Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet24/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Birinchidan, qonuniylikni mustahkamlashga – jinoyat ishlarini yuritishda Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini e’tirof etishga, shuningdek jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslar – surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudya faoliyatida qonunlarga og‘ishmay va qat’iy rioya etilishini taminlashga qaratilganligini, xususan jinoyat-huquqiy va protsessual normalarni qo‘llashda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning shaxsni gumon qilish, ayblashda, sudyaning esa hukm chiqarishda o‘z ixtiyoriga qarab ish ko‘rish chegarasi qonun bilan aniq tartibga solinganligini anglatadi;
Ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olishga – sudlanuvchi va boshqa shaxslarga axloqiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatib, ular tomonidan kelgusida jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi;
Uchinchidan, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga – jinoyat-protsessual qonun hujjatlari jinoyat tufayli zarar yoki ziyon yetgan alohida shaxslar, davlat yoki jamiyat manfaatlarini himoya etishga, shu jumladan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy ziyonni qoplashga xizmat qiladi.
Jinoyat protsessining muhim vazifasi yangi jinoyatlarni oldini olish, profilaktika qilish, aholini qonun va huquq-tartibotga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. Jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi, ularni bartaraf etishga qaratilgan samarali choralarni ko‘rishlari shart. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining talablarini bajarish bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudning zimmasidadir. Bu talablarni amalga oshirishdan davlat, jamiyat va har bir inson manfaatdor ekani bois unga erishish barchaning umumiy vazifasidir.


1.6. Jinoyat-protsessual huquqi normalari
Jinoyat-protsessual huquqining tashqi shaklini uning manbalari, ichki shaklini esa huquq normalari tashkil qiladi. Jinoyat-protsessual normalarning mazmuni jinoyat-protsessual huquq subyektlarining xulq-atvor qoidalaridan iborat. Jinoyat-protsessual huquqi subyekti huquq normasida o‘z aksini topgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirar ekan jinoyat-protsessual munosabatlarga kirishadi va shu orqali muayyan jinoyat ishi bo‘yicha huquqiy munosabatlar subyektiga (ishtirokchisiga) aylanadi. Jinoyat-protsessual huquqi o‘zida jinoyat-protsessual qonunda ifodalangan normalar majmuini ifodalaydi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish