Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Vaziyatga baho bering. Aynan bir masala bo‘yicha ham taqdimnoma ham xususiy ajrim kiritish mumkinmi?



Download 0,94 Mb.
bet191/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Vaziyatga baho bering. Aynan bir masala bo‘yicha ham taqdimnoma ham xususiy ajrim kiritish mumkinmi?


MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Jinoyat protsessida jinoyatlarni oldini olish institutini qo‘llash asoslari va shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse).


2. Jinoyatlarni oldini olish mexanizmi. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
3. Jinoyatlarni oldini olishning protsessual shakllari va xususiyatlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
XII BOB. REABILITATSIYA
(muallif – yuridik fanlar doktori F.Muxitdinov)


Annotatsiya: Talabalar tomonidan mazkur mavzuning o‘rganilishi jinoyat protsessida reabilitatsiya tushunchasi, turlari va huquqiy oqibatlari hamda reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklashning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan zaruriy bilimlarni shakllantirish imkonini beradi.


12.1. Reabilitatsiya tushunchasi va uning asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining


2-moddasida belgilangan mazkur qonunning vazifalari ichida muhim o‘rinni “har bir jinoyat sodir etgan shaxs adolatli jazoga tortilishi hamda bironta ham aybsiz shaxs javobgarlik va jazoga tortilmasligi uchun jinoyat sodir etgan shaxslarning aybini fosh etish va qonunni to‘g‘ri tatbiq qilish” vazifasi egallaydi. Biroq, ayrim hollarda dastlabki tergov va sudlar tomonidan jinoyat ishini hal etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Natijada davlat organlari tomonidan noqonuniy javobgarlikka tortilgan fuqarolar o‘zlariga yetkazilgan ziyonni undirish, ya’ni reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lishlari lozim.
Reabilitatsiya iborasi – qayta tiklanish, avvalgi holatga qaytarish ma’nosini anglatadi.



Jinoyat protsesida reabilitatsiya – bu noqonuniy jinoiy ta’qib etish va hukm qilish natijasida aybsiz shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash, undirish deganidir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishguniga qadar davlatimizda amalda bo‘lgan jinoyat-protsessual qonunida mazkur odil institut tan olinmagan, keyinchalik qonunchilikka reabilitatsiyaga oid kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yetkazilgan ziyonni qoplash masalasida deyarli samarali ishlamas, ma’naviy zararni undirishni nazarda tutmas, reabilitatsiyaga sudning hukmi, ajrimi va qarori asos bo‘lishi haqidagi qoidaga amal qilinmas, g‘ayriqonuniy ravishda ushlanganlik, hibsda saqlanganlik va boshqa majburlov choralari qo‘llanganlik sababli shaxsga yetkazilgan ziyonni undirish nazarda tutilmagan hamda ziyonni undirish masalasida sansalorlikka yo‘l qo‘yar edi. Qonunga zid ravishda javobgarlikka va jazoga tortilgan shaxslar, ularning qancha muddat ozodlikdan mahrum etilganligiga qaramay, faqat ikki oylik ish haqi miqdorida tavon puli olardilar.


Davlat mustaqillikka erishganidan so‘ng qabul qilingan Jinoyat-protsessual kodeksi alohida bobda reabilitatsiya qilishning asoslari va qoidalari, mezon va shartlari tartibga solindi. Shunga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida aybsiz shaxsni noqonuniy tarzda jinoiy ta’qib etish yoki hukm qilish oqibatida yetkazilgan ziyon qaysi davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilganidan qat’iy nazar, bevosita davlat tomonidan qoplanishi e’tirof etiladi.

Biroq, fuqaroni noqonuniy javobgarlikka va jazoga tortilishida aybdor bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarga nisbatan fuqaroviy tartibda da’vo qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunchilikda davlat organlari yoki mansabdor shaxslarga nisbatan davlat tomonidan regress tartibda da’vo kiritish tartibi nazarda tutilgan emas. Amaliyotda ham bunday holatlar uchramaydi, balki davlat tomonidan fuqaroni noqonuniy tarzda javobgarlikka va jazoga tortilishida aybli bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan boshqa choralar ko‘zda tutilgan, ya’ni: lavozimidan chetlashtirish, intizomiy javobgarlik, bila turib shaxsni jinoiy javobgarlikka tortganlik, ushlaganlik, hibsda saqlaganlik, dalillarni soxtalashtirganlik, odil sudlovga zid hukm qabul qilganlik uchun (Jinoyat kodeksining 230-, 231-, 234-, 235-moddalari) jinoiy javobgarlikka tortish kabi choralar qo‘llanishi mumkin.


Reabilitatsiyaning maqsadi doimo aybsiz shaxsga yetkazilgan moddiy va mulkiy ziyonni bartaraf etish hamda ma’naviy zararning oqibatlarini tugatish, shuningdek noqonuniy tarzda jinoiy javobgarlikka tortish va hukm qilish tufayli poymol etilgan shaxsning mehnatga, nafaqaga, uy-joyga va boshqa huquqlarini tiklashga qaratiladi.
Jinoyat-protsessual qonunchiligi reabilitatsiyaning ikki shaklda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Birinchisi, to‘liq reabilitatsiya, ya’ni shaxsni noqonuniy tarzda jinoiy javobgarlikka tortish va hukm qilish natijasida unga yetkazilgan moddiy, mulkiy va ma’naviy zararni bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Ikkinchisi, qisman reabilitatsiya bo‘lib, bunda shaxsga nisbatan qo‘llanilgan jazo yoki majburlov choralari aybdorlik va jazoga sazovorlik holatiga monand ravishda hal qilinmaganligi tufayli vujudga keladi. Qisman reabilitatsiya etishda ayblanuvchiga yoki mahkumga yetkazilgan mulkiy ziyonning asossiz qismi qoplanishi va ma’naviy ziyon oqibatlarining asossiz qismi bartaraf qilinishi lozim. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 303-moddasida qisman reabilitatsiya qilishning quyidagi asoslari keltiriladi: 1) shaxs qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganligi; 2) hukmdan ayblov qisman chiqarib tashlanishi va buning natijasida qonunga ko‘ra qamoqda saqlash yoki ozodlikdan mahrum qilish mumkin emasligi; 3) ozodlikdan mahrum qilish muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatan o‘talgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi; 4) jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqarilgan hollarda ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘ining, tibbiy muassasaga joylashtirishning asossizligi.
Reabilitatsiya ko‘p sohaviy va bir necha bosqichli huquqiy munosabatlardan iborat bo‘lib, u shaxsga nisbatan oqlov hukmining qabul qilinishi yoki reabilitatsiya asoslari mavjud bo‘lgan holatlarda jinoyat ishining tugatilishi bilan boshlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 301-moddasi), so‘ngra hukm, ajrim yoki qarorning nusxasini topshirish yoki pochta orqali yuborish asnosida reabilitatsiya qilingan shaxsga uning reabilitatsiya qilinish huquqi, ya’ni mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi. Keyin shaxs reabilitatsiya etish to‘g‘risida qaror chiqargan sudga, prokuror yoki tergovchiga shunday talab bilan murojaat etadi. Shaxsning talabi bir oy muddatdan kechiktirmasdan sud, prokuror yoki tergovchi tomonidan, agar ish kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida tugatilgan bo‘lsa, o‘sha sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ziyon miqdori aniqlanadi (Jinoyat-protsessual kodeksining 306-moddasi) va, nihoyat ziyonni qoplash uchun pul to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sud ajrim, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi va ular reabilitatsiya qilingan shaxsga, u vafot etgan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga yuboriladi (Jinoyat-protsessual kodeksining 307-moddasi). Shu tariqa reabilitatsiyaning protsessual qismi tugaydi.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish