Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat ishini qo‘zg‘atish



Download 0,94 Mb.
bet11/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Jinoyat ishini qo‘zg‘atish – protsessning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar yetarli sabablar (shaxslarning arizalari; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni tergovga qadar tekshiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning bevosita o‘zi aniqlashi; aybini bo‘yniga olish haqidagi arz bo‘lganda, ish bo‘yicha yurituvni boshlash uchun asoslar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror jinoyat protsessi tartib-taomillarini harakatga keltiradi, keyingi bosqichlarda tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun huquqiy asosni vujudga keltiradi hamda dastlabki tergov muddatlarini hisoblash muddatini boshlanishini belgilaydi.
Tergovga qadar tekshiruv – jinoyatning oldini olish yoki unga yo‘l qo‘ymaslik; dalillarni to‘plash va saqlash; jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni hamda ayblanuvchilarni qidirib topish; jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyon qoplanishini taminlash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan bosqichdir. Tergovga qadar tekshiruv organi xodimi jinoyat ishini qo‘zg‘atganidan keyin yoki prokuror yoxud tergovga qadar tekshiruv organining boshlig‘i tomonidan qo‘zg‘atilgan ishni olgach, darhol uni o‘z ish yurituviga qabul qiladi va o‘n sutkalik muddat ichida kechiktirib bo‘lmaydigan protsessual va tergov harakatlarini bajarishga kirishadi. Tergovga qadar tekshiruv organlarining faoliyati jinoyat-protsessual va tezkor-qidiruv funksiyalarini bajarishga qaratilgan. O‘z navbatida, tergovga qadar tekshiruv organlarining jinoyat-protsessual faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: jinoyatlar haqidagi ariza (xabar)larni ko‘rib chiqish va hal qilish (tergovoldi tekshiruvi); jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun boshqa sabablarning mavjudligi tufayli tekshiruv harakatlari, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish; surishtiruvchilar yoki tergovchilarning topshirig‘i bo‘yicha qidiruv va tergov harakatlarini amalga oshirish; dastlabki tergov davrida tergovchi tomonidan o‘tkaziladigan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish3.
Surishtiruv jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida dastlabki tergov bilan teng o‘rin tutadi. Sudga qadar ish yuritishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi munosabati bilan uning mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi. Surishtiruv deganda endilikda jinoyat ishini qo‘zg‘atish, tugatish, tamomlash, ehtiyot choralarini tanlash (bundan qamoqqa olish va uy qamog‘i mustasno) vakolatlari yuklatilgan surishtiruvchi, surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarining faoliyati tushuniladi. Surishtiruvchi o‘z protsessual maqomi bo‘yicha tergovchi tomonidan amalga oshiriladigan barcha tergov harakatlarini amalga oshirish, ularni bajarish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv organiga topshiriqlar berish, ehtiyot choralarini qo‘llash, shaxslarning jinoyat protsessidagi maqomini belgilash, surishtiruvni tamomlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri prokuror tasdig‘i bilan jinoyat ishini sudga yuborish vakolatlariga egadir.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish