Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet141/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Birinchidan, tergovchi (sud)ning predmetni aniqlash yoki olish fakti protsessual jihatdan rasmiylashtirilishi kerak. Odatda ashyolar muayyan tergov harakati (ko‘zdan kechirish, tintuv, olib qo‘yish va boshqalar) davomida olib qo‘yiladi va ushbu olib qo‘yish fakti mazkur harakat bayonnomasida qayd etiladi. Ashyolarni ayblanuvchi, jabrlanuvchi, jinoyat-protsessining boshqa ishtirokchilari va fuqarolar ham taqdim etishlari mumkin bo‘lib, bu tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Nihoyat, ashyolarni korxonalar, muassasalar va idoralar ham tergovchi yoki sudga yuborishlari mumkin. Bu ham rasmiy hujjat (yo‘llanma xat)dan ko‘rinib turishi kerak.
Ikkinchidan, ashyoviy dalillar ko‘zdan kechirilishi, to‘liq tavsiflanishi va imkon qadar suratga tushirilishi kerak. Ashyoviy dalilni ko‘zdan kechirish uni olib qo‘yish bajarilgan tergov harakati (masalan, voqea joyini ko‘zdan kechirish) davomida (bunda uning natijalari bayonnomada qayd etiladi) yoxud alohida tergov harakati – ashyoviy dalil (narsa)ni ko‘zdan kechirish davomida amalga oshirilishi mumkin (bu jarayon mustaqil bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi).
Uchinchidan, ashyoviy dalil jinoyat ishiga tergovchining maxsus qarori yoki sudning ajrimi bilan qo‘shib qo‘yiladi. Faqat shunday qaror (ajrim) chiqarilganidan so‘nggina narsaga nisbatan ashyoviy dalil rejimi qo‘llanilishi mumkin. Narsani jinoyat ishiga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib qo‘yish haqidagi qaror ajrim tergovchi (sud)ning ushbu narsa ishga taalluqli ekanligi haqidagi qarorini ifodalaydi va uning faqat tergovchi yoki sud ixtiyoriga o‘tishini bildiradi. Narsani jinoyat ishiga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib qo‘yish faktini protsessual jihatdan aniq qayd etish bunday narsalar ko‘pincha muayyan moddiy yoki ma’naviy qadriyat bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli zarur.
Shunday qilib, ashyoviy dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan moddiy narsalar doirasi faqat ularni olish va ashyoviy dalil sifatida saqlash imkoniyati bilan bog‘liq (murdalar, albatta, bundan mustasno). Bu masalada protsessual xususiyatga ega bo‘lgan hech bir cheklov yo‘q. Yuqorida aytilganidek, qonunda, umuman olganda, ashyoviy dalil sifatida moddiy olamning har qanday narsasini ishga qo‘shib qo‘yishga ruxsat berilgan. Ajratib olish usuli – obyektni bo‘lib yoki butunlay olish masalasi esa aniq vaziyatga bog‘liq, ya’ni bu masala protsessual emas, balki tashkiliy texnik masaladir. Holbuki, odatda, bunday ajratishni (zarralarni ajratish, kiyimdan qandaydir yopishgan narsalarni olish va h.k.) odatda, tergovchi emas, balki ekspert bajarishi tavsiya etiladi, chunki u bu ishni malakaliroq bajaradi. Shu bois qayerda imkoni bo‘lsa, bunday obyektlarni yaxshisi butunligicha ajratib olgan ma’qul.
Ashyoviy dalillar birlamchi (asosiy) va ikkilamchi (hosila) bo‘lishi mumkin. Birlamchi ashyoviy dalillar – asl narsalar, originallardir (masalan, qotillik sodir etilgan qurol, qon izi bo‘lgan kiyim-kechak). Biroq bunday predmetni har doim ham aslicha olish va tekshirish mumkin va maqsadga muvofiq bo‘lmaydi (masalan, yerdagi yoki qordagi iz, mebeldagi barmoq izi). Bunday hollarda ularning turli xil moddiy modellari, ya’ni hosila ashyoviy dalillardan foydalaniladi. Ularning quyidagi turlari mavjud:
1) ashyoviy dalillarning ko‘chirilgan nusxalari (masalan, turli izlarning qoliplari;
2) turdosh narsalar (analog predmetlar). Odatda ulardan asl ashyoviy dalil topilmaganda uning o‘rnida foydalaniladi (masalan, topilmagan pichoq – qotillik quroli o‘rniga ekspertizaga shunday turdagi boshqa pichoq jo‘natiladi). Tabiiyki, bunday turdagi narsalar asl nusxaning hech qanday individual belgisini aks ettirmaydi va individual identifikatsiyalash uchun foydalanilishi mumkin emas. Ammo ular umumiy tur yoki guruhiy mansubligini aniqlash uchun bemalol yaraydi. Masalan, ekspert tan jarohati aynan shu turdagi pichoq bilan yetkazilganligi haqida xulosa berishi mumkin;
3) qiyoslab tekshirish uchun namunalar.
Ashyoviy dalillar doimo boshqa dalillar va, avvalo, ularni olish holatlari hamda tekshirish natijalari qayd etilgan hujjatlar bilan birga baholanadi. Masalan, o‘g‘irlangan ashyo uning ayblanuvchidan olinganligi fakti qayd etilgan bayonnoma, u ilgari jabrlanuvchiga tegishli bo‘lganligini tasdiqlovchi shaxslarni so‘roq qilish bayonnomalari, jabrlanuvchining uni tanib olganligi to‘g‘risidagi bayonnoma kabi hujjatlar bilan birgagina dalil bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shuningdek, barmoq yoki poyafzal izi faqat ekspertning uni tekshirish natijalari qayd etilgan xulosasi bilan birga daliliy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ashyoviy dalillar jinoyat ishida hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror yoxud ajrim yuzasidan shikoyat qilish muddati o‘tguniga qadar saqlanadi. Hajmi yoki boshqa sabablarga ko‘ra jinoyat ishida saqlanishi mumkin bo‘lmagan narsalargina bundan mustasno hisoblanadi. Bunday narsalarning fotosurati olinishi, imkon qadar muhrlanishi kerak, shundan so‘ng tergovchi yoki sud belgilab bergan joyga saqlash uchun joylashtirilishi mumkin. Bu to‘g‘rida jinoyat ishida tegishli ma’lumotnoma bo‘lishi kerak.
Ayblanuvchiga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinadi hamda tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi; muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolar tegishli muassasalarga topshirilishi yoki yo‘q qilinishi lozim; hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan ashyolar yo‘q qilinadi; qolgan narsalar egalariga qaytariladi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan pul va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat hisobiga musodara qilinadi. Ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlar jinoyat ishi saqlanadigan to‘liq muddat davomida uning tarkibida qoladi yoxud manfaatdor muassasalarga jo‘natiladi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish