Jinoyat protsessi va sud statistikasi. Sud statistikasi – statistika fanining sohasi bo‘lib, uning predmeti jinoyatchilik holati to‘g‘risidagi miqdoriy ma’lumotlarni, uning dinamikasi hamda unga qarshi kurash choralarini o‘rganish va umumlashtirishdir. Bunday ma’lumotlarsiz jinoyatchilik sabablarini, unga qarshi kurash maqbul chora-tadbirlarini, tegishli jinoiy jazolarning samaradorligini, shuningdek jinoyat ishlarini sudda ko‘rishning qonun hujjatlari va sudlov organlari faoliyatining yanada takomillashtirilishini taminlash mumkin emas. Shu boisdan ham surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlarida ishlarni qo‘zg‘atish, tergov qilish va ko‘rib chiqishning, ularning sudda ko‘rilishi natijalarining, qo‘llanilayotgan jazo choralarining hisobi yuritiladi va shu kabi boshqa ma’lumotlar hisobga olinadi. Sud statistikasining mazmuni fanning bu sohasi nomlanishiga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat sud faoliyatini, balki jinoyat ishlarini sudda ko‘rish boshqa organlarining – surishtiruv, tergov va prokuraturaning ham statistik faoliyatini qamrab oladi4.
1.5. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari va uning vazifalari
Jinoyat ishlarini yuritish tartibi faqatgina O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibini belgilovchi muqobil qonun hujjatlari mavjud emas.
Jinoyat-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati Jinoyat-protsessual kodeksdir. Bu kodeksning normativ-huquqiy hujjat turi sifatida o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, kodeks – bugungi kunda joriy qonunlarning asosiy va muhim turlaridan biri hisoblanadi, qonunchilik tarmoqlarida integratsiya funksiyasini bajaradi, qonunchilik tarmoqlari o‘rtasidagi tizimli aloqalar manbai sifatida xizmat qiladi. Kodeksning davlat uchun ahamiyati unda o‘zaro ichki muvofiqlashgan huquqiy normalar tizimi mujassam bo‘lishi bilan belgilanadi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi.
Jinoyat ishlari yurituvi tartibining ham kodifikatsiyalashgan normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinishi ushbu munosabatlarda tezkorlik, aniqlik va tizimlilikni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, kodekslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi. Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi ham O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan barcha qoidalar normativ xususiyatga hamda qonun kuchiga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududi doirasida bir xilda qo‘llaniladi. Shuningdek, unda belgilangan jinoyat ishlarini yuritish tartibi barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda fuqarolar uchun yagona va majburiy xususiyatga egadir.
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari Jinoyat-protsessual kodeksining 2-moddasida belgilab berilgan. Unda jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining to‘rtta asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalar qonunda nihoyatda aniq va tizimli ifodalangan bo‘lib, quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |