Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Qamoqda saqlash muddatlari va ularni uzaytirish tartibi



Download 0,94 Mb.
bet165/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Qamoqda saqlash muddatlari va ularni uzaytirish tartibi. Bugungi kunda qamoqda saqlash muddatlari va uni uzaytirish tartibiga ham katta e’tibor qaratilmoqda, chunki bu tushuncha chuqur ijtimoiy-huquqiy mazmunga va adolatli maqsadlarga erishish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun bu faoliyatda odillik va xolislik prinsiplari buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Jinoyat-protsessual qonunchilikda tergov, sud muhokamasi va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarining o‘rnatilganligi, jinoyat sudlov vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish va ayblanuvchi (sudlanuvchi) yoki gumon qilinuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Ayblanuvchi (yoki sudlanuvchi)ni uzoq muddat yakuniy protsessual qaror – hukmsiz noma’lum holatda qoldirish mumkin emas. Faqat qonuniy kuchga kirgan sud hukmi, u qanday mazmunda bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu mavhumlikni bartaraf etadi: shaxs yoki mahkum yoki oqlangan shaxsga aylanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245-moddasiga binoan, jinoyat ishi tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish uch oydan ortiq davom etishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 351-moddasida dastlabki tergov muddatlari ham uch oy qilib belgilangan). Bu muddat davomida tergovni tamomlashga imkon bo‘lmasa va ehtiyot chorasini o‘zgartirish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblansa, tegishligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan besh oy muddatga sud tomonidan uzaytirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarining qamoqda saqlash muddatini yetti oygacha uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qamoqda saqlash muddati tugagan va qonunda belgilangan tartibda uzaytirilmagan bo‘lsa, mahkum ozodlikdan mahrum etish joylarida qonuniylikka rioya etilishini nazorat qiluvchi prokurorning qaroriga binoan ozod etiladi.
Qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida Jinoyat-protsessual kodeksi 247-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqilishini, materiallar taqdim etilgan kun va vaqtdan qat’iy nazar (dam olish yoki bayram kunlari, ish vaqti tugagandan so‘ng) taminlashi shart.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rishda qatnashadigan sud majlisi ishtirokchilari tarkibi qonunda qat’iy belgilangan bo‘lib, jinoyat ishini mazmunan ko‘rishda qatnashadigan sud majlisi ishtirokchilari tarkibidan birmuncha farq qiladi.
Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchi statsionar tartibdagi sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan holda uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, shuningdek unga ilova qilingan materiallar bilan sud majlisi ishtirokchilarini tanishtirish qonunda ko‘rsatilmagan. Biroq, himoya huquqi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipdan kelib chiqqan holda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili iltimosnoma va unga ilova qilingan materiallar bilan, basharti ular bu haqda murojaat etishgan taqdirda, prokuror tomonidan sud majlisi boshlangunga qadar tanishtirilishlari lozim.
Sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha chiqarilgan ajrimi ustidan berilgan shikoyat, protestlarni ko‘rib chiqish masalasi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan yakka sudyadan iborat tarkibda, sudning binosida, yopiq sud majlisida, kelib tushgan vaqtidan boshlab, yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisi raislik etuvchi tomonidan qanday shikoyat (protest) ko‘rib chiqilishini e’lon qilish bilan boshlanadi. So‘ngra raislik etuvchi sudyalar, prokuror, himoyachi, qonuniy vakil, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, kotib, tarjimon, tergovchining familiyasi, ismi, sharifini e’lon qiladi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad etish haqidagi arzlar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arzlar mavjud bo‘lsa, sud hay’ati ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 76-, 80-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Shikoyat (protest)ni ko‘rib chiqish sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi, u ko‘rilayotgan masalaning mohiyati, shikoyat (protest) vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan e’tirozlar mohiyatini bayon qiladi. So‘ngra shikoyat (protest) bergan shaxs eshitiladi. Ham shikoyat, ham protest berilgan taqdirda, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi. Sud zarurat yuzaga kelsa, tergovchini eshitadi, taqdim etilgan materiallarni tekshiradi. Shundan keyin sud ajrim chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Apellyatsiya instansiyasi sudi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni ko‘rib chiqib, o‘zining ajrimi bilan: a) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni qanoatlantirmasdan qoldirishga; b) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad etish hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchini qamoqdan ozod qilishga; gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga; ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishga; ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad etishga va agar qonunda belgilangan qamoqda saqlab turish muddatlari tugagan bo‘lsa, uni qamoqdan ozod etishga haqli.
Sudyaning, shuningdek apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi sud zalida prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachiga - ma’lumot uchun topshiriladi.
Bugungi kunda ko‘p epizodli, murakkab va ishtirokchilar soni katta bo‘lgan ishlarning birmuncha ko‘payganligini inkor etish mumkin emas. Biroq bu holat ham qamoqda saqlashning oxirgi muddatlarini qisqartirishga qarshi sabab vazifasini o‘tay olmaydi. Chunki jinoyat-protsessual qonunchilik jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish institutini nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 332-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari bo‘yicha zarur bo‘lib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni ko‘rib chiqishning to‘liq va xolisona bo‘lishiga ta’sir qilmasa, yo‘l qo‘yiladi. Demak, jinoiy faoliyatning tegishli tartibda isbotlangan ayrim epizodlarini alohida ish yurituviga ajratish va sudga yuborish uchun hech qanday nazariy, qonuniy va boshqa to‘sqinliklar mavjud emas. Kelgusida ajratilgan epizodlar bo‘yicha qamoqda saqlash masalasi hukmning turiga bog‘liq ravishda hal etiladi. Jinoyat qonunchiligida bu muammo bir necha jinoyat sodir etganlik uchun (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi) yoki bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 60-moddasi) orqali hal etiladi.
Noqonuniy tarzda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlab turish oqibatida shaxsga yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilsa, to‘liq hajmda qoplanadi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish