Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar



Download 0,94 Mb.
bet195/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

12.4.Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar

Reabilitatsiya masalasini to‘g‘ri tushunish uchun kimlar bu huquqqa ega va kimlar bunday huquqdan mahrum degan savolga javob topish muhim hisoblanadi. Mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida reabilitatsiya qilinish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar haqida ma’lumotlar yo‘q. Lekin bunday shaxslarning doirasini Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida qayd etilgan holatlar asosida tugatilgan jinoyat ishlariga aloqador shaxslardan bilib olish mumkin. Jumladan, jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilingan ayblov hukmi:


– shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi;
– e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldorligi;
– sudlanuvchining vafot etganligi;
– shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganligi;
– Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilganligi;
– shaxsning jinoyat sodir etilganidan keyin o‘z harakatlarining mohiyatini idrok etish yoki ularni idora qilish imkoniyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinib qolganligi;
– sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiqligi tufayli bekor qilingan, tugatilgan bo‘lsa, shu toifadagi shaxslar reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Shu bilan birga, yana:
a) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining jabrlanuvchi bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan holatlar asosida jabrlanuvchi bilan yarashganligi;
b) ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rib chiqish paytiga kelib, qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan yoxud vaziyat o‘zgarishi oqibatida bu shaxsning ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lmay qolganligi tufayli tugatilgan taqdirda ham, ushbu shaxslar reabilitatsiya huquqidan mahrum etiladilar.
Negaki, har ikkala guruhga oid vaziyatlarda ham shaxsning jinoyat sodir etganligi masalasi shubhasiz, lekin qonunda nazarda tutilgan ayrim holatlar (masalan, Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasidagi holatlar) tufayli unga nisbatan jinoyat ishi tugatilishi lozimligi belgilangan bo‘ladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanishi lozim (Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi). Shunday ekan, qayd etilgan shaxslarga nisbatan ayblov hukmi qabul qilinmagan yoki ayblov hukmi 84-moddasida ko‘rsatilgan holatlarni qo‘llash zarurligi tufayli bekor qilingan ekan, unda ular aybsiz deb hisoblanadilar. Ammo bunda ushbu shaxslarning jinoyat sodir etganliklari holatini ham unutmaslik kerak.
Mazkur masalalar mantiqiy-huquqiy nuqtayi nazardan murakkablikni keltirib chiqaradi. Ammo jinoyat protsessidagi tortishuv prinsipining mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, shaxsning o‘z aybini bo‘yniga olishi amalda uni davlat idoralari bilan ish bo‘yicha bahs yuritish huquqini yo‘qqa chiqaradi. Bunday holatda shaxs tomonidan davlat oldiga yetkazilgan zararni undirish haqidagi talabni qo‘yish asossiz bo‘ladi. Zero Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga binoan, agar shaxs ziyon yetkazishda aybdor emasligini tasdiqlay olsa, uni qoplash majburiyatidan ozod etiladi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish