Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat protsessida protsessual chiqimlar



Download 0,94 Mb.
bet205/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

13.3. Jinoyat protsessida protsessual chiqimlar
tushunchasi va turlari

Protsessual chiqimlar instituti jinoyat ishlari yurituvi tizimida muhim o‘rin egallaydi hamda shaxs huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishining muhim kafolati hisoblanadi.


Jinoyat-protsessual kodeksining 40-bobidan o‘rin olgan protsessual chiqimlar va ularni qoplash tartibiga oid normalarning belgilanishi, ularda shu jumladan, protsessual chiqimlar ro‘yxati va ularni qoplash asoslarining ko‘zda tutilganligi jinoyat protsessida ishtirok etayotgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini taminlashga xizmat qiladi.
Ta’kidlash lozimki, jinoyat protsessida protsessual chiqimlar instituti ko‘p jihatdan fuqarolik-protsessual huquqi, xo‘jalik-protsessual huquqidagi analogik institutlar bilan o‘xshash bo‘lsa-da, boshqa tomondan jinoyat-protsessual faoliyat ko‘p jihatdan ommaviy asoslarga egaligi bilan ulardan farqlanadi.
Bundan tashqari, protsessual chiqimlar instituti jinoyat protsessining boshqa institutlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir, zero, jinoyat-protsessual qonunchilik yaxlit holda umumiy tizimga ega bo‘lib, jinoyat-protsessual faoliyat sohasiga jalb qilingan fuqarolarning huquqlariga qat’iy va og‘ishmay rioya etilishini ta’minlaydi.

Protsessual chiqimlar – jinoyat ishlari yurituvini amalga oshirayotgan subyektlar (surishtiruv, dastlabki tergov, sud) va boshqa protsess ishtirokchilarining jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan huquqiy munosabatlarni jinoiy buzilishi va uning holatlarini aniqlash bo‘yicha jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirishga oid hamda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsdan va (yoki) jinoyat sud ishida ishtirok etayotgan boshqa shaxslardan, alohida hollarda esa, davlatdan undiriladigan xarajatlari.

Protsessual chiqimlar:


1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan;
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashg‘ulotidan chalg‘itganlik uchun to‘lanadigan summadan;
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;
4) Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
5) ashyoviy dalillarni saqlash va jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar summasidan;
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza o‘tkazish uchun sarflangan summadan;
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish va tergov qilish bilan bog‘liq xarajatlarni ularning mazmuni va protsessual qonunchilikda belgilangan qoplash tartibidan kelib chiqqan holda shartli ravishda ikki guruhga ajratishimiz mumkin:
a) kompensatsiya ko‘rinishidagi to‘lovlar – ishtirokchilar sarflagan xarajatlarni qoplash uchun ularga to‘lanadigan pul mablag‘i;
b) benefitsiar ko‘rinishdagi to‘lovlar – jinoyat sud ish yurituvi jarayonidagi o‘z majburiyatlarini bajarganligi uchun to‘lanadigan mukofot puli tariqasidagi pul mablag‘i.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining 2009-yil
24-noyabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi 13-son qaroriga binoan protsessual chiqimlarga tegishli boshqa xarajatlar deganda, jinoyat ishi bo‘yicha bevosita shaxsning aybdorligiga doir dalillarni to‘plash va tekshirish yuzasidan surishtiruv, tergov organlari va sudlar tomonidan qilingan sarf-xarajatlar tushuniladi. Boshqa xarajatlarga, jumladan, tergov eksperimenti yoki ekspertiza o‘tkazish chog‘ida buzilgan yoki yo‘q qilingan narsalar qiymatini qoplash; jinoyat ishini alohida ish yurituvga ajratish; tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar (ayblanuvchilardan tashqari) xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq sarflar kiritilishi mumkin33.
Ayni paytda esa, mazkur qarorga ko‘ra quyidagilar jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarga kirmaydi:

  • guvoh, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruv, tergov organlari, prokuror yoki sudga chaqirilganligi bilan bog‘liq vaqt uchun ularning ish joyida qonunga ko‘ra saqlanib qoluvchi o‘rtacha ish haqi;

  • ekspert, mutaxassis, tarjimonga u surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haq, basharti bu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilganda;

  • mazkur ishni surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudda yuritish bilan bog‘liq devonxona va pochta xarajatlari.

Jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summa; doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashg‘ulotidan chalg‘itganlik uchun to‘lanadigan summa; ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haq, ana shu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno; va Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haq surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqiriladigan guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga o‘z turar joyidan shu chaqirilgan yerga kelish va bu yerdan qaytib ketish xarajatlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlariga xizmat safariga borish va qaytish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda to‘lanadi.
Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar o‘zlarining doimiy yashash joylaridan tashqaridagi surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqirilganda va ular shu chaqirilgan joyda bir sutkadan ortiq turishlari lozim bo‘lganda, ularga turar joy binosini ijaraga olganlik uchun qilingan xarajatlar va sutkalik xarajatlar, shuningdek xizmat safari bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun belgilangan tartibda va miqdorda to‘lanadi.
Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish uchun eng kam ish haqiga nisbatan – ishning bir soatiga 0,015 – 0,020 koeffitsiyenti bo‘yicha haq to‘lanadi.
Tarjimonlar yozma tarjimaga – har 1000 bosma (qo‘lyozma) belgi uchun eng kam ish haqiga nisbatan – 0,010 – 0,015 koeffitsiyenti bo‘yicha haq oladilar.
Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari o‘tkazadigan so‘roqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar eng kam ish haqiga nisbatan - ishning bir soatiga 0,015 – 0,020 koeffitsiyenti bo‘yicha haq oladilar.
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar bajargan ishlari uchun surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar.
Bu haqning miqdori ekspert, mutaxassis yoki tarjimonni chaqirgan idora tomonidan ularning malakasi va ishning murakkabligi, shuningdek bajarilgan ish uchun sarflangan vaqtni hisobga olib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil
20-iyundagi “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 137-son qarorida fuqaroni yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning ajrimi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish uchun asos hisoblanishi; oilasida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan ortiq bo‘lmagan shaxslar advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi va xarajatlar davlat hisobiga o‘tkazilishi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bog‘liq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek Jinoyat-protsessual kodeksi 52-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik yordam uchun haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar davlat hisobiga o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrdagi 1878-son bilan ro‘yxatga olingan, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining 2009-yil
24-noyabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi 13-son qarorida protsessual chiqimlarni undirish masalalari yuzasidan sudlarga tushuntirish berib o‘tilgan34.
Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bog‘liq butkul vaqt uchun ularning ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.
Mehnat kodeksining 165-moddasiga binoan, xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart bo‘lib, bunda ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Mehnat kodeksining 169-moddasida xodimga tegishli bo‘lgan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi barcha hollarda (kafolatli to‘lovlarni berish, ta’til vaqti uchun haq to‘lash, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda, zararni qoplashda, majburiy progul qilinganda va boshqa hollarda ish haqi to‘lash), pensiya tayinlash uchun o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishni istisno etganda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishi qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan “Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishi bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni to‘lash tartibi” tasdiqlangan.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish