Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet134/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Jo‘natmalarni xatlab qo‘yish ularni:
a) ko‘zdan kechirish;
b) olib qo‘yish;
v) manfaatdor shaxslarning o‘zaro xabarlashuvlariga chek qo‘yish;
g) jinoyat sodir etishda qatnashgan shaxslarni aniqlash;
d) jinoyat sodir qilgan va qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan joylarini aniqlash;
e) jinoyat qurollari va o‘g‘irlangan narsalarni topish maqsadlarida o‘tkaziladi.
Jo‘natmalarni xatlash faqat gumon qilinuvchi va ayblanuvchi hamda ular bilan bog‘liq shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167-moddasiga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf jo‘natmalarini xolislar ishtirokida, zarurat bo‘lganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, ko‘zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud ulardan nusxa ko‘chirish bilan chegaralanadi. Agar ko‘zdan kechirilgan jo‘natmalarda ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki o‘zi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma beradi.
Ushlangan jo‘natmalar ko‘zdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf jo‘natmalari ko‘zdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi jo‘natmalardan nusxalar olinganligi ko‘rsatilishi lozim. Bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90 – 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.
Har qanday jo‘natma:
– oddiy, qimmatbaho, buyurtma xatlar, telegrammalar, banderollar, posilkalar, otkritkalar xatlab qo‘yishligi, ko‘zdan kechirilishi va olib qo‘yilishi mumkin. Pochta-telegraf xat-xabarlari va jo‘natmalari chiqib ketayotgan hamda kirib kelayotgani ham xatlanishi kerak. Xatlab qo‘yish muddati dastlabki tergov muddatidan oshmasligi lozim.
Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlar, hujjatlar, ashyolar topilgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud ulardan nusxa ko‘chirish bilan chegaralanadi. Nusxa ko‘chirish kseroks orqali amalga oshirilishi zarur, chunki hujjatning asl nusxasi kseroksda nusxalashtirilganda uning nusxasi ushbu hujjatning kriminalistik aynanligiga mansub bo‘lgan belgilarini yo‘qotmaydi. Kseroksda olingan nusxa to‘la ravishda daliliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Kseroks ishlatilganligi to‘g‘risida ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish bayonnomasida qayd etish kerak va uning texnik parametrlari ham qayd etilishi kerak.
Jo‘natmalarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirishda tergovchi ularning mazmunini sir saqlash choralarini ko‘rishi lozim. Aks holda fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish prinsipi buzilgan hisoblanadi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish ikki kishidan kam bo‘lmagan, shu muassasada ishlovchi xolislar ishtirokida o‘tkazilishi lozim. Bu esa jo‘natmalarning mazmuni sir saqlanishining kafolati hisoblanadi.
Ishga aloqador bo‘lmagan pochta-telegraf jo‘natmalarini tergovchi, surishtiruvchi ko‘zdan kechirgach va nusxasini olgach, egalariga yetkazishi yoki o‘zi belgilangan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma berishi mumkin.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish bayonnomasi tuzilishi kerak va u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90 – 92-moddalarning talablariga to‘la rioya qilishi lozim. Ushbu bayonnomada ko‘zdan kechirilgan va olib qo‘yilgan obyektlar to‘liq tavsif etilishi tasdiqlanishi lozim.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qo‘llashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Dastlabki tergov davomida ish tugatilganda, birinchi instantsiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qo‘yish chorasi bekor qilinishi lozim.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish