13.2. Protsessual muddatlarni hisoblash, uzaytirish va tiklash
Jinoyat protsessida vaqtning umumiy birliklaridan bo‘lgan soat, sutka, oy va yillar asosida protsessual vazifalar bajarilishining qat’iy chegaralari belgilanadi. Jinoyat-protsessual huquqida muddatlar yuridik fakt sodir bo‘lgan daqiqadan tegishli daqiqagacha prinsipi asosida hisoblanadi. Shu bois, muddatlar soat va sutkalar bilan hisoblanganda muddatning o‘tishi boshlangan soat hisobga olinadi.
Error: Reference source not foundProtsessual majburlov choralari qo‘llanganda, muddatlarni hisoblash tartibiga muvofiq, shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash va tibbiy muassasaga joylashtirishda muddat ushbu choralar amalda qo‘llanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Bunda Jinoyat-protsessual kodeksining
226-moddasidagi ushlangan militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab ko‘pi bilan yetmish ikki soatni tashkil etuvchi va tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur hamda yetarli asoslar taqdim etilganda sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek alohida hollarda ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik ushlab turish muddati, 245-moddadagi jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turishning uch, besh, yetti oygacha bo‘lgan qamoqda saqlab turish muddati, 268-moddadagi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi, shuningdek sudning shikoyat yoki ajrimni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart bo‘lgan qirq sakkiz soat hamda apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran ko‘rib chiqishning yetmish ikki soatlik muddati o‘tgach shaxs darhol ozod qilinishi lozim.
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan bo‘lsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan bo‘lsa, qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki tibbiy muassasa ma’muriyatiga topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tgan deb hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |