Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Reabilitatsiya qilish huquqi jamlangan protsessual hujjatlar



Download 0,94 Mb.
bet197/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Reabilitatsiya qilish huquqi jamlangan protsessual hujjatlar:

  • sudning oqlov hukmi;

  • yuqori instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini JPKning 83-moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi ajrimi yoki qarori;

  • ishni dastlabki tergovda JPKning 83-moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi qaror.

Agar ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida sud tomonidan tugatilgan bo‘lsa, ziyon miqdori hukm chiqargan sud tomonidan aniqlanishi lozim. Ammo bu masalada amalga oshiriladigan hisob-kitobning xolis amalga oshirilishi uchun, bu ishni qabul qilgan ayblov hukmi bekor qilinib tugatilgan sudyaga emas, boshqa shaxsga berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sud ajrim, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi (Jinoyat-protsessual kodeksining 307-moddasi). Ajrim yoki qarorda yetkazilgan barcha turdagi mulkiy ziyonni qoplashni amalga oshiruvchi – moliya, ijtimoiy ta’minot, uy-joy va boshqa organlar ko‘rsatiladi.
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, mulkiy ziyonni qoplab berishi lozim bo‘lgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, agar u vafot etgan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga yoki oila a’zolariga beriladi yoki yuboriladi.
Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilishning yuqorida keltirilgan qoidalari jinoyat-protsessual qonuni belgilagan tartibni ifoda qiladi. Agar mazkur tartibda qabul qilingan ajrim yoki qarorda ko‘rsatilgan ziyon miqdori asosli emas degan fikrda bo‘lsa, reabilitatsiya qilingan shaxs tergovchining, prokurorning pul to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga, sudning ajrimi ustidan esa yuqori turuvchi sudga shikoyat qilishi mumkin. Sudning ajrimi ustidan prokuror ham protest bildirish vakolatiga ega.
Agar shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilmasa yoxud shaxs qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmasa, reabilitatsiya qilingan shaxs tegishli talab bilan da’vo ishini yuritish tartibida fuqarolik sudiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi (JPKning 311-moddasi).
Reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi sudning ajrimi uni ijro etish uchun yuborilgan barcha organlar uchun majburiydir. Sud qarorini o‘z vaqtida yoki to‘la bajarmaslik qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi sudning ajrimini, tergovchi yoki prokurorning qarorini olgandan so‘ng, reabilitatsiya qilingan shaxs moliyaviy, ijtimoiy ta’minot organlari, uy-joy idoralariga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning huquqlarini tiklash talabi bilan murojaat qiladi. Agar reabilitatsiya qilish haqidagi sudning ajrimi yoki tergovchining, prokurorning qarorini ijro etishi lozim bo‘lgan organ yoki mansabdor shaxs uni bajarishni istamasa, shaxs ajrim yoki qarorni ijro etish masalasida sudga yoki tergovchiga, prokurorga murojaat qilishga haqli.
Qonunga xilof ravishda hukm qilingan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, ushlab turilgan, lavozimidan chetlashtirilgan yoki lavozimidan ozod etilgan shaxs avval ishlagan lavozimiga tiklanishi lozim. Basharti shaxsni ilgari ishlagan lavozimiga tiklash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish berilishi lozim.
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan vaqti, jazo o‘tagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shilishi lozim. O‘quv yurtida talabalar safidan chiqarilgan shaxs esa, o‘qishga tiklanishi zarur.
Qonunga xilof ravishda hukm qilingan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, ushlab turilgan, lavozimidan chetlashtirilgan yoki lavozimidan ozod etilgan shaxs ilgari o‘zi egallab kelgan uy-joyi qaytarib berilishi, agar buning imkoni bo‘lmasa, o‘sha tuman yoki aholi punktining o‘zida avvalgisiga teng qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joy berilishi kerak (JPKning 310-moddasi).
Shu bilan birga, qonunga xilof ravishda hukm qilingan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, ushlab turilgan, lavozimidan chetlashtirilgan yoki lavozimidan ozod etilgan shaxs ma’naviy ziyonning oqibatlarini bartaraf qilinishini talab qilishga haqli. Fuqarolik kodeksining 1021-moddasida ma’naviy zararni undirish asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish, javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olish, ushlab turish yoki namunali xulq-avtorga ega bo‘lish to‘g‘risida tilxat olish, ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash tufayli fuqaroga yetkazilgan ma’naviy ziyon uni yetkazgan aybdorning mavjudligidan va uning istagidan qat’iy nazar undirilishi lozim.
Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga muvofiq, ma’naviy ziyon pul shaklida qoplanishi lozim. Uning miqdori va hajmi fuqaroga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azob-uqubatlarning darajasiga qarab sud tomonidan belgilanadi. Adabiyotlarda ma’naviy zararning obyektlari sifatida: shaxsni xo‘rlash, obro‘sini to‘kish, insoniy qadr-qimmatini poymol etish, hayotiga yoki sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazish, nomulkiy huquqlaridan, masalan, mualliflik huquqidan mahrum qilish kabilar kiritiladi32.
Jismoniy va ma’naviy ziyonning darajasi shunday ziyon yetkazishning holatlarini hamda ma’naviy ziyon ko‘rgan fuqaroning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda sud tomonidan belgilanadi. Shuningdek, ma’naviy ziyonning oqibatlari mulkiy ziyonning qoplanganligidan qat’iy nazar bartaraf etilishi lozim.
Agar shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan bo‘lsa, reabilitatsiya qilingan shaxsning, u vafot etgan bo‘lsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining talabiga ko‘ra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi to‘g‘risida bir oy ichida xabar berishlari lozim (JPKning 309-moddasi).
Jinoyat-protsessual kodeksida qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan yoki jinoyat ishida ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan harbiy xizmatchilarning reabilitatsiya qilinishi natijasida pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish borasidagi qoidalarni tartibga soladi. Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning huquqlarini tiklash va yetkazilgan ziyonni qoplash masalalari Jinoyat-protsessual kodeksining yuqorida qayd etilgan moddalarida belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchining harbiy xizmatga, egallab kelgan lavozimiga yoxud harbiy nafaqasini tiklash, harbiy unvonlarini qaytarish masalasini hal qilish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlarini tiklash, uning mulkiga yetkazilgan ziyonni qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisining maxsus buyrug‘ida belgilangan tartibda hal qilinadi. Shunday bo‘lsa-da, qonunga xilof ravishda hukm qilingan, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingan, qonunga xilof ravishda ushlab turilgan harbiy xizmatchini reabilitatsiya qilish haqidagi sudning oqlov hukmi, yuqori sudda yoxud tergovchining, prokurorning jinoyat ishini jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarida tugatish to‘g‘risidagi qarori harbiy xizmatchining huquqlarini tiklash uchun ustuvor ahamiyatga ega.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat protsessida reabilitatsiya tushunchasi va turlari, reabilitatsiyaning huquqiy oqibatlariga oid masalalarni xorijiy davlatlar qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi tegishli qarorlari asosida qiyosiy-huquqiy tahlil qilib, jinoyat ishlarini yuritishda reabilitatsiya institutining rolini aniqlashlari lozim.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish