protsessual kodeksining 82 – 84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘yish mumkin emas.
Shuningdek, ish bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov xulosasi va hukmda nomaqbul dalillarga asoslanish mumkin emas18.
Dalillar, jumladan, quyidagi hollarda nomaqbul deb topiladi, agar:

  1. dalil surishtiruvchi tomonidan surishtiruv tamom bo‘lganidan so‘ng, tergovchi, prokurorning yozma topshirig‘isiz o‘tkazilgan tergov harakati davomida olingan bo‘lsa, tergov harakati belgilangan tartibda ishni o‘z yurituviga olmagan yoki tergov guruhi tarkibiga kiritilmagan tergovchi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, tergov harakati Jinoyat-protsessual kodeksi 76-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra rad etilishi shart bo‘lgan shaxs tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa;

  1. ma’lumotlar tergov va sud harakati o‘tkazilmasdan yoki qonunda nazarda tutilmagan manbadan, masalan, jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida olingan bo‘lsa;

  2. dalil qonunga xilof usul bilan, ya’ni uni to‘plash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinmagan holda olingan bo‘lsa, jumladan:

a) prokurorning sanksiyasi olinishi shart bo‘lgan hollarda tergov harakatining sanksiya olinmasdan o‘tkazilishi (kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno);
b) tergov harakatida xolis sifatida ish bo‘yicha manfaatdor shaxsning, shu jumladan, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki;
d) ko‘rsatmalarning, shu jumladan, aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarning qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shuningdek aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar orqali olinishi;
e) ekspert xulosasining ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek ekspert rad etilishi shart bo‘lgan holda olinishi;
f) himoyachining, ishtiroki shart bo‘lgan hollarda uning ishtirokisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ko‘rsatma olinishi;
g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yaqin qarindoshlarining Jinoyat-protsessual kodeksi 116-moddasi talablariga xilof ravishda o‘z roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi. sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi;
4) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan bo‘lsa:
5) tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘qligi;
6) tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
7) tergov va sud boshlangan va tugallangan vaqtning ko‘rsatilmaganligi;
8) Jinoyat-protsessual kodeksi 90 – 93-moddalarida nazarda tutilgan boshqa talablarning bajarilmaganligi.
Jinoyat-protsessual qonuni talablari buzilgan tarzda olingan boshqa hollarda ham dalillar nomaqbul deb topilishi mumkin19.
Bu borada xorijiy tajribaga murojaat qiladigan bo‘lsak, masalan, Gollandiya Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan, dalillarni dalillar ro‘yxatidan chiqarib tashlash yoxud uni nomaqbul deb topishga quyidagi holatlardagina yo‘l qo‘yiladi:

  1. Dalillarni to‘plash jarayonida Jinoyat-protsessual qonunchilik bilan belgilangan qoidalarning qo‘pol buzilishi;

  2. Dalillarni to‘plashda Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonunchilik normalarida belgilangan prinsiplarning qo‘pol buzilishi dalilni nomaqbul deb topishga asos bo‘ladi20.

AQSH olimlari esa dalillning maqbulligi – bu dalilning “huquqiy ruhsatnoma”si bo‘lib, u orqali dalillarni jinoyat ishiga qo‘shish va ulardan jinoyat ishida foydalanishga berilgan ruxsatdir deb ta’rif berishadi21.
To‘g‘ri protsessual qaror chiqarishning zaruriy sharti – ishonchli dalillarning mavjudligidir.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish