Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati



Download 0,94 Mb.
bet146/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

8.1. Protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati,
vazifalari va turlari



Har qanday ushlangan yoki qamalgan shaxs qisqa vaqt mobaynida sudga keltirilishi va qamalishining asosli va qonuniy ekanligi sud tomonidan tekshirilishi lozim.
(Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 9-moddasi)




Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi)

Huquq va erkinlik – insonlarga berilgan eng ulug‘, daxlsiz ne’matlar hisoblanib, jinoyat sudlov ishlarini yuritishda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini turli darajada cheklovchi ba’zi majburlov choralari qo‘llanadi hamda mazkur choralarni qo‘llamasdan adolat tantanasiga erishish imkoniyati yo‘qligi tabiiy holdir.


Sodir etilgan jinoyat uchun tayinlanadigan jazo choralari insonning tabiiy huquqlarini jiddiy darajada cheklaydi. Shaxsning aybdorligi o‘z isbotini topgan hollarda sud qaroriga asosan jinoiy jazo choralarini qo‘llash davlatning adolatli va asoslangan harakati hisoblanadi. Davlat bunday hollarda inson huquqlarini cheklashga nafaqat haqli, balki majbur hamdir. Jinoyat-protsessual majburlov choralari, shu jumladan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga, ya’ni aybdorligi sudda hali isbotlanmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ba’zi majburlov choralari esa boshqa ishtirokchilar, hatto jabrlanuvchi va guvohga (Jinoyat-protsessual kodeksining 262-moddasi) nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun mazkur choralarni qo‘llashda ishdagi barcha holatlar davlat organlari tomonidan sinchkovlik bilan va har tomonlama o‘rganilishi, qarorlar adolatli, beg‘araz va xolisona tarzda qabul qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat-protsessual kodeksi barcha majburlov choralarini alohida to‘rtinchi bo‘limda “Protsessual majburlov” nomi ostida tizimlashtirdi
(213 – 274-moddalar). Bu bilan qonun ijodkorlari ba’zi bir jinoyat-protsessual institutlarni protsessual majburlov choralariga taalluqliligi to‘g‘risidagi bahslarga barham berdi. Masalan, ushlab turishning protsessual majburlov chorasi ekanligi qonun orqali mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasida inson huquq, erkinlik va manfaatlarini muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan,
2008-yilning 1-yanvaridan e’tiboran mamlakatimizda, Xabeas korpus institutining tatbiq etilishi – qamoqqa olish uchun sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilganligi xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy kutib olindi.
Milliy sud-huquq tizimini isloh etishning mantiqiy davomini anglatuvchi sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash masalalari jinoyat ishlari yurituvining sudga qadar bosqichlarida sud nazoratini kengaytirishni, xususan, lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish kabi protsessual majburlov choralarini qo‘llashda tatbiq etilishini taqozo etdi.
Jumladan, 2012-yil 18-sentabrda Jinoyat-protsessual kodeksining
29 - 31-boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, sudga qadar yurituv bosqichida qo‘llanadigan choralar, ya’ni lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo‘llash tartibi qonunan mustahkamlandi.
Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqadigan davlat organlarining faoliyatida bu masalalar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, chunki shaxs jamiyat oldidagi protsessual majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasa, uning erkinligini majburlov choralari orqali cheklashga to‘g‘ri keladi.

Surishtiruv, dastlabki tergov va sudda protsessual majburiyatlar hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik

O‘zbekiston Respublikasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 4850-sonli Farmoni orqali 2017-yilning 1-aprelidan boshlab jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirildi. Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berildi. 2017-yilning 6-sentabridan boshlab Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra surishtiruvchining protsessual majburlov choralarini qo‘llashdagi maqomi kengaytirildi. Unga ko‘ra endilikda surishtiruvchi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berish; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berish; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirish, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilish; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berish, shuningdek ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o‘zgartirish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berish, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini belgilangan tartibda bekor qilishga huquqlariga ega bo‘ldi. Surishtiruvchi prokurorning qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi prokurorga taqdimnoma kiritish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqli bo‘ldi.


Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan jinoyat ishlarini yuritishda ba’zi toifadagi shaxslarga nisbatan majburlov choralari qo‘llanishi mumkin. Bu choralar shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muayyan darajada cheklaydi, biroq ularni qo‘llamasdan jinoyat-protsessual faoliyatni yuritib bo‘lmaydi.
Protsessual majburlov choralari shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan ko‘pgina huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq: erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklovchi ushlab turish, qamoqqa olish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish choralari (25-modda); respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish huquqlarini cheklovchi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat chorasi (28-modda); xususiy mulkning daxlsizligi huquqlarini cheklovchi garov, mol-mulkni xatlash choralari (53-modda); mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqlarini cheklovchi lavozimdan chetlashtirish chorasi (37-modda) va boshqalar.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchining dastlabki tergov, suddan bo‘yin tovlashining oldini olish uning ishtirokida tergov harakatlari va sud muhokamasi o‘tkazilishini va jinoyat natijasida yetkazilgan zararning qoplanishi ta’minlanishini nazarda tutadi. Shu bilan birga, ushbu maqsad ayblanuvchi zimmasiga tergov davri va sud muhokamasi chog‘ida qandaydir harakatlarni bajarish yoki ko‘rsatuvlar berish majburiyatini yuklamaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksida protsessual majburlov choralarini qo‘llash asoslari va bu boradagi umumiy qoidalar belgilanib (26-bob), quyidagi muayyan majburlov choralar tizimi, ya’ni majburlov choralarining turlari aks ettirildi: ushlab turish (27-bob); ehtiyot choralari (28-bob); lavozimdan chetlashtirish (29-bob); majburiy keltirish (30-bob); tibbiy muassasaga joylashtirish (31-bob); protsess ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash va sudda protsessual majburiyatlar hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik (32-bob).
Qonunda mazkur majburlov chorasini amalga oshirishning qonuniyligi va asosliligining bir qancha kafolatlari belgilangan bo‘lib, uni qo‘llash shartlari, asoslari, sabablari va muddatlari tartibga solingan.
Protsessual majburlov choralari dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida qo‘llanilishi mumkin, ularni qo‘llash surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning vakolatidir. Protsessual majburlov choralari faqat qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda va qonunda belgilangan tartibda qo‘llaniladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish